7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


uzangi, sandon, bolg’acha, kurak, qoziq, oziq tishlari,  Tayanch so’zlar



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
7 - maruza (4)

 
uzangi, sandon, bolg’acha, kurak, qoziq, oziq tishlari, 
Tayanch so’zlar:
termoregulyatsiya, alveollarda, diafragma, malpigiy, 
vibrissa, menisk, mimika muskullari. 
Sut emizuvchilar umurtqali xayvonlarning eng yuqori taraqqiy etgan sinfi 
xisoblanadi. Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari quyidagilar 
xisoblanadi. 
1. Bosh miya juda katta va unda oliy nerv faoliyatining markazi yani kulrang 
miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar po’stlog’i, ayniqsa rivojlangan, 
xidlov qo’ruv va eshituv organlari xam kuchli rivojlangan. Tashqi quloq va quloq 
suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta uzangi sandon va bolg’acha kabi eshituv 
suyaklari joylashgan. 
2. Tishlari grupalarga, ya’ni kurak, keskich va oziq tishlariga bo’lingan va 
pastki jag’i bevosita miya qutisiga birikib ketadi. Pastki jag’ faqat bitta tish 
suyagidan tashkil topadi. 
3. Issiq qonli, yuragi 4 kamerali bo’lib undan faqat chap aorta yoyi chiqadi 
va qon aralashmaydi. Gavda temperaurasining doimiy bo’lishi termoregullyatsiya 
moslamalari borligi tufayli yuzaga keladi. 
4. Ko’pchilik sut emizuvchilar uchun tirik bola tug’ish embrionning ona 
qornida maxsus organ yo’ldosh yordamida rivojlanishi, tug’ilgan bolasini sut bilan 
ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir. 
Sut emizuvchilar o’ziga xos morfologik belgilari bilan xam xarakterlanadi. 
Terisi jun bilan qoplangan xar xil bezlarga boy. Bosh skeleti umurtqa pog’onasi 
bilan 2 ta ensa bo’rtmasi orqali birikadi. Tishlari maxsus chuqg’urchalarda-
al’veolalarda joylashadi. Bilak bo’g’imi orqaga, tizza bo’g’imi esa oldinga 
qaratilgan bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’shlig’ini diofragma pardasi ajratib turadi. 
Teri qoplagichlari boshqa umurtqali xayvonlarning teri qoplagichlariga 
nisbatan ancha murakkab tuzilgan va vazifasi xam xilma xil. Terisi xamma 
umurtqalililardagi singari tashqi epidermis va pastki chin teridan iborat. 
Epidermisning pastki qatlami tirik qoplovchi xujayralardan tashkil topgan va 
mal’pigiy qatlami deyiladi. Ustki tomonga borgani sari xujayralar yassi shaklga 
aylanadi, keratogialin kiritmalari xosil bo’lib, xujayraning ichini to’ldiradi. 
Xujayra o’ladi, natijada shox qatlam xosil qiladi. Eng ustki tomonidagi o’lik 
xujayralar “kepak” sifatida tushib turadi. Bu protsess malpigiy qavat xujayralari 


153 
xisobidan tiklanib, turadi. Epidermis xar xil teri xosilalarini soch, tirnoq, changal 
tirnoq, tuyoq, kovak shox, tangacha va bezlarni beradi. 
Soch ustki tana terisiga kirib turgan tomirdan iborat. Soch tanasi yumshoq 
o’zak moddasidan uni o’rab turgan zich po’stloq qatlami va yupqa tashqi po’stdan 
tashkil topgan. Soch tomirining pastki uchi kengayib soch so’g’onini xosil qiladi. 
Soch so’g’onnini pastiga soch so’rg’ichi kirib turadi. Soch tomiri chin teriga 
anchagina botib kiradi va soch xaltasida joylashadi. Soch xaltasiga yog’ 
bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Soch shakli vazifasiga ko’ra tivit, qil va 
vibrissalariga bo’linadi. 
Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplagichlarining asosini kalta mayin 
tivit tashkil qiladi. Tivit orasida uzun yo’g’on hamda qattiq qillar joylashadi. Yer 
tagida yashovchi qrotlarda qil bo’lmasdan faqat tivit bo’ladi. Bug’i cho’chqa va 
tyulenlarda, aksincha tivit deyarli bo’lmasdan qil bo’ladi. Tipratikon va jayralarda 
esa qil o’zgarib tikonga aylanadi. Vibrissalar qo’shimcha tuyg’u vazifasini bajaradi 
va hayvonning boshida joylashadi. Masalan, mushukning mo’ylovi. 
Epidermisning shox xosilariga tangachalar kiradi. Sut emizuvchilarning 
tangachalari o’zining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning 
shox tangachalariga o’xshash bo’ladi. Tangacha yashcherlarda kuchli rivojlangan. 
Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari tangacha bilan qoplangan. Tuzilishiga 
ko’ra bir xil bo’lgan changak tirnoq va tuyoq turli darrandalarda xar xil 
rivojlangan. Bularning hammasi qattiq shox plastinkadan yostiqchasidan tashkil 
topgan. Shox xosilalariga yana xo’kizlarning qo’y va echkilar shoxi kiradi. 
Bu hayvonlarning shoxi epidermisdan rivojlanadi va peshona suyagiga 
qo’shilib ketadi. Bug’ilarnng shoxi esa teri hisobidan taraqqiy etadi va suyak 
to’qimasidan tuzilgan. 
Sut emizuvchilarning terisi tuzilishi va vazifasi jixatidan xar xil bo’lgan 
bezlarga boy bo’ladi. Teri bezlari epidermis kurtagidan xosil bo’ladi va chin teri 
bo’shlig’iga botib turadi. Yog’ bezlari uzum boshiga o’xshab tuzilgan, uning 
chiqarish yo’li soch xaltasiga ochiladi, skeleti sochni va terini yog’lab turish uchun 
xizmat qiladi. 
Sut bezlari teri bezining o’zgargan shakli bo’lib, faqat urg’ochilarda 
rivojlanadi, bir yo’llilardan tashqari hamma sut emizuvchilarning sut bezlarida 1-
14 juft so’rg’ichi bo’ladi. 
Sut emizuvchilarning chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo’lgan xolda 
tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Teri osti yog’ qatlami ayniqsa, 
kitsimonlarda, sovuq iqlimda yashovchi darandalarda va qishda uyquga ketuvchi 
sut emizuvchilarda yaxshi taraqqiy etgan. 
Skeleti. Umurtqa pog’anasi besh bo’limga-bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va 
dum bo’limlariga bo’linadi. Umurtqasida yassi bo’g’im yuzalari bor. bunday 
umurtqa platitsel umurtqa deyiladi. Umurtqalar yumshoq tog’ay diskalari 
(meniskalar) bilan bir- biridan ajraladi. 
Umurtqalarning ustki yoylari yaxshi ajralib turadi. Bo’yin bo’limida 7 ta 
umurtqasi bor. Birinchi 2 ta bo’yin umurtqalari boshqa aminotalardagi singari 
tuzilgan. Oldingi ko’krak umurtqalariga qobirg’alar tutashadi. To’sh suyagi 


154 
plastinka shaklida bo’lib, uning oldingi kegngaygan qismiga to’sh dastasi pastki 
qismiga qilichsimon o’simta birikadi, bel bo’limida to’qqizta umurtqasi bor, 
dumg’aza bo’limi 4ta umurtqadan tashkil topgan. Dum umurtqalarining soni xam 
o’zgaruvchan. 
Sut emizuvchilarining bosh skeleti miya qutisining kattaligi, ustki jag’, 
yonoq va tangacha suyaklaridan xosil bo’lgan chakka yoyining bo’lishi, suyaklar 
umumiy soninig bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Pastki jag’ faqat bir juft tish suyagidan tashkil topgan. Chunki qo’shilish 
suyagi bolg’achaga, kvadrat suyagi esa sandon suyagiga aylanadi va bular o’rta 
quloq bo’shlig’iga joylashib, eshitish vazifasini bajaradi. Engsa teshigi atrofida 
bitta ensa suyagi va umurtqa pog’onasi bilan qo’shiluvchi 2ta ensa bo’rtmasi bor. 
Quloq suyaklari qo’shilib, bir juft tosh suyagini xosil qiladi. 
Bosh skeletining tagini toq asosiy ponasimon, panjara va faqat sut 
emizuvchilarga xos bo’lgan nog’ora suyaklari xosil qiladi. Sut emizuvchilarga xos 
bo’lgan ikkilamchi suyak tanglay jag’ oraliq, ustki jag’ suyagining o’simtasi va 
tanglay suyagining qo’shilishidan xosil bo’ladi. 
Yelka kamari orqa tomonidan tarog’i bo’lgan uchburchak shaklidagi kurak, 
korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Korokoid kichrayib korakoid 
o’simtasi ko’rinishida kurak suyagiga qo’shilib ketadi. O’mrov suyagi krot, 
ko’lqanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarda yo’qolib ketadi. 
Chanoq kamari 2 ta nomsiz suyakdan iborat bo’lib, bularning xar biri yonbosh qov 
va quymich suyaklarining qo’shilishidan iborat bo’ladi. Sut emizuvchilarning 
chanog’i yopiq bo’ladi ya’ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari o’rtasida 
o’zaro qo’shiladi. Erkin oyoqlar skeleti quruqda yashovchi umurtqali xayvonlar 
singari tipik tuzilishga ega. 
Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti kuchli o’zgarishi 
mumkin. Keyingi oyog’ida sut emizuvchilarga xos bo’lgan to’pig’ suyagi va tizza 
suyagi kosasi bo’ladi. 
Muskul sistemasi juda takomillashgan va juda xilma-xildir. Ko’krak va 
qorin bo’shliqlarining ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli juda 
xarakterlidir. Bu muskul nafas olish vaqtida ishtirok etadi, ya’ni ko’krak qafasini 
xajmini o’zgartirib turadi. Terini xarakatga keltirib turuvchi teri osti muskuli kuchli 
rivojlangan. Ayniqsa maymunlarda kuchli rivojlangan va bosh miyaning yuz 
qismida joylashgan mimika muskullari diqqatga sozovordir. 
Nerv sistemasi va sezuv organlari. Bosh miya oldingi miya yarim sharlari 
miyacha hisobiga nixoyatda kattaligi bilan harakterlanadi. Oldingi miya yarim 
sharlari miya gumbazi yoki neopalum deb ataladigan miya po’stlog’i, ya’ni kul 
rang miya moddasi bilan qoplangan. Miya po’stlog’ida oliy nerf faoliyatining 
markazi joylashgan, oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolagan qismlariga 
nisbatan 48-75% ni tashkil qiladi. 
Miya po’stlog’i ko’pchilik sut emizuvchilarda silliq bo’lmasdan burma va 
egatchalar bilan qoplangan. Bu miya po’stlog’ini yuzasini kengaytiradi. Oraliq 
miya ustki tomondan ko’rinmaydi. O’rta miya uchun uning miya qopqog’i boshqa 
umurtqalardagidek ikki tepalikdan iborat bo’lmay to’rt tepalikdan iborat bo’ladi. 


155 
Bu tepaliklarning oldingisi qo’ruv, keyingi tepaliklar eshituv funktsiyalarini 
bajaradi. 
Miya bir necha bo’limlarga bo’lingan. Bosh miyadan 12 juft bosh miya 
nervlari chiqadi. 
Sezuv organlaridan xidlov organlari juda kuchli rivojlangan va sut 
emizuvchilarning hayotida muxim ahamiyatga ega. Xidlov organlari yordamida 
bu hayvonlar o’z dushmanlarini aniqlaydi, o’ljasini va jinslarini axtarib topadi.Sut 
emizuvchilarning xidlov bo’limida talaygina panjara chig’anoqlardan ibort 
murakkab burun labirinti xosil bo’ladi. 
Eshitish organi yaxshi rivojlangan. Ichki va o’rta quloqdan tashqari eshitish 
yo’li va quloq suprasining bo’lishi sut emizuvchilar uchun xarakterlidir. O’rta 
quloq bo’shlig’ida uzangi suyakchasidan tashqari sandon va bolg’acha suyaklari 
joylashadi. 
Ko’rish organi boshqa sezuv organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Ko’z 
tarog’i yo’q va akkomadatsiya xodisasi kipriksimon muskulning qisqarishi va ko’z 
gavxari shaklining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. 
Ovqat hazm qilish organlari. Ovqat xazm qilish kanali og’iz bo’shlig’idan 
boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining oldingi tomonida go’shtdor lablari bo’ladi., og’iz 
bo’shlig’i bilan lablar orasida jag’ining tashqi tomonida lunj bo’ladi. Jag’ 
suyagidagi 
maxsus 
chuqurchalar 
alveollarda 
tishlar 
joylashadi.Tishlar 
bajarilayotgan funktsiyalariga qarab, kurak, keskich, yolg’on oziq va xaqiqiy oziq 
tishlariga bo’linadi. Yoshlik davrida sut tishlari bo’lib keyin bu doimiy tishlar bilan 
almashiniladi. Og’iz to’rida go’shtdor til joylashgan, og’iz bo’shlig’iga so’lak 
bezlarinig chiqarish yo’li ochiladi. So’lak bezlarining suyuqligi og’iz 
bo’shlig’igida ovqatga birinchi marta ximiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 
kraxmalni shakarga aylantiradi. Tishlar yordamida maydalangan so’lak bilan 
qisman parchalangan va xo’llangan ovqat luqmasi qizil o’ngachga va undan 
oshqozonga o’tadi. Ovqat xarakteriga qarab oshqozon turli gruppalarida turlicha 
tuzilgan. Dag’al ovqatlar bilan ovqatlanuvchi kavsh qaytaruvchilarining oshqozoni 
murakkab tuzilishga ega to’rt bo’limga bo’lingan: siqma qorin, to’rqorin , qatqorin 
va shirdon. Siqma qorindan ovqat luqmasi to’rqoringa va undan yana og’izga 
tushadi, og’izda ovqat tishlar bilan maydalanadi va so’lak bilan xo’llanib ikkinchi 
marta yutilganda to’g’ridan-to’g’ri qatqoringa tushadi. 
Ichak oshqozondan boshlanib ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichaklarga 
bo’linadi. Ingichka va yo’g’on ichak chegarasidan ko’r ichak joylashadi. Dag’al 
o’simlik bilan ovqatlanuvchi xayvonlarning ichagi gavdasiga nisbatan juda uzun 
bo’ladi. Masalan: ko’rshapalaklarda 2,5 barobar qo’ylarda esa 29 barobar uzun 
bo’ladi. Jigar diafragma tagida joylashadi. Ut yo’li va oshqozon osti bezining 
chiqarish yo’li ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi. 
Nafas olish organlari. Gaz almashinish qushlardagi singari o’pkada o’tadi. 
Teri orqali faqatgina 1% kislorod qon tomirlariga kiradi.Sut emizuvchilarning 
xiqildog’i murakkab tuzilgan, uning asosida uzuksimon tog’ay joylashgan, 
xiqildoqning oldingi yon devorlariga faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan 


156 
qalqonsimon tog’aylar joylashgan. Qalqonsimon tog’ayning oldingi qirrasiga 
xiqildoq usti tutashib turadi. 
Xiqildoqning ichki pardasida ovoz chiqaruvchi tovush pardalari bo’ladi, 
xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ikkita bronxga ajraladi va o’pkalarga kiradi. 
Bronxlar o’pkaga kirgach, mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida al’veola 
pufakchalari xosil bo’ladi. Buning natijasida o’pkaning xajmi gavda yuzasiga 
nisbatan 50-100 barobar oshadi. Nafas olish akti ikki yo’l bilan o’tadi. Bir 
tomondan qobirg’alar aro muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi tomondan 
diafragma pardasi ning yuqoriga ko’tarilishi va pastga tushish natijasida ko’krak 
qafasining xajmi o’zgaradi. 
Qon aylanish sistemasi. Yuragi. Qushlarning yuragi singari 4 kamerali 
bo’lib, katta va kichik qon aylanish doiralari to’liq ajralgan. Chap .yurak 
qorinchasidan toq chap aorta yoyi chiqadi. Odatda chap aorta yoyidan ismsiz 
arteriya chiqib u o’mrov osti arteriyasi xamda uyqu arteriyalariga ajraladi. Chap 
o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan mustaqil chiqadi. Orqa aorta umurtqa 
pog’onasini ostida joylashadi va ichki organlarga qon tomirlari ajratadi. 
Venoz sistemasi uchun buyrak qopqa sistemasining yo’qligi xarakterlidir. 
Undan tashqari toq venalarining bo’lishi xarakterli bo’lib, bular tuban umurtqali 
xayvonlarning rudimenti xisoblanadi. Oldingi tomondan bazilarida juft bazilarida 
toq oldingi kovak venaga to’planib, bular o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. O’ng 
yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan o’pkalarga boradi. 
O’pkalarda kislorod bilan to’yingan qon o’pka venasi nomi bilan chap yurak 
bo’lmasiga quyiladi. 
Ajratish va ko’payish organlari. Ajratish organi bo’lib bel bo’limiga 
joylashgan juft chanoq buyragi xizmat qiladi, bo’yragi loviyasimon shaklida 
bo’ladi va yuza qismi po’stloq xamda ichki mag’iz qatlamlaridan tashkil topgan. 
Po’stloq qatlami ingichka naylardan tashkil topgan va qondan ortiqcha suv xamda 
parchalanish maxsulotlari to’planadi. Mag’iz qatlami bir qancha yig’uv naylaridan 
iborat va bu yerga po’stloq qavat naychalari ochiladi. Buyrak jomidan siydik 
yo’liga ochiladi. Siydik yo’li esa siydik pufagiga ochiladi. Siydik pufagidan siydik 
tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Erkaklarning ko’payish organi bo’lib 
tana bo’shlig’ida yoki yorg’oqda joylashgan bir juft urug’don xizmat qiladi. 
Urug’donda pishib yetilgan urug’ xujayralari urug’ yo’li bilan kapulyativ organ 
orqali tashqariga chiqariladi. Siydik pufagi bilan jinsiy a’zo ildizining o’rtasidagi 
chegarada prostata bezi bo’ladi. Bu bezning ajratgan suyuqligi urug’ni suyultiradi 
va spermatazoidni aktivlashtiradi. 
Urg’ochilarning ko’payish organ bo’lib tana bo’shlig’ida joylashgan juft 
tuxumdonlar xisoblanadi. Pishib yetilgan tuxum tana bo’shlig’iga tushadi. U 
yerdan tuxum yo’lining fallopiy naychasiga tushib keyin bachadonga boradi. 
Bachadon qinga ochiladi. Qinning orqa uchi daxlizga, yani siydik teri tanosil 
kanaliga aylanadi. Ko’pchilik sut emizuvchilar bachadonida bola o’rni yo’ldosh 
xosil bo’ladi. Yo’ldosh orqali zarodish ona organizmi xisobidan ovqat 
modddalarini so’rib oladi va nafas oladi. Yo’ldosh quyidagicha xosil bo’ladi, 
allatoisning tashqi devori seroz qavat bilan qo’shilib, ko’p bo’rtmali (vorsinkali) 


157 
xorion xosil qiladi. Xorion o’z navbatida bachadonning ichki shilimshiq qavati 
bilan qo’shiladi va yo’ldosh xosil bo’ladi. 
Xozirgi zamonda yashovchi sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turlarni o’z 
ichiga oladi va uchta kenja sinfga bo’linadi. 
1. Tuxum qo’yuvchilar, yoki dastlabki hayvonlar kenja sinfi – Prototheria. 
Bu kenja sinfga bir teshiklilar turkumi kiradi. Sut emizuvchilar sin fini eng 
primitivi hisoblanib qyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: 1. Sariq moddaga boy 
bo’lgan tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. 2. Ichak va siydik tanosil teshiklari 
kloaakaga ochiladi. 3. Emchaklari yo’q, sut bezlari maxsus ariqchaga ochiladi, 
bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi. 4. Yelka kamari sudralib yuruvchilarning 
yelka kamariga o’xshash, ya’ni to’sh usti suyagi bor. 5. Gavda temperaturasi past 
20,34 gradus o’rtasida o’zgarib turadi. 6. Yumshoq lablari va tishlari bo’lmaydi. 
O’rdak burunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. 
Tumshug’i ser bar yassi o’rdak tumshug’iga o’xshaydi. Voyaga yetgan o’rdak 
burunlarning jag’larida tishlari bo’lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. 
Daryo qirg’oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi, suv hayvonlari 
bilan ovqatlanadi. O’rdakburunlar Avstraliyaning kvislend daryolari bo’yida va 
tasmaniya orolida yashaydi. Ularni faqat bir turi uchraydi. Tanasining uzunligi 45 
sm, dumining uzunligi 15 sm tanasi mayin jun bilan qoplangan. Yexidna 
tanasining orqa tomoni ser bar ignalar bilan qoplangan. Yexidna Avstraliya 
Tasmaniya yangi gvineyaning o’rmonlarida yashaydi. Bu turkumga bitta tur kiradi. 
Tanasi uzun – uzun tikanlar bilan qoplangan, tumshug’i uzun, tirnoqlari o’tkir va 
to’g’ri tirnog’i bilan chumolilar, termitlar uyasini kavlaydi.Xarakatchan tili 
yordamida ovlaydi. Og’irligi 10 kg keladi. Tuxumini orqa oyoqlari orasidagi 
xaltachaga qo’yib u yerda ona tanasining issig’i ta’sirida rivojlanadi. Xaltachadagi 
temperatura 33-35 bo’ladi. 7-10 kun ichida tuxumdan uzunligi 2 sm bo’lgan bola 
rivojlanadi. Bolasi xaltacha ichidagi sut maydonchalaridan sutni yalab o’sa 
boshlaydi. Bo’yi 8 sm ga yetganda xaltachadan chiqadi. Erkak yexidnalarni 
dumida zaxarli ignalari bo’ladi. Yexidnalar tungi xayvonlar bo’lib kunduz kunlari 
uyasida yashirinib yotadi. Proexidna yangi Gviniyada yashaydi. Yerni kovlab, 
xashoratlarning lichinkasi bilan ovqatlanadi. 
2. Xaqiqiy hayvonlar kenja sinfi – Theria.
1-tuban hayvonlar infra sinfi – Metaheria. Xaltalilar turkumi – Marsupialia. 
Xaltalilar ham sut emizuvchilarning qadimgi va primitiv gruppasi bo’lib, 
yo’ldoshning asosan bo’lmasligi, shu sababli tug’ilgan bolaning o’ta nimjon 
bo’lishi, bir juft kopchik suyagining bo’lishi urg’ochilarida ikkita bachadon va 
gavda temperaturasining yuqori darrandalarga nisbatan past bo’lishi kabi belgilari 
bilan xarakterlanadi. Xaltalilar Avstraliya va Janubiy Amerikaning o’rmon va 
dasht tog’ joylarida tarqalgan. Xaltalilarga kengurular, daraxtda yashaydigan 
Amerika oposiumi, tasmaniya xaltali bo’risi, xaltali ayiq yoki koalalar kiradi. 
Kengurular yer yuzida faqat Avstraliyada saqlanib qolgan bo’lib, ularni bir 
necha turlari ma’lum. Eng kichik kunguruni uzunligi yarim metr, bular tungi 
xayvonlar bo’lib hasharotlar bilan oziqlanadi. 


158 
Janubiy Avstraliyaning Murrego daryosi bo’ylarida uzunligi 50 sm bo’lgan 
quyon kengurusi yashaydi. Tashqi ko’rinishidan quyonga o’xshaydi. Soatiga 40 
km chopadi. Avstraliyaning Janubiy sharqiy tog’larida, tog’ kengurusi uchraydi. 
Yangi Gvineya, Avstraliya o’rmonlarida daraxt kengurulari yashaydi. Gigant 
kengurularining og’irligi 30-70 kg tinch xolatda sakrash uzunligi 1,2 -1,9 m , 
dushmandan qochayotganda 9m ba’zan esa 13,5 m gacha sakrashi mumkin. 
kengurular baladlikka 3,5 m gacha sakray oladi. Zooparklarda kengurular 17-18 yil 
yashaydi. 
Kenguru so’zi abarigenlar so’zidan olingan bo’lib “Bilmayman” degan 
ma’noni anglatadi. 
2. Platsentalilar,yoki yuqori darandalar infra sinfi – Eutheria. 
Sut emizuvchilarning asosiy gruppasini o’z ichiga oladi va yer yuzida keng 
tarqalgan. Sinfning xarakterli belgilari kopchik suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi 
rivojlanmagan. Yuqori darandalar 17 turkumga bo’linadi. 
1. Xashoratxo’rlar turkumi – Insectivora. Xashoratxo’rlar yo’ldoshli sut 
emizuvchilarning eng primitivi hisoblanadi. Miya yarim sharlari ancha kichik va 
yuzasi silliq bo’ladi. Tishlari guruppalarga yaxshi ajralmagan. Bachadoni shoxli 
bo’ladi. 
Tumshug’ining uchida 
xarakatchan xartumchaning bo’lishligi 
xashoratxo’rlarning xarakterli belgisidir. Xashoratxo’rlar juda mayda va o’rtacha 
kattalikdagi hayvonlar bo’lib yer tagida, yerda va xatto daraxtlarda yashaydi. 
Avstriliyadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. Xashoratxo’rlar turkumiga 
Rossiyada yashovchi terilari tikan bilan qoplangan, xar- xil tipratikonlar yer tagida 
yashashga moslashgan barg va xas tagida yashovchi turli xil yer qazarlar (uzunligi 
4 sm ) suvda yashashga moslashgan va qimmatboha mo’yna beradigan vixuxol. 
Janubiy Osiyoda yashovchi tuqaylar kiradi. 
1. Qo’lqanotlilar turkumi – Chiroptera. Sut emizuvchilarning havoda uchib 
yurishga moslashgan birdan- bir gruppasidir. Ularning uchish organi qanotlari 
oldingi oyoqlari nixoyatda uzaygan ikki-beshinchi barmoqlari, yelka, yelka oldi, 
tananing yon tomonlarini keyingi oyog’i va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri 
pardadan tashkil topgan. Qushlardagi singari to’sh suyagining oldingi yuzasida 
ko’krak toji suyagi bo’lib, bunda qanotning xarakatga keltiruvchi muskullar 
joylashadi. 
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan bo’lib shom va tunda hayot 
kechiradi. Ko’zlari sust rivojlangan va orentatsiyada ahamiyati uncha katta emas. 
Eshitish organi quloq kuchli rivojlangan va asosan aks etgan ultra tovushlarga 
asoslangan. Qo’lqanotlilar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan 
tashqari ayrim impulslar ko’rinishida 30000 dan 70000 gertsgacha ultra tovushlar 
chiqaradi. 
Impulslar tezligi ko’rshapalakning biron buyumdan yoki o’ljasidan 
nechog’li narida turganiga qarab o’zgaradi. Bular yakka yoki qaloniya bo’lib hayot 
kechiradilar. Yil mavsumiga qarab o’rta mintaqada yashovchilari migratsiya qiladi. 
Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r ko’rshapalaklarni o’z ichiga oladi. 
Mevaxo’r ko’rshapalak va yoki katta qanotlilar ancha katta xayvonlar bo’lib 
qanotlarini yoyganda 170 smga yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik 


159 
o’rmonlarida tarqalgan. Tishlarining chaynash yuzalari yassilashgan va mevalar 
bilan ovqatlanishga moslashgan. 
Xashorotxo’r ko’rshapalaklar kichik bo’lib, tishlarining uchi va quloq 
supralari katta bo’ladi. Rossiyada bularning 40ta turi tarqalgan. 
Janubiy rayonlarda taqa burunlar, shalpangquloq ko’rshapalak, kengquloq, 
o’qquloq, shomshapalaklar va tun shapalaklar yashaydi. Bularning xammasi 
xasharotlar bilan ovqatlanadi. 
3. Kemiruvchilar turkumi – Rodentia. Xozirgi zamonda yashab turuvchi sut 
emizuvchilarning eng ko’p turlisi bo’lib, yer yuzining deyarli xamma qismida 
tarqalgan va turli sharoitlarda suvda, yerda, yer tagida va daraxtlarda yashaydi. 
Bularning asosiy morfologik belgilaridan biri tishlarining tuzilishidir. Pastki va 
ustki jag’larining xar qaysi tomonida kurak tishlari juda katta, ildizi yo’q 
xayvonning butun umri bo’yi o’sib turadi. Keskich tishlari yo’q. SHu sababli kurak 
va oziq tishlari orasida tishsiz bo’shliq-diastema bo’ladi. Kemiruvchilar asosan 
o’simlikning ildizi, po’sti, novdasi, bargi doni va maysasi bilan ovqatlanadi. 
Kemiruvchilar tez ko’payish xususiyatiga ega, ya’ni xar safar ko’p bola tug’ish, 
erta balog’atga yetish, yiliga bir necha marta bolalash bularning biologik 
xususiyatlaridir. Kemiruvchilar ko’p turli bo’lganligi tufayli ularning tabiatda va 
inson hayotida foydasi ham zarari ham kattadir. Kemiruvchilarning eng ko’p 
tarqalgan vakillari uy sichqoni, turkiston kalamushi, kulrang kalamush 
R.norvegicus plastinka tishli kalamush va boshqalar kiradi. Ya’ni ko’pgina 
kemiruvchilar qishloq xo’jaligi o’simliklariga zarar yetkazadi. Ba’zi kemiruvchilar 
yuqumli kasalliklarni, jumladan taun yoki (chuma) o’lat kasalligini tarqatadi. 
Boshqa turlari (tiyin, ondatra) ovlanadigan eng muhim mo’ynali hayvonlardan 
hisoblanadi. 
4. Quyonsimonlar turkumi – Lagomorpha. Bularning yuqori jag’ida katta 
kurak tishlarinng oraqasida bir juft kichkina qo’shimcha kurak tishlari bo’ladi. 
Tishlarining tuzilishiga ko’ra kemiruvchilarga o’xshab ketadi, ya’ni keskich 
tishlari yo’q diastema bor. Bu turkumga dumsiz sichqonlar va tovushqonlar kiradi. 
Dumsiz sichqonlar qishga hashak g’amlab qo’yish odati bilan mashxurdir. Bular 
Markaziy Osiyoning tog’li rayonlarida tarqalgan. Tovushqonlarga oq tovushqon, 
malla tovushqon, qum tovushqoni, Manjuriya tovushqoni va yovvoyi quyon kiradi 
va bular eng muxim ov darrandalari hisoblanadi. 
5. Yirtqichlar turkumi – Carnivora. Yirtqichlar asosan hayvon ob’ekti bilan 
ovqatlanishga layoqatlangan. Shu sababli bularning ayniqsa tishlari va o’tkir 
changal tirnoqlari ancha o’zgacha tuzilgan. Kurak tishlari mayda, keskich tishlari 
yaxshi rivojlangan, oziq tishlarining yuzasi doimiy bo’rtmali bo’ladi. Ustki 
jag’ining oxirgi yolg’on oziq tishi va pastki jag’ining birinchi xaqiqiy oziq tishi 
o’zining kattaligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi, ular yirtqich tishlari deb 
ataladi. Tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va ba’zan ichiga tortiladigan bo’ladi. Bu 
turkumga gavdasining shakli va o’lchami xar-xil bo’lgan yirtqichlar kiradi. Janubiy 
Osiyo va afrikada tarqalgan viveralar, mangustlar, sirtlonlar. Mushuklar oilasiga 
mansub yo’lbars. Afrika arsloni, bizda tarqalgan silovsin, mushuklar, suvsarlar 
oilasiga mansub susarlar, sassiqko’zanlar, norka, qunduz, itlar oilasiga mansub 


160 
tulki, chiyabo’ri, bo’ri, ayiqlar oilasiga kiruvchi qo’ng’ir ayiq, oq ayiq va boshqalar 
kiradi. Bulardan susarlarning ko’pchiligi oq tulkilar qimmatboha mo’yna beruvchi 
hayvonlar hisoblanadi. 
6. Kurak oyoqlilar turkumi – Pinnipeda. Kurak oyoqlilar o’zlarining tuzilishi 
va kelib chiqishiga ko’ra yirtqichlarga ancha yaqin turadi. Hayotini asosan suvda 
o’tkazadi, faqat dam olish, qo’shilish, bola tug’ish va tullash vaqtida suvdan 
qirg’oqqa yoki muzliklarga chiqadi. Jun qoplagichlari kalta va qattiq sochlardan 
iborat (bolalarida tivit bo’ladi). Teri ostida qalin yog’ qatlami bo’ladi. Gavdasi 
uzun o’qlovsimon bo’lishi, oyoqlari shaklan o’zgarib suzgich kurakka 
aylanganligi, tishlarining bir xilda qonussimon bo’lishi, quloq supralari yaxshi 
taraqqiy etmaganligi, dumining juda kichik bo’lishligi kurak oyoqlilarning suv 
muxitiga yashashga moslashgan xarakterli belgilari hisoblanadi. 
Kurak oyoqlilarga Shimoliy muz okeani, Janubiy Tinch va Atlantik 
okeanlarining qirg’og’ida tarqalgan dengiz mushuklari, uzunligi 3-4 metr, og’irligi 
1,5 tonnagacha boradigan morjlar, Grenlandiya va kaspiy tyuleni, kabi turlari vakil 
bo’lib kiradi. Janubiy yarim sharda esa bo’yi 6 m va og’irligi 3000 kg keladigan 
dengiz fillari tarqalgan. 
Kurak oyoqlilar go’sht, yog’, (dandon), (morj), terisi (dengiz mushugi) 
uchun ovlanadi. 
7. Kitsimonlar turkumi – Cetacea. Kitsimonlar sut emizuvchilarning o’ziga 
xos gruppasi bo’lib, butun umri suvda o’tadi. Quruqlikda umuman yasholmaydi. 
Gavdasi baliqsimon, bo’yni bilinmaydi, oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa 
oyog’i yo’qolib ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekkislikda o’rnashgan ikki 
pallali dumi bor. 
Ba’zi turlarida go’shtdor orqa suzgich qanoti ham bo’ladi. Terisida juni 
yo’q. Teri va yog’ bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg’ochilarida bir juft sut 
bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonida ikkita emchaklariga ochiladi. Terisining 
ostida qalin yog’ qatlami bor, bu yog’ qatlami gavdani isitish va solishtirma 
og’irligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Quloq supralari yo’q. O’pkasining 
xajmi nixoyatda katta bo’ladi. Masalan: Ko’k kit birdaniga 14000 l gacha xavoni 
to’ldirib olishi mumkin va suv tagida bir soatgacha tura oladi. 
Kitsimonlar turkumi ikkita kenja turkumga tishli va tishsiz kitlarga 
bo’linadi. Tishsiz kitlarning jag’larida tishlari bo’lmaydi lekin og’zida tanglaygina 
shox plastinkalar bo’lib, bu plastinkalar tanglyiga o’rnashadi va og’iz bo’shlig’iga 
osilib turadi. SHox plastinkalar kit mo’ylovi deyiladi va bu og’izga suv bilan 
tushgan ovqatni g’alvirday elab oladi. Tishsiz kitlarga bo’yi 33 m va og’irligi 150 
tonna keladigan ko’k kit bo’yi 15-20 m keladigan grenlandiya kiti tipik vakil 
bo’ladi. Ko’k kit xozirgi zamonda yashayotgan hayvonlar ichida eng kattasi 
hisoblanadi. Uning tug’ilgan bolasining uzunligi 6-9 m , og’rligi 2-3 tonna keladi. 
Kitlarning jag’larida juda ko’p va bir xil konussimon tishlari bo’ladi. 
Bularga katta o’lchamdagi kashalot (bo’yi 20m, boradi ) va delfinlar kiradi. Qora 
dengizda oddiy delfin yashaydi .Shimoliy muz okeani dengizlarida va Tinch 
okeanining Shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m, ga boradigan oq delfin 
beluxa tarqalgan. Kitlardan qimmatbaho texnika va meditsina yog’i, go’sht olinadi. 


161 
8. Xartumlilar turkumi – Proboscidea. Xartumlilar xozirgi zamonda 
quruqlikda yashovchi xayvonlar ichida eng kattasi bo’lib, xartumlarining bo’lishi 
bilan xarakterlanadi. Uzun va xarakatchan xartumi burun xamda ustki labning 
qo’shilishidan xosil bo’ladi, kurak tishlari o’zgarib dandon deb ataladigan fil 
tishiga aylanadi. Keskich tishlari yo’q. Ustunsimon oyoqlari besh barmoqli bo’lib, 
ustida kichikroq tuyoqchasi bor. Terisi qalin va deyarli junsiz bo’ladi. Bu turkumga 
Afrika fili bilan Hindiston fili kiradi. Afrika filini balandligi 3,5 m ga boradi, 
erkagi va urg’ochisida xam uzun dondon tishi bo’ladi, qulog’i juda katta. Hind 
filining faqat erkagida dondon tishi bo’ladi. Quloq suprasi uchburchak shaklida 
orqaga tashlangan. Gavdasining balandligi 3 m ga boradi. Hind fili Afrika filiga 
qaraganda qo’lga tez o’rganadi va qishloq xo’jaligi xamda transport soxasida 
ishlatiladi. 
9. Juft tuyoqlilar turkumi – Artiodactula. Bu turkumga asosan yirik 
o’simlikxo’r xayvonlar kiradi, ularning 3 va 4 barmoqlari juda xam kuchli taraqqiy 
etgan bo’lib, gavda o’qi shu ikki barmoq orasidan o’tadi, 1 barmog’i 
rivojlanmagan, 2 va 5 barmoqlari kichik-kichik yoki o’sib yetilmagan. O’mrov 
suyaklari yo’q. Jut tuyoqlilar turkumi 2 ta kenja turkumga bo’linadi. 
1) Kavsh qaytarmaydiganlar – Nonruminantia, Bularga cho’chqalar bilan 
begemotlar kiradi. Oziq tishlari bo’rtmali bo’lib, keskich tishlari doimo o’sib 
turadi. 2 va 5 barmoqlari boshqa juft tuyoqlilardagiga nisbatan ancha rivojlangan. 
Kavsh qaytarmaydiganlarning bizda yashaydigan birdan bir vakili to’ng’izlardir. 
Begemotning g’oyat katta (3000 kg) gavdasi beo’xshov, terisi yalang’och va 
asosan suvda yashaydi. Afrikada tarqalgan. 
2). Kavsh qaytaruvchilar kenja turkumi – Ruminantia. SHoxlarining bo’lishi 
oziq tishlari chaynash yuzasining yassi tortganligi, keskich tishlaringing juda 
kichik bo’lishi , oshqozonlarining juda murakkab bo’lib, 4 bo’limdan tuzilganligi,2 
va 5 barmoqlarining past taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Bularga zubr, 
bizon, qo’tos, yak, tog’ qo’ylari va echkilar kiradi. 
10. Qadoq tuyoqlilar turkumi – Tylopoda. Bu turkumga faqat xaqiqiy tuyalar 
bilan lamalar kiradi. Ular 2 va 5 barmoqlari yo’qligi, oziq tishlari chaynov 
yuzasining yassiligi oyog’ining kichikroq tirnoqsimon tuyog’i borligi bilan 
xarakterlanadi. Yovvoyi ikki o’rkachli tuya Gobi saxrosida yashaydi va 
xonakilashgan xolda Markaziy Osiyoda, Oltoy o’lkasida, Qozog’istonda va 
Qirg’izistonda yashaydi. 
Bir o’rkachli tuya faqat xonakilashtirilgan xolda ma’lum bo’lib, SHimoliy 
Afrika, Janubiy, G’arbiy Osiyoda, bizda va Kavkaz bilan Turkmanistonda 
yashaydi. Yovvoyi Amerika tuyasiga guanako vikun’ya xonakilashgan Amerika 
tuyasiga lama bilan al’paka kiradi. 
11. Tog’ tuyoqlilar turkumi – Rerissodactyla. Bular yirik o’simlikxo’r 
hayvonlardir. 3-barmoqlari taraqqiy etgan va oyoq o’qi shu barmoqdan o’tadi. 
O’mrov suyaklari yo’q, oshqozoni oddiy bir kamerali. 
Toq tuyoqlilarga Janubiy Amerika va Janubiy SHarqiy Osiyoda tarqalgan 
tapirlar, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan zebra va karkidonlar, Xitoy bilan 


162 
Mo’g’iliston chegarasida tarqalgan Pirjevalskiy oti. Tibetda tarqalgan yovvoyi 
eshak-kulonlar kiradi. 
12. Primatlar turkumi – Ptimates. Maymunlar uchun oldingi miya 
sharlarining kuchli taraqqiy etganligi, miya yarim sharlarining qopqog’ida burma 
va ariqchalar murakkab sistema xosil qilganligi xarakterlidar. Bu maymunlarning 
oliy nerv faoliyatining yuqori darajada ekanligiga bog’liqdir. Katta barmog’i 
boshqa barmog’lariga qarshi turadi va panjalari tutqich bo’ladi. Ko’kragida bir juft 
emchaklari bor. Maymunlar ikkita kenja sinfga bo’linadi. 
1). Chala maymunlar kenja turkumi – Prosimial. O’lchami kichik va o’rta 
kattalikda bo’lib, ko’pchiligining barmoqlari uchida tirnoqlari bor.Emchaklari 
ko’kragi va qovga joylashgan. Bular asosan Madagaskar orolida tarqalgan. Tipik 
vakillari, ingichka lori, yo’g’on lori, indri vari, ay aydir, Tupay va uzun oyoq 
degan turlari Janubiy Sharqiy Osiyoda yashaydi. 
2). Yuqori primatlar xaqiqiy maymunlar kenja turkumi – Simial. Hayvonot 
olamining eng yuqori taraqqiy etgan gruppasi hisoblanadi. Bularga faqat Janubiy 
Amerikada tarqalagn dumlari bo’lgan o’ynoqi va gajjak dumli baqiroq maymunlar 
kiradi. Bu kenja turkumga yana Afrika martishkalari, pavianlar, madrinlar, Janubiy 
Osiyo mamlakatlarida yashaydigan gibonlar hamda Afrikada tarqalgan shimpanze, 
gorilla va Janubiy Sharqiy Osiyoda tarqalgan orangutan kabi odamsimon 
maymunlar kiradi. 
Zoologiya sistemasi nuqtai nazaridan bu kenja turkumga odamlar oilasiga 
mansub bo’lgan aqlli odam turi kiritiladi. Bu turdan oldin bir qancha odam turlari 
yashab o’tgan: avstrolopiteklar, pitekantroplar va sinantroplar va neandertallar. 
Sut emizuvchilarning ajdodlari perm davrida yashagan darranda tishli 
sudralib yuruvchilar xisoblanadi. Bular bir tomondan primitiv belgilarga (amfitsel 
umurtqali, miya qutisi bo’shlig’ining juda kichikligi) ikkinchi tomondan sut 
emizuvchilarga xos belgilari: tishlari ayrim katakchalarga o’rnashgan va 
gruppalarga ajralgan, ensa bo’rtmalari ikkita bo’lgan. Trias davrida sut 
emizuvchilar darranda tishli sudralib yuruvchilardan ajralib chiqqan. Ustki trias 
davrida yashagan dastlabki sut emizuvchilar ikki gruppaga bo’lingan. Ko’p 
bo’rtmalilar degan gruppasining kurak tishlari yaxshi rivojlangan va keskich 
tishlari bo’lmagan. Bular kalamush va sug’urdek kaltalikda bo’lgan. Ko’p 
bo’rtmalilarning qadimgi vakillaridan bir yo’llilar kelib chiqqan deb faraz qiladilar. 
Mezozoy eerasining yura davrida darranda tishli sudralib yuruvchilardan ajralib 
chiqqan sut emizuvchilarning ikkinchi gruppasi uchbo’rtmalilar bo’lib, bular 
aksariyat mayda xayvonlar bo’lgan. Uch bo’rtmalilarning asosiy gruppasi bo’lib 
pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni bergan 
dastlabki shoxcha xisoblanadi. Qopchiqlilar bo’r davrida paydo bo’lgan. 
Yo’ldoshlilar ham bo’r davrining boshida paydo bo’lgan xar xil yo’nalishlarga 
qarab evolyutsiya qilgan. 
Mustaqil o’qish uchun savollar:
1. Sut emizuvchilarni asosiy progressiv belgilarini izoxlang? 
2. Sut emizuvchilarni teri qoplami qanday tuzilishga ega? 


163 
3. Tuxum qo’yuvchilar qanday belgilar bilan xarakterlanadi? 
4. Yo’ldoshlilar infra sinfi qanday xarakterli belgilarga ega? 
 
 


164 


165 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin