Microsoft Word \337\355\343\350 \323\361\362\340\342 mtt doc


-bob. DMTT faoliyatini moliyalashtirish



Yüklə 110,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü110,08 Kb.
#180349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Янги Устав MTT8

10-bob. DMTT faoliyatini moliyalashtirish 
54.
DMTT faoliyati O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari, 
bolalarni DMTTda saqlash uchun olinadigan ota-onalar to’lovi, jismoniy va 
yuridik shaxslarning hayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 
55.
DMTTga qo’shimcha byudjet mablag’larni jalb qilish byudjetdan 
moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi. 
11-bob. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar to’lovi 
56.
Tarbiyalanuvchilarni DMTTda saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni 
parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi. 
57.
Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar to’lovi qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 
58.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muxtoj oilalar farzandlarini saqlash 
uchun ota-onalar to’lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan 
miqdorlarda amalga oshiriladi. 
12-bob. DMTTni boshqarish 
59.
DMTTni boshqarish qonun hujjatlarida va mazkur Ustavda belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
60.
DMTTga vazirlik bilan kelishuv bo’yicha vazirlikning hududiy 
bo’linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim 
tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi. 
61.
DMTT faoliyatiga direktori joriy rahbarlik qiladi hamda davlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va tashkilot oldida hisob 
beradi. 
62.
DMTT rahbari: 
- mazkur ustav asosida unga berilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi; 
- DMTT faoliyatiga rahbarlik qiladi va ishni samarali tashkil etadi; 
- vazirlikning tegishli hududiy bo’linmasi bilan kelishilgan holda DMTT 
shtatlarini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda vakolatli organlardan ro’yxatdan 
o’tkazadi; 
- DMTT nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, joylardagi hokimiyat
va davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’lgan 
munosabatlarda tashkilot manfaatlarini ifoda etadi; 


- belgilangan tartibda DMTTning mol-mulki va vositalaridan foydalanadi, 
o’z vakolati doirasida vazirlik va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishgan 
holda bitimlar tuzadi; 
- o’z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va ishonchnomalar beradi; 
- DMTT faoliyatini takomillashtirish, uning modiy-texnik bazasini 
mustahkamlash va hodimlarning ijtimoiy ximoyasini ta’minlash yuzasidan 
tegishli tuman maktabgacha ta’lim bo’linmasiga takliflar kiritadi; 
- tarbiyalanuchilarning hayoti va sog’ligini muxofaza qilish, shuningdek
o’quv jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlaydi; 
- DMTTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy 
talablarga javob beradigan jihozlar, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediya 
vositalari bilan ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil etadi; 
- DMTTning moliyaviy-xo’jalik faoliyati uchun javob beradi; 
- byudjetdan tashqari qushimcha moliyalashtirish manbalari va moddiy 
resurslarni, shu jumladan, qonunda taqiqlanmagan homiylarning mablag’larini 
jalb qiladi; 
- amaldagi qonunchilikka muvofiq DMTT hodimlarini lavozimga 
tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; 
- vazirlik bilan kelishgan holda DMTTning ichki tartib qoidalarini, 
shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalarni tasdiqlaydi; 
- qonun hujjatlari talablari va me’yorlariga muvofiq, shuningdek, 
byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish hisobiga DMTTning moddiy-texnik
jihatdan ta’minlanishini va xonalarni jihozlanishini amalga oshiradi; 

DMTTning 
moliyaviy 
mablag’laridan 
maqsadli 
va 
oqilona 
foydalanilishini ta’minlaydi; 
- o’z vakolati doirasida DMTTning barcha hodimlari uchun majburiy 
bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; 
- DMTT hodimlari o’rtasida xizmat vazifalarini qayta taqsimlashi yoki 
zarur hollarda qonunchilik bilan taqiqlanmagan va DMTTni rivojlantirishga 
qaratilgan yangi vazifalarni bajarishni yuklashi mumkin; 
- DMTT hodimlari o’rtasidagi manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etish 
talablari va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlaydi, shaffof va
halol tanlov orqali hodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishni, 
malakasi oshirilishini va ishdan bo’shatilishini amalga oshiradi; 
- DMTTning faoliyati bo’yicha hisobotlarni va boshqa zarur ma’lumotlarni 
belgilangan tartibda vazirlikning hududiy bo’linmalariga
takdim etilishini ta’minlaydi; 
- DMTTning xujalik-moliyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi 
qonun hujjatlari va mazkur Ustavda vazirlik va uning hududiy bo’linmalari 
vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno; 
- vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlarini 
so’zsiz ijro etilishini ta’minlaydi; 


- vazirlikning normativ hujjatlariga muvofiq holda tayyorlangan 
DMTTning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi va joriy etilishini ta’minlaydi; 
- DMTT faoliyatida manfaatlar to’qnashuvlarini hal qilish, shuningdek, 
DMTT va o’zning faoliyatida huquqbuzarlik va korrupsiya holatlariga yo’l 
qo’ymaslikni samarali choralarini ko’radi, bu kabi holatlarga yo’l qo’yilib, 
o’rnatilgan odob ahloq qoidalariga rioya qilinmaganida vazirlikning hududiy 
bo’linmalariga xabar qiladi; 
- favkulotda vaziyatlar, aniqlangan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, xavfli va 
salbiy holatlar, DMTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari va hodimlarning 
sog’ligi va hayotiga yetkazilgan zararlar to’g’risida vazirlikning hududiy 
bo’linmalariga darxol xabar qiladi; 
- DMTTning ish faoliyati haqida vazirlikning hududiy bo’linmalariga 
oylik va choraklik hisobot beradi; 
- DMTTning va hodimlarining faoliyatini qonun hujjatlari, vazirlikning 
buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi 
va ta’minlaydi; 
- DMTTning rivojlantirilishiga qaratilgan qonun bilan taqiqlanmagan 
boshqa vazifalarni ham bajaradi. 

Yüklə 110,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin