Microsoft Word \337\355\343\350 \323\361\362\340\342 mtt doc


DMTT mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari vazirlik  tomonidan belgilanadi.  64



Yüklə 110,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü110,08 Kb.
#180349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Янги Устав MTT8

63.
DMTT mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari vazirlik 
tomonidan belgilanadi. 
64.
DMTTning mudiri lavozimida faoliyat olib borishga qonun hujjatlarida 
cheklovlar belgilanishi mumkin. 
13-bob. MTT boshqarish organlari 
65. 
Quyidagilar DMTTning boshqaruv organlari hisoblanadi: 
- Pedagogik kengashi; 
- Kuzatuv kengashi. 
66.
DMTTning Pedagogik kengash faoliyati jamoatchilik asosida tashkil 
qilinadi. Pedagogik kengash DMTT o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, 
shuningdek, uning faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni 
muvofiqlashtirish bo’yicha kollegial organ hisoblanadi. 
67.
DMTTning Pedagogik kengashi: 
- DMTTda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko’rib 
chiqadi; 
- DMTTning ish rejasini va pedagog hodimlarining pedagogik yuklamasini 
belgilaydi; 
- DMTTning ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi; 
- DMTT va bolaning qonuniy vakillari o’rtasida o’zaro hamkorlik tartibini 
belgilaydi; 
- DMTTning pedagog hodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy 
tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg’or pedagogik 
tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi; 
- DMTT hodimlarini ma’naviy va moddiy rag’batlantirish masalalarini 
ko’rib chiqadi; 


- DMTT rahbari va pedagog hodimlar hisobotlarini eshitadi; 
- DMTT Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham bajarishi mumkin. 
DMTT Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik 
tomonidan belgilanadi. 
68.
DMTTda bolani tarbiyalash, shakllantirish va o’qitishda ko’maklashish 
maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga 
boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning hodimlari, shuningdek, nodavlat-
notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi. 
69.
DMTTning Kuzatuv kengashi 11 kishidan kam bo’lmagan tarkibda 
tuziladi. Uning tarkibiga har bir guruhdan tarbiyalanuvchilarning qonuniy 
vakillari orasidan 3 nafardan, DMTTning pedagoglari va tarbiyachilarning 
yordamchilari orasidan 2 nafardan, DMTT ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli 
hududiy maktabgacha ta’lim bo’limidan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va 
homiylar orasidan 2 nafar a’zolar kiritiladi. 
DMTTning Kuzatuv kengashi: 
- DMTTni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi; 
- maktabgacha ta’limning tuman bo’limi tomonidan tavsiya etilgan
nomzodlar orasidan DMTT rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan 
lavozimidan ozod qilish bo’yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; 
- DMTT rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan 
ko’rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo’jalik holati, daromadlar va harajatlar, 
byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag’lardan foydalanish 
to’g’risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi; 
- DMTTda sog’lom ovqatlanishni tashkil qilinishi sifatini aniqlash 
maqsadida DMTT ovqatlanish bo’limi faoliyati yuzasidan monitoring o’tkazadi; 
-DMTT rahbari, pedagog hodimlar va boshqa hodimlar faoliyatiga taalluqli 
ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi; 

tuman 
maktabgacha 
ta’lim 
bo’limlariga 
DMTT 
hodimlarini 
rag’batlantirish to’g’risida takliflar kiritadi. 
- DMTTning Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
- DMTTning Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik 
tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 110,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin