15-bob. DMTT pedagog va boshqa hodimlarining huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi
72.
DMTT
hodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun
hujjatlari, mazkur Ustav va mehnat shartnomasi yoki mehnat kelishuvi bilan
belgilanadi.
73.
DMTT pedagog va boshqa hodimlari
bilan mehnat shartnomasini
tuzish va bekor qilish mehnat shartnomasi, DMTTning ichki mehnat qoidalari va
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
74.
DMTTda tegishli pedagogik ma’lumotga, maktabgacha ta’lim sohasida
kasbiy tayyorgarlikka va yuksak ma’naviy, ahloqiy fazilatlarga ega
bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar.
75.
Sudning hukmi yoki tibbiy hulosaga asosan pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanishi taqiqlangan shaxslarga DMTTda pedagogik faoliyat olib
borishiga yo’l qo’yilmaydi.
76.
DMTT pedagog va boshqa hodimlari lavozimlarida mehnat faoliyatini
amalga oshirish uchun Qonunda boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.
77.
DMTTning pedagog hodimlari quyidagi huquqlarga ega:
- kasbiy or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilish;
- ijodiy tashabbus ko’rsatish, ta’lim berish
va tarbiyalash metodikalarini,
o’quv qo’llanmalari hamda ta’lim berish vositalarini erkin tanlash;
- DMTTni boshqarishda mazkur Ustavda belgilangan tartibda ishtirok
etish;
- maktabgacha ta’limning o’quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- pedagogik faoliyatda ma’naviy va moddiy rag’batlantirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim berish va
tarbiyalash sohasidagi ilmiy, innovasion, xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
DMTTning pedagog hodimlari qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
DMTTning pedagog hodimlarini o’z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan
bog’liq bo’lmagan ish turlariga jalb qilishga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
78.
DMTT pedagog hodimlarining majburiyatlari:
- DMTTda bolalarga yuksak kasbiy darajada ta’lim va tarbiya berishi;
- pedagogika odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, bolalarning or-nomusi va
qadr-qimmatini hurmat qilishi, bolalarni tazyiq o’tkazilishidan himoya qilishi,
ularni
vatanparvarlik, mehnatga, atrof-muhitga va ota-onaga hurmat ruhida
tarbiyalash;
- o’z vaqtida va belgilangan tartibda kasbiy
mahorat va malakalarini
oshirish;
- o’z kasbiy ko’nikmalari va pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib
borishi shart.
DMTTning pedagog hodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
DMTTda ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni
qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga
undash uchun foydalanish
taqiqlanadi.
79.
DMTT pedagog hodimlari kuyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
- DMTTdagi faoliyatida xizmat vazifalarining ijrosini ta’minlash, mazkur
Ustavga muvofiq berilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- faoliyagdagi huquqbuzarlik va mansabga sovuqqonligi yuzasidan harakat
yoki harakatsizlik oqibatida kelib chiqqan jiddiy ziyon va zarar;
- malaka talablari va lavozim yuriknomasiga muvofiq topshiriqlarni o’z
vaqtida va sifatli bajarish.
DMTT pedagog hodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlik
ham belgilanishi mumkin.
16-bob. DMTTning mol-mulki va mablag’lari
80.
Ta’sischi, vazirlik yoki u vakolat bergan organ qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda mol-mulkni DMTTga o’tkazadilar.
DMTTga o’tkazilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruvida bo’ladi. DMTT
o’ziga tegishli va harajatlar smetasi bo’yicha o’ziga ajratilgan mablag’lar
hisobiga harid qilingan mol-mulkni qonun hujjatlari
va vazirlik tomonidan
ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga muvofiq tasarruf etadi.