www.ziyouz.com
kutubxonasi
413
Valoyatdin ilgida quvvat dog‘i,
Nechukkim valoyat, nubuvvat dog‘i.
Qachon odamiy bo‘yla ma’hud emish,
Kishi qayda bu nav’ mavjud emish.
Anga qilmadi davri gardun vafo,
Jafo birla ham qilmadi iktifo.
Jafo elni bistarg‘a solmoq bo‘lur,
Firoshi uza jonin olmoq bo‘lur.
Yo‘q ul elki bo‘lg‘ay base arjumand,
Necha dog‘i bor ersa xoru najand.
Ajal uyqusig‘a bo‘lurda asir,
Bo‘lur jismi bistarda oromgir.
Skandarni ko‘rkim, bu dam charxi dun
Ki, qildi ajal uyqusig‘a zabun.
Faras chopturub dasht ila tog‘ uza,
Yiqibdur tanin tiyra tufrog‘ uza.
Necha vaqt aylab vatandin judo,
Anou necha siymtandin judo.
Bular borcha mahbubu payvand ham,
Demaykim bular, necha farzand ham.
Tay etgan zamon dashtu bahri firoq
Ki, ko‘nglida tug‘yon solib ishtiyoq.
Ani vasl zavqi navidi bila,
Solib po‘yag‘a kom umidi bila.
Bo‘lur chog‘da umididin komyob,
Solib jonig‘a marg o‘ti birla tob.
Qilib qasdi jon kinaxohi kibi,
Qiziq qum uza toba mohi kibi.
Ne boshida bir munisu mahrame,
Ne ollida bir mushfiqu hamdame.
Solib dasht aro notavonu alil,
Olur xasta jonini zoru zalil.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
414
Davo qilmayin hech darmon bila,
Qilur qatl yuz dardu armon bila.
Qayu birdakim hushu xibratdurur,
Bu ish olam ahlig‘a ibratdurur.
Angakim jahon komin aylar havas,
Bu afsona tanbehi o‘lguncha bas.
LXXVIII
Luqmon hikoyatikim, jahon mutaallaqotidin ganjdek bir buzug‘ni ixtiyor etti va ming yildin so‘ng
sipehr ajdahosidin anga ham oseb yetti
Yeshittimki, Luqmong‘a davron aro,
Sukun erdi bir kunji vayron aro.
Buzug‘ni makon aylab andoqki ganj
Topar erdi issig‘, sovug‘ bo‘lsa ranj.
Yog‘in yo gunashdin ul oromgoh,
Aning jismig‘a bermas erdi panoh.
Yoshi mingga yetguncha erdi bu hol,
Birov qildi hayrat yuzidin savol
Ki: «Yorutub yer yuzin donishing,
Nedin yo‘q jahon ayshi birla ishingg‘
Vatan aylamay turfa koshonae,
Qilibsan makon kunji vayronaeg‘»
Javob aytti piri omuzgor
Ki: «Vayrona ichra uzun ro‘zgor,
Bu kim chug‘z yanglig‘ basar ayladim,
Sog‘indimki, daf’i zarar ayladim
Ki, chun qilmadim mayl olamg‘a hech,
Meni ul dog‘i solmag‘ay g‘amg‘a hech.
Muni ko‘rki, davrondin eltur chog‘i,
Olur mendin ushbu buzug‘ni dog‘i.
Chu oxir adam sori qo‘yg‘um qadam,
Manga bordur ortug‘ bu vayrona ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |