www.ziyouz.com kutubxonasi
497
(ko‘ngli vayron ona)dan shunday xazina to‘kildi».
LXXXIV 1. Xudoga shukurki, baxtim ishimga rivoj berib, bu shohona kitobni bezab tugatdim».
2. «Kitobat san’ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Kitob ibtidosini alif bilan boshlab, oxirini
mim harfi bilan tamomladim».
3. Iskandari soni—Husayn Boyqaro demak.
4. Ul—Iskandar, bu Husayn Boyqaro degan ma’noda.
5. «Agar undan nasl qolmagan bo‘lsa, xudo bunga o‘n olti farzand ato ayladi».
6. «Farhodu Shirin» erur otig‘a —«Farhod va Shirin» Sulton Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li
Bade’uzzamon Mirzo nomiga bag‘ishlanganligiga ishora qilingan.
7. Muzaffar Xusayn—Husayn Boyqaroning kichik o‘g‘li. 1506 (911)da otasi vafotidan keyin akasi
Bade’uzzamon bilan birga Xurosonda hukmron bo‘lgan. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, Shayboniyxonning
hujumiga uchrab Astrobodga qochgan va o‘sha yerda o‘lgan.
8. Arabcha baytning mazmuni: «(butun) dunyoga in’omini (ehsonini) davomli qilsin. Ayt, uning
(Muzaffar Husani Mirzoning— X.A.) hukmronligini abadiy qilsin».
9. U (Muzaffar Husayn) adab taxtining osmon qadar baland martabali kuyoshi, hayot dengizining
pokiza gavharidir».
10. Irsoli masal san’ati ishlatilgan bu baytning mazmuni:
«Yilning yaxshi-yomon bo‘lishi — bahorning kelishidan ma’lum bo‘lgani kabi, el—xalq uning
olamni yorituvchi yuzidan ko‘p umidvordir».
LXXXV 1. Ikki baytning mazmuni: «Shuni unutmaginki, olam vafosizdir, shuningdek, olamda nimaiki
bo‘lsa, baqosizdir, doimiy emasdir. Nima narsa betayin va beqaror bo‘lsa, unga e’tiqod qo‘yish —
ishonish yaxshi emas».
2. Ikki bayt mazmuni: «Kuchsiz-bechora odamlarga xoh yaxshilik va xoh zugum qilsang,
kuchlilardan ham shuni talab et, ya’ni odamlarni har ishda teng kur. Odam muhrga nimani o‘ysa, muhr
bosilgach, qog‘ozga shu tushadi».
3. «Ulug‘lik egasi bo‘lmish tangri o‘z hifz — himoyatida saqlamasa, odamga na ganj — xazina
asqotadiyu, na mol-mulk».
4. Ikki baytning mazmuni: «Fitna va ig‘vo bilan sho‘g‘ullanuvchi kishilarni siyosat ostiga olish,
ularga qattiq jazo berish — hukmdor uchun shartdir. Yomonlarni haddan tashqari qo‘rqinchda saqlash
— yaxshilarning nihoyat darajada osoyishta yashashi uchun sharoit yaratib beradi».
5. Qo‘shin tortish garchi og‘ir ko‘rinsa-da, busiz og‘irlikni yo‘qotib bo‘lmaydi.
6. Yasolni kom bila tuzmak — qo‘shin safini maqsadga muvofiq tartib berish.
7. Yeti kavkab — Iskandar atrofidagi yetti olim—hakim ma’nosida ishlatilgan.
8. «Ikkinchisi shuki, ota-onangga xizmat qil,. bularning ikkisiga qulluq qilishni haqiqiy farz deb
bil».