144
1-MAVZU:
Xordalilar
(
Chordata) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
Xordalilar tipi,
Chalaxordalilar (Hemichordata) kenjatipi, Ichak bilan nafas oluvchilar
(Enteropneusta) sinfi vakili -balanogloss (Balanoglossusgigas) tuzilishining asosiy tuzulish
belgilari
Darsning maqsadi:
Chalaxordalilar (Hemichordata) kenjatipi, Ichak bilan nafas
oluvchilar (Enteropneusta) sinfi vakili -balanogloss (Balanoglossusgigas) tuzilishining asosiy
tuzulish belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Kirish
Sistematik jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansada,
umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o'rganiladi. Xordalilar
tayanch o‘q skeleti — xordasi tanasining orqa tomoni bo‘ylab joylashgan hayvonlardir.
Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha karn bo‘lsa-da, gavdasining yirik
bo‘lishi, individlarning murakkab va xilmaxil tuzilganligi, fiziologik va ekologik
xususiyatlarining turli-tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi. Xordalilar inson hayoti va
faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yovvoyi umurtqali hayvonlar go‘shti, terisi, mo'ynasi,
yog‘i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari
zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi.
Shuning uchun noyob va yo‘qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish
orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uy
hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-
ovqat manbayi; ularning mo‘ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xomashyo
hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo'riqchi; ot, eshak, tuya, fil va
boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida
foydalanib kelishgan. Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog‘ligi uchun
nihoyatda muhim bo'lgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va
hayotini o'rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya,
biogeografiya, evolutsion ta’limot va boshqa fanlarning kо‘p lab muammolarini tushunib olishga
va yechimini topishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: