Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
439
Yana surdi Suqrot bu nav’ so‘z – 
Ki: «Tut Tengridin fathu iqbol ko‘z. 
Qachon Haq bila sidqing o‘ldi durust, 
Ne hojat nima xalqdin bozjust. 
Seni ayladi Tengri o‘z soyasi, 
Biyikdur hamul soyaning poyasi. 
Kerak elga osoyish ul soyadin
Yetishmak navo borcha piroyadin. 
Munungdek biyik poya qadrini bil, 
Anga loyiq af’ol fikrini qil. 
Ulus ranjig‘a ehtimom aylama, 
O‘zungga bu otni harom aylama. 
Raiyatni adlingdin osuda tut
Farog‘at mihodida uyquda tut. 
Alarg‘a chu taskinu oromdur, 
Sanga dog‘i hosil bori komdur. 
Raiyatqa bo‘lsa parokandaliq, 
Topar saltanat naxli barkandaliq. 
Agar qo‘y bo‘ri xayli pomolidur, 
Yaqin bilki, cho‘pong‘a it holidur». 
Yana dedi Buqroti farruxsirisht 
Ki: «Yel chun ko‘rar har nedur sarnavisht. 
Ne taqdirdur daf’i oson emas, 
Kishi ko‘rmayin oni imkon emas. 
Qazo daf’ig‘a solibon elga ranj, 
g‘alatdur tama’ aylamak molu ganj 
Ki, hifz etmasa ezidi zul-jalol 
Kishiga ne ganj asig‘ aylar, ne mol
3

Tavakkuldadur garchi komu nishot
Vale shart erur aylamak ehtiyot. 
Rioyatda ifrot matlub emas, 
Tavakkulda g‘aflat dog‘i xo‘b emas. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
440
Ne andozasiz g‘am, ne hadsiz surur
Kerak ishda oyini xayril-umur. 
Bo‘lur ham saloting‘a ul nav’ hol 
Ki, ifroti oning erur e’tidol: 
Biri mufsid elga siyosatdurur, 
Ul ifrot sharti rayosatdurur. 
Yomong‘a chu ifrot ila bo‘lsa bim, 
Qolur yaxshi ifrot birla salim»
4

Yana bo‘ldi Fisog‘urs nuktavar
Ki: «Shah poklikdin kerak bahravar. 
Ani chunki shoh etti Yazdoni Pok
Kerakmas aning xotiri lavsnok. 
Agar bor esa poklik niyati, 
Anga yor o‘lur poklar himmati. 
Kerak og‘zi poku so‘zi dog‘i pok, 
Yana ko‘ngli poku ko‘zi dog‘i pok. 
Bori lavsdin ko‘ngli xoli aning, 
Xaloyiq ayoli – ayoli aning. 
O‘zi chun shior ayladi poklik
Bo‘lur daf’ nopoku beboklik. 
Chu vahm etti nopoklikdin yomon, 
Xaloyiq ayolig‘a bo‘ldi amon. 
Agar aylasa shoh nafsi havo 
Ki, bir ma’siyat birla topqay navo. 
Yaqindurki avval tilar xilvate 
Ki, eldin anga yetmagay vahshate. 
Ajab bo‘lg‘ay eldin bu fe’li nihon, 
Vale nozir o‘lg‘ay Xudoyi jahon. 
Kerak topsa avval bir andoq o‘run 
Ki, bo‘lg‘ay ishi Tengridin yoshurun!» 
Yana Asqalinus irshodidur 
Ki: «Obodgar elga shah dodidur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin