Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
490
bo‘lgan xalq u vafot qilgandan sung Ardasher naslidan bo‘lgan Kisroni (ba’zi manbalarda Xusravni) 
taxtga ko‘taradi. Bu voqeadan xabar topgan Bahrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining 
xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o‘rnatishga o‘z a’yonlari va xalq oldida 
qasamyod qiladi. An’anaviy shartga muvofiq ikkita sherni o‘ldirib, ular o‘rtasidagi tojni oladi va 
podshohlik taxtiga o‘tiradi. Uning sevgan mashg‘uloti go‘r—qulon ovi bo‘lganligi uchun ham u Go‘r 
laqabiga olgan. 
Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Haft paykar», Xusrav Dehlaviyning «Hasht bihisht» 
va Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonlarida Bahrom Go‘r adolatli shoh, jasur sarkarda, ayni 
vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. 
2. Sakkiz baytning mazmuni: «U uch uylikdan bittasi Qorunday badavlat bo‘lsa ham, ammo nazari 
past odam edi. U shohning aytganlariga ahamiyat bermadi. Ikkinchisi esa, isrofkunanda edi: u qo‘ylar 
so‘ydirib, katta qozonlar osdirib, zo‘r bir ziyofatning tayyorgarligini ko‘ra boshladi. Ochlik 
mehmonning dimog‘ini kuydirib, ichini achitib turgan paytda, uning ertaga pishadigan oshidan nima 
foyda edi? Valekin, uchinchi xonadonning egasi aqlli odam edi. Zotan, aqldan madad oluvchi odamlar 
xushbaxtdirlar. U baxtiyor odam, shohni o‘z uyiga olib kirib, o‘sha ondayoq uning oldiga uyida tayyor 
turgan non bilan qatiqni qo‘ydi. Mohazar (tayyor turgan ovqat)ni yegach, shohdan ochlik ranji, 
mashaqqati ketib, joni huzur topti. Binobarin, shoh mana shu mohazar bilan mehmon qilgan 
mehmondo‘stga behaddu-hisob mol-dunyo hadya etgani holda, haligi past odamga juda qattiq tanbeh 
berdi». 
LV 
1. Farmondehi ro‘zgor»— Iskandarga nisbatan ishlatilgan birikma. 
LVI 
1. Chin — hezirgi Birma Ittifoqi tarkibidagi bir okrugning nomi. U Bangladesh va Hindiston bilan 
chegaradosh. Bu joy qadimda Xitoy tarkibida bo‘lgan. 
2. Bu baytda Iskadar quyoshga, xoqon esa oyga o‘xshatiladi. 
3. Bu baytda shoir tarse’ san’atidan o‘rinli foydalangan. Baytdagi hamma so‘zlarning vazni teng. 
4. Bu baytda: «Yulduzlar holatini va yer yuzidagi «mavolid», ya’ni jonli va jonsiz, tabiatni 
tekshirib», deyilgan. 
5. Kavkab anzori — yulduzlarning o‘zaro munosabat darajalari. 
6. Mazmuni: «Ma’dan aralashmalaridan tilsim qilib, dumaloq shaklga ega bo‘lgan ikki kurol 
yasadilar». 
7. Falak tulu arzi — falakning uzunlik va kengligi ma’nosida. 
8. Mir’oti getinamo— jahonnamo ko‘zgu. 
9. Quyosh kuzgusining sharaf burji topishi — bahor kelishi ma’nosini bildiradi. 
10. Mazmuni: «Hammalari ilm bobida abadiy baxt kabi, yolg‘izlik, soflikda sof aql kabi». 
11. Uch baytning mazmuni: «Shoh suturlob (astrolyabiya)ni qo‘lga olib, shu asbob yordami bilan 
falakning vaziyati qanaqa-yu, shu’lalariga qaraganda, quyosh yurishidagi yuksak daraja qaerda ekanini 
aniqlagach, baxtiyorlik bilan mayga mayl qilib, shodlik kelinchagini o‘ziga nikohlab oldi». 
12. Olti baytning mazmuni. «Har bir kimsaning toju taxti bo‘lsa, u o‘zidan keyin o‘rniga valiahd 
qoldirish tadbirini ham ko‘rmog‘i lozim. Masalan, quyosh magrib (g‘arb)ga botish oldidan o‘z o‘rniga 
oyni qoyilmaqom qiladi. Mohitobon garchi quyoshchalik nur taratmasa ham, bari bir uning yorug‘ligi 
o‘rnida o‘rinbosar bo‘lib qoladi. Agar bir daraxt bogdan ko‘chirilsa-yu, o‘rnida bir yosh nihol qolsa. 
oqibat natijada u bog‘ning ziynati bo‘lib qoladi, ham mevasi, ham soyasi bilan kishilarga naf 
yetkazadi». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin