7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
7 - maruza (4)

 


144 
1-MAVZU:
Xordalilar
(
Chordata) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. 
Xordalilar tipi, 
Chalaxordalilar (Hemichordata) kenjatipi, Ichak bilan nafas oluvchilar 
(Enteropneusta) sinfi vakili -balanogloss (Balanoglossusgigas) tuzilishining asosiy tuzulish 
belgilari 
 
Darsning maqsadi:
Chalaxordalilar (Hemichordata) kenjatipi, Ichak bilan nafas 
oluvchilar (Enteropneusta) sinfi vakili -balanogloss (Balanoglossusgigas) tuzilishining asosiy 
tuzulish belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
 
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. 
Kirish
Sistematik jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansada, 
umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o'rganiladi. Xordalilar 
tayanch o‘q skeleti — xordasi tanasining orqa tomoni bo‘ylab joylashgan hayvonlardir. 
Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha karn bo‘lsa-da, gavdasining yirik 
bo‘lishi, individlarning murakkab va xilmaxil tuzilganligi, fiziologik va ekologik 
xususiyatlarining turli-tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi. Xordalilar inson hayoti va 
faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yovvoyi umurtqali hayvonlar go‘shti, terisi, mo'ynasi, 
yog‘i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari 
zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. 
Shuning uchun noyob va yo‘qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish 
orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uy 
hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-
ovqat manbayi; ularning mo‘ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xomashyo 
hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo'riqchi; ot, eshak, tuya, fil va 
boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida 
foydalanib kelishgan. Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog‘ligi uchun 
nihoyatda muhim bo'lgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va 
hayotini o'rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya
biogeografiya, evolutsion ta’limot va boshqa fanlarning kо‘p lab muammolarini tushunib olishga 
va yechimini topishga yordam beradi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin