www.ziyouz.com
kutubxonasi
415
Jahondin necha el haroson erur,
Aning ranjidin maxlas oson erur»
1
.
LXXIX
HIKMAT
Bir soil savoli Luqmondin ul bobdakim, muncha ilmingga bois kim erkin va bizga andin xabar bergin
va aning jahl ahlig‘a ishorati va aksin tutar bashorati
Ham andin birov so‘rdi bu nav’ so‘z,
Ki: «Ey ravshan etgan bilik birla ko‘z!
Chu asringda yo‘q erdi andoq kishi
Ki, sen chog‘liq o‘lg‘ay aning donishi.
Bas, ushbu qadar donishi behisob,
Degil kimdin o‘ldi sanga iktisobg‘»
Dedi: «Donish ahlig‘a aylanmadim,
Bilikni bilur eldin o‘rganmadim.
Jahon ilmi bukim manga yod erur,
Anga borcha jahl ahli ustod erur.
Nekim qildi johilki, erdi yomon,
Tutub aksi, toptim yomondin amon.
Jahon ahlig‘a chun shior o‘ldi jahl,
Yerur borchaning aksini tutqon ahl».
Deding chun jahon ahli, ey hushyor,
Jahon tarki avval kerak ixtiyor.
Kishi bo‘lsa bu ganj ila komyob,
Ne tong bo‘lsa oromgohi xarob.
Jahon tarkidur shodlig‘ boisi,
Xarobidur obodlig‘ boisi.
LXXX
Iskandarning noldek marg pecho-pechida onasig‘a azo man’i uchun noma yozmog‘i va andin so‘ngra
hayoti nomasin qazo novardida qilmog‘i va xayli aning na’shin Iskandariyag‘a naql qilmog‘lari va
onasig‘a ul noma yetib, na’shqa o‘tru chiqqoni va o‘g‘lin tufuliyatda mahd ichra uyqu uchun navozish
qilg‘ondek na’shi mahdi ichra dog‘i uyg‘onmas uyqusida navozish qilmog‘i va ko‘ksi chokidek yer
ko‘ksin dog‘i chok etib Ani tufroqqa topshurg‘oni
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
416
Muarrixki, bu nuktada surdi so‘z,
Bu yanglig‘ nihoyatqa yetkurdi so‘z
Ki, chun shahg‘a ul ishdin o‘ldi vuquf,
Hayoti quyoshig‘a yetti kusuf.
Yaqin bildikim, keldi ketmak chog‘i,
Jahon, balki jon tarkin etmak chog‘i.
Bu yanglig‘ qatig‘ kunda doroi dahr,
Ajal jomidin aylab oshomi zahr.
Anosi chu yodig‘a tushti aning,
Ajab o‘t nihodig‘a tushti aning.
Ko‘zin ochibon elga aylab nigoh,
Ajal yelidek chekti bir sovug‘ oh.
Dabir istadi, safhau xomae,
Anosig‘a yozmoq uchun nomae.
Ki, kog‘az uzorin qaro aylagay,
Vasiyat ishin mojaro aylagay.
Dabiri guharsanji chobukraqam,
Ochib sahfai dard, chekti qalam.
Anga nuktalarkim Skandar dedi,
Raqam qildiyu ul bu yanglig‘ edi.
Ki, bu safhakim nomai dard erur,
Raqam anda hangomai dard erur.
Birov hamdidindur bidoyat anga,
Ki, yo‘q ibtidou nihoyat anga.
Mufizi ato, balki xalloqi jud,
Xaloyiqqa bergan adamdin vujud.
Badan ichra jon javharin solg‘uchi,
Yana oxir o‘z berganin olg‘uchi,
Tengiz ichra itgonga ham rahbar ul,
Biyobonda o‘lgonga ham yovar ul.
Gadolig‘ni shahlig‘din etgan aziz,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |