Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
420
Duo birla ruhini shod aylagil».
Skandar chu maqsudin etti tamom,
Chekildi varaq kunjiga: «vassalom».
Berib pech,
topshurdi maktubni,
Ayon qildi ko‘ngliga matlubni
Ki: «Qilmay tavaqquf, tunu kun surung,
Anomg‘a bu maktubni yetkurung.
Bu
damkim uyoqib manga oftob,
Yopilg‘ay quyoshimg‘a mushkin sahob.
Boshim uzra ko‘p iztirob aylamang,
Jahonni azodin xarob aylamang.
Manga na’sh ichinda maqom aylangiz,
Demay kecha-kunduz xirom aylangiz.
Qiling naql jahdu jidd aylab bori,
Skandarni
Iskandariya
3
sori.
Tiriklikda ul yer edi ma’manim,
O‘lum vaqti ham aylangiz madfanim.
Vale qilsangiz na’sh aro ustuvor,
Hamul lahza zinhoru yuz zinhor:
Chiqoring bir ilgimni tobutdin,
Hamul nav’kim – rishta yoqutdin
Ki, el solib ul sori hayrat ko‘zi,
Ne hayrat ko‘zi, balki ibrat ko‘zi:
«Bu panjaki, barmog‘lari
chekti saf,
Jahonni jahon ahlidin urdi kaf.
Kafi ichra oldi jahon kishvarin,
Baru bahrning la’l ila gavharin.
Chu urdi ajal ilgi tabli rahil,
Baqo bo‘ynig‘a soldi habli rahil
4
.
Jahondin
shal ilgi misoli borur,
Nechukkim, chinor ilgi xoli borur.
Angakim, madadkor bo‘lg‘ay bilik,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: