7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Xordalilar (chordata) tipining umumiy tavsifi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
7 - maruza (4)

Xordalilar (chordata) tipining umumiy tavsifi
Umumiy tavsifi. Xordalilar tipiga tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti va hayot tarzi har xil bo'lgan 
hayvonlar kiradi. Xordalilar, asosan barcha muhitlarda, ya’ni suvda, tuproq qatlamlarida, yer 
ustida va hatto havoda ham uchraydi. Geografik nuqtayi nazardan ular yer sharining deyarli 
hamma qit’alarida tarqalgan. Xordalilarning o'lchamlari ham xilma-xil, ya’ni ularning uzunligi 
0,5—3 
mm 
dan 
30—33 

gacha 
va 
og‘irligi 
150 

gacha 
boradi.
1
Xordalilar tipiga mansub bo‘lgan hayvonlar nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular 
uchun 
umumiy 
bo‘lgan 
quyidagi 
xususiyatlar 
mavjud:
1. Skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davrida xorda yoki orqa tori bajaradi. 
Xorda elastik egiluvchan o‘zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa 
tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha cho‘ziladi. Xorda, asosan ichak nayining 
ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda 
(assidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat 
embrional rivojlamsh davrida bo‘ladi va keyinchalik xorda va nerv nayini o‘rab turadigan 
biriktiruvchi 
to'qimalardan 
tog‘ay 
yoki 
suyak 
umurtqalar 
hosil 
bo‘ladi.
2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana bo‘ylab joylashgan 
bo‘lib, shaklan nayga o'xshaydi, uning ichki bo‘shlig‘i nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda 


145 
nerv nayining oldingi qismida murakkab o‘zgarishlar va yo‘g‘onlashuv tufayli bosh miya 
shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish 
davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo'ladi, 
ya’ni ektodermadan yuzaga keladi.
3. Halqum devorining ikki yonida qator o ‘rnashgan va halqum bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan 
tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga 
saqlanadi. Quruqlikda 6 yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o‘tgan umurtqali 
hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida bo'lib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning 
keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka 
rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan. Qon aylanish 
sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilar gavdasining qorin tomonida, xorda va 
hazm 
qilish 
nayining 
ostida 
joylashadi.
i
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham 
xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi bir umurtqasiz hayvonlar tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag'li chuvalchanglar ikkilamchi 
og‘izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi og‘izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi 
qo‘yiladi. Ikkilamchi og'iz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining 
yorilishidan hosil bo'ladi. Bitayotgan gastropor o'rnida esa anal teshigi hosil bo'ladi. Birlamchi 
og'izlilarda esa gastropor o‘rnida og‘iz teshigi hosil bo‘ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula 
devorining 
o‘pirilishi 
natijasida 
hosil 
bo'ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i — selom hosil bo'ladi, bu belgi 
xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag'lilar, yelkaoyoqlilar, bo‘g‘imoyoqlifar va halqali 
chuvalchanglar 
uchun 
ham 
xosdir.
3. Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, bo'g'imoyoqlilarda va ko‘pchilik 
chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, 
ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishdajoylashuvi xarakterlidif. Yuksak xordalilarda 
metameriya deyarli bilinmaydi. 
4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g'ovaktanlilar va bo‘shliqichlilardan 
tashqari) gavdasi ikki tomonlama — bilaterial simmetriyali tuzilgan, ya’ni gavdasini chap va 
o‘ng 
boiaklarga 
ajratadigan 
faqat 
bitta 
yuza 
o‘tkazish 
mumkin.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin