www.ziyouz.com kutubxonasi
491
13. Tajnis (bir shakldagi so‘zlarni turli ma’noda ishlatish) san’ati ishlatilgan bu baytning mazmuni:
«Navoiy, turgan manzilning Chinda bo‘lgach, to‘y tugaguncha «Changa» (yor-yor) vaznida
kuylayver».
LVII 1. Ikki baytning mazmuni: «Hut (fevral-martga to‘g‘ri keladi) kirib sabzalarga jon bitishi bilan,
doim tirik va abadiy o‘lmas yaratuvchi oftobni hamal (mart-aprel) sabzalari (burji) tomon yo‘llab,
tabiat ne’matlarini kuyosh harorati bilan parvarish qilish taraddudiga tushdi.
2. Izomi ramim — chirigan so‘ngak (bu yerda daraxtning tanasi ma’nosida ishlatilgan).
3. Mazmuni: «Qonda fasod paydo bo‘lsa, savdo ko‘paygani» degani hakimlar ta’biri bo‘lib, bu
yerda lolani qonga, undagn qoralarni savdoga o‘xshatgan.
4. O‘vidin tushub bog‘ aro zilzila, Choqin shaklidin bo‘ynida silsila.
Baytning birinchi misrasidagi «o‘vidin» so‘zi Sultonali nusxasida «aridin» shaklida yozilgan.
Ma’lumki. «ari» so‘zi alif bilan yoziladi. Demak, kotib ayn harfidan keyin keladigan «vov» harfini
«re» shaklida yozib, ham orfografik xatoga, ham ma’no buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Baytdan ilgarigi
misralarda bahor fasli, sheri g‘urrondek na’ra tortib osmonda kezib yurgan seryog‘in bulutlar, ulardan
tomgan obi hayot qatralar, chaqmoq shu’lalari kabi manzaralar tasvirlangan. Shularga yuqoridagi bayt
mazmunini ham qo‘shib sharhlasak, quyidagi manzara namoyon bo‘ladi va baytning ma’nosini
«aridin» emas, «o‘vidin» so‘zi ochishga xizmat qilajagiga ishonchimiz komil bo‘ladi: Gulzorga
yoqqan bahor yomg‘irini qatra deb o‘ylama, uning har bir tomchisi obi hayotu yirik durlardir.
Momaqaldiroq ovozidan go‘yo bog‘da zilzila bo‘layotgandek hamma yoq titraydi. Chaqmoq o‘zining
olovli rangi bilan go‘yo shersifat bulutlar bo‘yniga tilla zanjir taqadi.
LIX 1. Ikki baytning mazmuni: «Yer yuzi va undagi odamlarning tabiati to‘rt unsurga bo‘linadi: issiq,
sovuq, ho‘l va quruq, bu esa o‘t va suv, yel va tuproq» demakdir.
LX 1. To‘rt bayt mazmuni: «Ravshanak katta xotin sifatida. yotoqda shoh bazmini qizdirar, u bilan har
doim bir taxtda tizzama-tizza o‘tirar hamda haramxonadagi barcha xonimlarga boshliq va malika edi.
Nozmehr esa, ikkinchi darajada, o‘rim taxt yonida bo‘lib, shohga itoatkorlarcha bo‘yin egib o‘tirar va
goho g‘amzakyu istng‘no bilan Iskandarning jigarini xun qilar edi».
2. Mahi somiriy: Kashmirning sohiri—o‘ziga maftun qiladigan, demak.
3. «Shakar idishini shakarrez qildi, ya’ni tor og‘zidan shirin so‘z aytdi, lekin u bol tagida ari
nayzasi, ya’ni achchiq so‘z bor edi».
4. «Uning g‘amzasi jahonni sehrlasa, menga yuzlab Sommriy buzoq bo‘ladi». Bundagi Somiriy
mifologik obraz. U Muso payg‘ambar zamonida Musoga qarshi chiqib, gapiradigan oltin buzoq yasab,
shu bilan kishilarni uziga qaratishga uringan ekan. Bu baytda o‘shanga ishora qilingan.
5. Nozmehr murojaatining bu qismi iltizom san’atiga yorqin misol bo‘lib, unda «gar ul»
(Ravshanak), «manga» (Nozmehr), «gar ul» (Ravshanak), «mening» (Nozmehr), so‘zlari alohida
ta’kidlanmoqda.
6. Irsoli masal san’ati ishlatilgan bu baytda: «Oz baxt — ko‘p husndan yaxshiroq» xalq maqoli
mavjud.
7. Ikki baytning mazmuni: «Ohu sherni shu usul bilan ov qilgach, o‘z shikormga muhabbat izhor
ayladi. Sandal shohiga fil tishi urilgach, so‘ngra ne bo‘lganini aytishga ehtiyoj yo‘qdir».