www.ziyouz.com kutubxonasi
488
XLIX 1. Bu bayt asarning boshqa nashrlarida uchramaydi. Undagi arabcha so‘zlarning mazmuni:
«Nazrlariga vafo qilurlar».
2. Nassi qur’on — qur’ondan dalil.
3. Yolg‘onning yomon oqibatlarga olib kelishi haqida «Hayratul-abror»da ham hikoya bor («Sher
va Durroj»ni eslang).
4. Mazmuni: «Oldi-sotti ishi bitavermagach, oxirda og‘irligi kampir (vazni)ga teng oltin berdilar».
5. «Agar shoh to‘g‘rini qo‘yib, egri yo‘ldan yuradigan bo‘lsa, xudo ko‘rsatmasin, shohlikdan voz
kecha qolgani yaxshiroqdir».
6. «Rosti rasti»— rostlik, to‘g‘rilik — shodlik, farog‘at keltiradi ma’nosida.
7. Mazmuni: «To‘g‘rilikning bayrog‘i alif ( )dir, lekin u harf arabchada «alif» o‘qilsa birni, «alf»
o‘qilsa mingni bildiradi». «Masalan, bir odamning fikri to‘g‘ri bo‘lsa, dushman ko‘pligidan qanday
xavfi bor?»
8. Maqol ishlatish san’atidan foydalanib yozilgan bu baytning mazmuni quyidagicha: «O‘ylash
bilan maqsad yuzaga chiqadi, sabr bilan g‘o‘ra halvo bo‘ladi».
LII 1. Xo‘tan — Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi qadimiy shahar. Taklamakon cho‘lidagi
vohaning markazi. Qadimda karvon yo‘llarining kesishgan joyi bo‘lgan. XV asrgacha Xo‘tan orkali
Xitoydan Yevropaga ipak olib borilgan.
2. Mazmuni: «Qachonki kun bilan oy qiron qilib, bir-biriga ro‘baro‘ bo‘lsa, arzimas dog‘lar
ularning nurlari orasida ko‘zga ilinadimi?»
3. «Tab’imiz bir narsa deyishdan ojizdir, xurmo daraxti (jannatdagi) tubi daraxti ishini
qilolmaydi».
4. Uch baytning mazmuni: «Uning sipoh (lashkar)lariga beriladigan moyonaning bir yilligini
to‘lash ham xalq uchun vojibdir. Yangi yilgi beriladigan xirojlarni esa dafina (ko‘milgan boylik)
qulfini ochib, men o‘z xazinamdan naqd berib yubora qolarman. Agar sizlarga shu fikrim ma’qul
bo‘lsa, shaxsan shohni qanday e’zozlashni mening o‘zim o‘ylab ko‘rarman!»
5. Mazmuni: «Yana bir ming to‘qqiz yuz xil uy jihozlari qanday taxlanib tugilgan bo‘lsa, shundan
yechilmay turardi».
6. Oyinai Chin (Chiniy oyina)— xoqonning Iskandarga qilgan ajoyib sovg‘alaridan biri bo‘lib,
Navoiyning ta’rificha, u oyinaning ikki yuzi ikki xil mo‘jizali ya’ni bir yuzi orqali gunohkor va
gunohsiz (gunohkor oyinaga qarasa aksi ko‘rinmas, gunohsiz qarasa ko‘rinar ekan) aniqlansa, ikkinchi
yuzida majlisda o‘tirib ko‘p ichib mast bo‘lib qolgan odamning basharasi namoyon bo‘lar ekan.
7. Bayt mazmuni: Bukri va kambag‘al, ustida ipdan to‘qilgan eski kiyimi bo‘lgan ko‘rmmsiz
kishilar ko‘ngil mamlakatining shohi bo‘lishi mumkin. Insoniylikni, donolikni kiyim va tashqi
ko‘rinish belgilamaydi, demoqchi shoir.
Yozilishida bir, ammo o‘qilishi va ma’nosi turlicha bo‘lgan so‘zlar o‘quvchini chalg‘itib qo‘pol
ma’naviy xatolarni yuzaga keltiradi. Bu hol 1960 yil nashr nusxasida uchraydi:
Chu bayninda bu nuktag‘a topti pay, Bo‘lub xushdil, anlar ravon tarki may. Baytdagi «bayninda» so‘zining «bayn» shakli ora, oraliq, o‘rta ma’nolarini anglatadi va uning bayt
mazmuniga hech qanday aloqasi yo‘q. Bantdan oldingi. qismlar esa Chin xoqoni tomonidan