7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
7 - maruza (4)

Ayirish organlari. 
Mezonefros buyraklar yon tomonlari qisilgan ikkita uzun jism 
shaklida bo’lib, gavda bo’shlig’ining o’rtasidan orqa chiqaruv teshigigacha deyarli cho’zilib 
boradi. Ularning bir uchi qorin pardasining burmasi bilan gavda bo’shlig’ining orqa devoriga 
yopishgan, ikkinchi erkin uchiga esa siydik kanali (volfov kanallari) o’rnashgan. Siydik 
kanallari ketingi tomonda siydik-tanosil sinusiga (sinus urogenitalis) kelib qo’shiladi. Siydik-
tanosil sinusi siydik-tanosil so’rg’ichining uchiga o’rnashgan siydik-tanosil teshigi orqali 
taщqariga ochiladi. 
Jinsiy organlari. 
Urg’ochi va erkak minoganing jinsiy organlari kattagina toq jinsiy 
bezdan iborat, bu bez gavda bo’shlig’ining ko’p qismini ishg’ol etadi. To’garak og’izlilarda 
erkaklik va urg’ochilik jinsiy mahsulotlari bir xil usulda tashqariga chiqariladi. Chunonchi, 
pishib yetilgan tuxum va spermatozoidlar jinsiy bezlar devorlarining yorilgan yerlaridan 
gavda bo’shlig’iga tushadi. Keyin ular bir juft maxsus teshikdan siydik tanosil sinusiga o’tadi, 
siydik-tanosil sinusidan siydik-tanosil geshigi orqali taщqariga, suvga chiqariladi, tuxum 
suvda urug’lanadi. 
Shunday qilib, to’garak og’izlilarda siydik sistemasi bilan jinsiy sistema o’rtasidagi 
bog’lanish juda bo’sh bo’ladi va jinsiy mahsulotlarning siydik-tanosil sinusi va siydik-tanosil 
teshigi orqali tashqariga chiqarilishi bilangina chegaralanadi. 
Lichinkasi. 
Minoganing tuxumidan (bo’yi 10 mm cha keladigan) qum teshar 
(peskoroyka) deb ataluvchi kichkina lichinka chiqadi. Qumteshar voyaga yetgan minogadan 
bir qancha belgisi bilan farq qiladi, bu belgilarning eng muhimlari tubandagilar: aslida nafas 
nayi bo’lmaydi, chunki xalqum ichakning boshqa bo’laklaridan ajralib chiqqan emas, tuban 
xordalilar (astsidiya va lantsetnik)dagi endostilning gomologi hisoblangan endostil bo’ladi, 
tuban.xordalilarning eidostili qanday vazifani bajarsa, bu endostil ham shunday vazifani 
bajaradi, ya’ni hayvon uning yordami bilan suvda qalqib yurgan ovqat bo’laklarini tutib oladi 
va shilimshiq oqimi bilan oldinga surib, xalqum oldidagi kiprikli xalqagacha olib boradi, 
keyin ustki tomondagi kiprikli tortma orqali qizilo’ngach tomonga qarab harakat qildiradi. Jigari 
naysimon. Miyasi bir muncha katta, ko’zlari murtak holida bo’lib, teri bilan to’la qoplangan, 
og’iz oldida so’rg’ich voronkasi bo’lmaydi, «tishlari» yo’q, og’izning oldi ikkita «lab» bilan 
o’ralgan, bu lablardan biri – yuqoridagi katta «lab», taqasimon bo’ladi. 


92 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin