4-bob. DMTTning faoliyatini tashkil qilish 16. DMTT maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq
bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.
17. DMTT guruhlarining ish tartibi:
Soat 08:00 dan 17:00 gacha (DMTT ish davomiyligi bilan bog’liq holda).
Qisqa muddatli guruhlarda, ikki smenada tashkil etiladi:
1-smena: 8:30 soatdan 12:00 soatgacha (3,5-4 soatdan kam bo’lmagan).
2-smena: 13:30 soatdan 17:00 soatgacha (3,5-4 soatdan kam bo’lmagan).
18. DMTT va bolaning qonuniy vakillari bilan o’zaro munosabatlari,
shuningdek, bolaning DMTTda ta’lim-tarbiya olish vaqti bolaning qonuniy
vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi.
19. Shartnomada bolaning DMTTga kelish vaqti, kuni tartibi, ovqatlanish
jarayoni va boshqa shartlar ko’rsatiladi.
20. DMTTda o’quv yili joriy yilning 2 sentyabr kunidan, kelgusi yilning 31
may kuniga qadar bo’lgan davrni, yozgi sog’lomlashtirish davri yilning 1 iyun
kunidan 31 avgust kuniga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
21. DMTTda bolalar uchun ta’lim-tarbiya jarayoni O’zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq davlat tili va boshqa
tillarda tashkil etiladi.
5-bob. DMTTga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish 22. DMTTga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi.
23. Bolani DMTTga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish, ushbu
tashkilotda bo’sh joylar bo’lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida
amalga oshiriladi:
- bolaningqonuniy vakili tomonidan berilgan arizasiga ko’ra;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28
martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish
bo’yicha Davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash
to’g’risida”gi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha
ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat xizmatlari ko’rsatishning
ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo’llanmalar;
- bolaning sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
24. Bolaning qonuniy vakillari uning tibbiy haritasi, tug’ilganlik
to’g’risidagi guvohnoma nusxasi, qonuniy vakilning pasport nusxasi va bolaning
2 dona rangli fotosurati (3x4 o’lchamli fotosurat).