Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XLVI 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
487
1. Doroyi xikmat— Iskandar ma’nosida. 
2. Nuktapardozi dono—Arastuga nisbatan ishlatilgan. 
3. «Biroq har bir kishi aql egasi bo‘lsa, uning aqli o‘ylamasdan biror ishni qabul qilmaydi». 
4. Bu baytda irsoli masal san’ati ishlatilgan. Unda «kim nima eksa o‘shani o‘radi» xalq maqoli 
mavjud. 
XLVII 
1. Shast bilan moxiyi siymgun tutmoq — qarmoq bilan kumushday (tanga) baliq tutmoq. 
2. Ko‘si raxil cholmoq — ko‘chish nog‘orasini qoqmoq, ya’ni qo‘zg‘alish haqida signal berish
3. Solib sulhdin so‘z, yiborgay rasul, Borishmoq tariqini qilg‘ay qabul. Baytdagi «borishmoq» 
so‘zi «yarashmoq»qa ishoradir (borishmoq so‘zining o‘zi kelishmoq, kelishib olmoq ma’nolarini 
bildiradi). 
4. «Tinchlik qoidasida kishi urushdan qancha yiroq bo‘lsa, shuncha yaxshiroqdir». 
5. «Hech shubhasiz, men g‘olib bo‘lishim kerak edi, oxirida ham haq (xudo) menga nusrat va zafar 
ato qildi». 
6. Ayladik — bu joyda «aylasin» ma’nosida ishlatilgan. 
7. Ravonroq ketursang javobi savob, Savob o‘lg‘usi bizga dog‘i javob. Baytning birinchi 
misrasidagi «ravonroq» so‘zi asarning 1960 yil nashrida «burunroq» tarzida berilgan. 
8. Tundsher — Iskandarga berilgan sifat. 
9. Ikki baytning mazmuni: «Butun Xitoy yurtlarining hammasidan, ya’ni yetti mamlakat, yo‘q, 
yetti emas, yetmish ota-boboning yurtidan lashkar to‘plagan, askarlari son jihatidan osmon yulduzidan 
ham, sahro qumidan ham ko‘p edi». 
10. «Aylanasi aroba (to‘p arobasi) bilan shunday mustahkam qo‘rg‘on bo‘ldiki, falak qo‘rg‘oni 
ham o‘shanday mustahkam emas edi». 
11. Aroba uza to‘ra— to‘p arobasi oldida katta qalqon, demak. 
12. Chu Hoqon soridin ko‘rundi qaro, Yasab turdi Iskandar ul dasht aro. Baytdagi «yasab turdi» 
iborasi nashr (1960)da «yasol tuzdi»ga aylantirilgan. Vaholonki, har ikki ibora mantiqan bir-biridan 
farq qilmaydi. 
13. Ikki baytning mazmuni: «Ikki tomondan ehtiyot yuzasidan, qo‘shinni qo‘riqlash uchun, tun 
posbonlari chiqadilar. Bandi ushlovchilar ham ketma-ket ravona bo‘lib, eng xira hulkar yulduzlardek, 
ko‘z ilg‘amas harakat qila boshladilar». 
14. Ar—«agar»ning qisqartirilgan shakli (klassik adabiyotda vazn talabi bilan «agar» so‘zini «ar» 
tarzida qisqartirib ishlatish keng odat bo‘lgan). 
XLVIII 
1. Xurshidi iskandariyning chehra ochishn—quyosh chiqishi ma’nosini bildiradi. 
2. Mazmuni: «Yulduzlarning Chin qo‘shinidek rangi o‘chib, taqdir-qazo osmonining ko‘k 
yaylovini taqir qilib qo‘ydi». 
3. «Popushakda shunqorni urish odati yo‘q». 
4. «Meni yo‘l kezuvchi elchi deb o‘ylama, sening dargohingga xoqon keldi». 
5. Qonim sabil — qonim hadya ma’nosida ishlatilgan. 
6. Ikki baytinng mazmuni: «Aslini olganda, senda uncha gunoh yo‘q, hamma gap biz tomondan 
sodir bo‘lyapti. Agar avvalgi so‘zlarda, ba’zi bir anglashilmovchiliklar bo‘lsa ham, endi uning sababini 
bilganimizdan so‘ng, ko‘nglimizda hech shubha qolmadi». 
7. «Turki hijoz»— cholgu kuyi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin