www.ziyouz.com kutubxonasi
489
Iskandarga hadya qilingan «oynai chin» (Chiniy oyina) haqida hikoya qiladn. Ana shularni hisobga
olib va baytdagi boshqa so‘zlar mantiqidan kelib chiqib, bu so‘zni «bayninda» emas, «biynanda» deb
o‘qisak, «ko‘ruvchi», «boquvchi» ma’nolarini beradi va shoir nazarda tutgan fikr oydinlashadi.
8. Sho‘xi Chiniynajod»— xoqon Iskandarga tortiq qilgan go‘zal, demak.
9. Ikki baytning mazmuni: «Yuzidagi kuldirgichi ham yarim davra shaklida bo‘lib, bundan butun
zamon kishilari jabrlanar edi. Bag‘baqa chuqurchasi u davraning nuqtasi bo‘lib, bu davrning ko‘pgina
bechoralari shu chuqurga asir bo‘lib qolgan edilar».
10. Mazmuni: «Shoh shunday shaharni qurdiki, keksa dunyo ham misli yo‘qligidan «lam’yakun»
(misli bo‘lmagan) oyatini o‘qir edi».
11. «U bog‘ning to‘rt pargarli eshigi va sakkiz paxsali devori bor».
12. «Bu daraxt shoxlarining ko‘kdagi manzarasini ko‘rganda, «osmondagi yulduzlar shularning
mevasi ekan» deb o‘ylaysan».
13. Mazmuni: «Uning sahnlari, qubbalari va burchlari boshdan-oyoq oltin bilan bo‘yalgan».
14. Ikki baytning mazmuni: «Avval, o‘lkalarniig boshida toji bor amirsultonlari, ulardan so‘ng
vazir-vuzaroyu lashkarboshlari o‘tirdilar. Aflotun, Arastu va Farfiyonus kabi hikmat ahli—faylasuflar
shoh atrofiga joylashdilar».
LIII 1. Bu baytda talmeh va o‘xshatish san’atidan foydalanilgan. Unda berilgan Xalilulloh — Ibrohim
payg‘ambarning laqabi.
2. Baytdagi «kujpusht» so‘zi Abdujamil,. Sultonali va Porso Shamsiev qo‘lyozmalarida «ko‘z
pusht», nashr (1960) nusxasida «ko‘z pushti» tarzida xato berilgan. Bu ahvolda berilishi uning
mazmuninigina mavhumlashtirib qolmay, Navoiyning aytmoqchi bo‘lgan falsafiy fikrini ham yo‘qqa
chiqargan. Bu so‘z boshqa qo‘lyozmalarda oddiy «z» emas, balki «jola»dagi uch nuqtali ( ) yozilgan.
Demak, ( ) «ko‘z» emas, balki «kuj» ekani, unga «pushti» emas, «pusht» so‘zini qo‘shib o‘qib
ko‘rganimizda «kujpusht», ya’ni «bukir» ma’nosini anglatuvchi qo‘shma so‘z yasaladi. Demak, bu
so‘z mantiqan yuqoridagi misralarda qayd qilingan mazmunga muvofiq keladi va Navoiy aytmoqchi
bo‘lgan yuksak falsafiy ma’noni ochishga xizmat qiladi. Chunki birinchi misradagi parokanda hol,
ikkinchi misradagi «Bo‘ynida chu bo‘lg‘ay ipe eski shol» jumlasi mantiqan ana shu «kujpusht»
so‘zining kelishini talab qiladi.
3. Baytning mazmuni: «Saxovatda mezon bulutdek bo‘lmog‘i lozim, zero, bulutga yer ham, yer
egasi ham barobardir».
4. To‘rt bayt mazmuni: «Mehmon hamma ovqatni yesin, to‘ysiya deyish odamgarchilikdan bo‘lsa
ham, lekin majburan yedirib, kishini jabrlash insofdan emas. Sening uying Shayx Luqmonning mozori
emas, seni hech kim bu joyniig shayxi demaydi. Xudo molini isrof qilish, bu qanaqa gap? Jinnilarga
o‘xshab oziq-ovqatni to‘kib-sochish nonko‘rlik emasmi? Xudo «eng-iching» degani bilan, «isrof
qilmang» ham deganku, axir?».
5. Ikki baytning mazmuni: «Eng yaxshi odat shu bo‘lishi kerakki, yaxshimi-yomonmi, bir odam
sening dasturxoningga mehmon bo‘lgan ekan, boshlab uni xushmuomalalik bilan xursand qil, so‘ngra
esa, isrofgarchilik ham qilma, xasislik ham».
6. Mazmuni: «Ishingga «Akramuz-zayfa» (mehmonni siylang) so‘zi nur solsa, «Xayrul-umur» (har
bir ishda o‘rtachalik) rasmini tut».
LIV 1. Bahrom go‘r yoki Varaxran V (shohlik yillari 421—433)—sosoniylardan Yazdigirdning o‘g‘di.
Yaman podshohi Nu’mon va unnig o‘g‘li Munzir tarbiyasida o‘sgan. Yazdigird zulmidan bezor