Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
397
Chu sanduqlarni chiqordi hakim 
Varaqlar qolib erdi namdin salim. 
Dedi shohkim: «Necha ahli qalam, 
Hisob aylasun ul adadsiz raqam». 
Muhosiblar oni hisob ettilar, 
Adad maxlasin intixob ettilar. 
Hakim ul adadni chu tashih etib, 
Borin shoh ko‘ngliga tavzih etib. 
Taaqqul bila shohi gardunjanob, 
Qilib ul raqam intixobin hisob. 
Hakimeki oncha adad aylabon, 
Hisob ichra shahg‘a madad aylabon. 
Suvning sathig‘a chun bo‘lub rahshunos, 
Necha zar’ erkonni aylab qiyos. 
Tengiz tulu arzin vajab-barvajab. 
Topib zarbu qismat bila betaab. 
Muhitekim ul bahri a’zamdurur, 
Aning javfida barcha olamdurur. 
Masohat bila befusunu firib, 
Bilib havzdekkim, erur bir jerib. 
Angakim jahon bo‘lsa bog‘i tarab, 
Tengiz bo‘lsa havzi aning ne ajabg‘ 
Yeshittimki, farmondihe bor emish, 
Hadisida bu so‘zga takror emish 
Ki: «Dahr o‘ldi bir kadxudoning yeri, 
Bu gar bor ersa, bordur oning yeri». 
Jahon topsa ul nav’ bir kadxudoy, 
Ne tong olam o‘lsa anga bir saroyg‘ 
Chu shah topti daryoning oyinini, 
Bu nav’ ayladi davri taxminini 
Ki, bo‘lsa kema suvda sur’atnamoy, 
Safar qilsa to‘quz yilu yeti oy. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
398
Hamul bahri a’zamni bir davr etar, 
Qayu yergakim suvg‘a kirmish, yetar. 
Chu pargor davrini pos ayladi, 
Yana qutrin oning qiyos ayladi. 
Ayon bo‘ldikim uch yilu bir nima, 
Bo‘lur suv aro sayr qilsa kema. 
Muhitig‘a markazki beishtiboh, 
Yerur bahri a’zamga ul nuqtagoh. 
Yaqin borur ul yon azimat chog‘i, 
Iki yilchiliq yo‘lu kamrak dog‘i. 
Yana kelmagi dog‘i oncha bo‘lur, 
Azimatda borg‘on zamoncha bo‘lur. 
Buyurdi qilib to‘rt yilliq yaroq, 
Muhit o‘rtasig‘a safar ittifoq. 
Yig‘ib anjuman, bo‘yla surdi kalom 
Ki: «Bizni havoi tamannoi xom 
Ki, oning otin xalq qo‘ymish havas, 
Vale filhaqiqat bu yanglig‘ emas. 
Bori Tengri taqdiridur begumon, 
Kishi qilmog‘i yaxshidur, gar yomon, 
Gar ul, gar bu har qaysi taqdir ila, 
Qila olmadim chora tadbir ila. 
Ulusning malolig‘a bo‘ldum sabab, 
Base ko‘rdilar xalq ranju taab. 
Bu damkim bu yerda qilibmen darang, 
Bilurmenki eldur safardin batang. 
Emas bo‘lsalar sayrning rog‘ibi, 
Bilurmen erur Haq alar jonibi. 
Manga bu tamanno tuganmaydurur, 
Yururdin zamirim o‘sonmaydurur, 
O‘n uch yil ishimkim tamosho edi, 
Jazoyir bila yeti daryo edi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin