Uyga vazifa:
139
Xordalilarning umumiy tuzilish belgilari
Kerakli jihozlar:
xordalilarni karmin bo’yog’ida bo’yalgan total preparati; qobiqlilarni ichak
atrofining ko’ndalang kesimidan tayyorlangan preparati; shtativli lupa; biologik mikroskop.
Qisqacha mazmuni:
Teri qoplami funksional jihatdan juda muhim organlar sistemasidir. Teri tashqi muhit bilan
bevosita bog’liq bo’lganligi tufayli uning ta’siriga bevosita duch kelinadi (shuning uchun ham
embrional rivojlanish davrida ko’pchilik sezgi organlari murtakning tashqi qoplagichidan hosil
bo’ladi). Teri qoplami tanani mexanik, kimyoviy va temperatura ta’siridan, unga mikroblar
kirishidan himoya qiladi. U gazlar almashinuvida va parchalanish mahsulotlarining tashqariga
chiqarilishida ishtirok etadi. Nihoyat, teri mahsulotlari harakat organlari (tuyoq) shakllanishida,
narsani ushlash (tirnoq), himoya va hujum organlari (shox va ninalar) hosil bo’lishida ishtirok
etadi. Umurtqalilar terisi ikki qavatli. Tashqi qavati – epidermis ektodermadan kelib chiqqan. U
har doim ko’p qavatli bo’ladi. Ostki qavati bir umr hayotchan bo’lib, yangi-yangi hujayralar
ajralib turadi. Epidermisning ustki qavati past (yassi) hujayralardan iborat bo’lib, quruqda
yashovchi
umurtqalilarda u shox qavatga aylanib, doimo qipiqlanib to’kilib tutadi. Epidermis shox,
tangacha, par, tirnoq, tuyoq, ichi kovak shox hosil qilib turadi. Unda har xil teri bezlari ham hosil
bo’ladi. Terining ichki tolali qavati - korium, ya’ni kutis yoki haqiqiy teri somitning teri
bargchasidan mezoderma qismidan hosil bo’ladi. Terining asosiy qismini tashkil qiluvchi korium
qatlami qalin, ancha pishiq bo’ladi. Terining bu qismidagi baliq tangachalari (o’q skeletidan farq
qiluvchi), qoplagich suyaklar shaklidagi har xil suyak elementlari teri skeletini hosil qiladi.
Bug’ularning suyak shoxi ham xuddi shunday haqiqiy teridan hosil bo’ladi. Muskulaturasi. Teri
ostida joylashgan muskul qatlami muskulaturasining asosiy massasini tashkil qilib, tana
muskulaturasi yoki somatik muskullar deb ataladi. Tuban umurtqalilarda, xuddi bosh
suyaksizlardagi kabi, muskulatura segmentlashgan bo’ladi. Yuqori umurtqalilarda esa tana
harakatining umumiy murakkablashuvi, harakat organlarining paydo bo’lishi bilan segmentatsiya
buziladi. Umurtqalilarda somatik muskulaturadan tashqari, jag’ apparati, ichak va boshqa ichki
organlar muskulaturasini ham qayd qilish lozim. Bu muskulatura segmentlashmagan bo’lib,
visseral muskulatura deb ataladi. Ichki skeleti. Umurtqalilarning skeleti topografik nuqtai
nazardan, o’q skelet, visseral skelet va nihoyat, harakat organlari va ularning kamarlari skeletiga
bo’linishi kerak. O’q skelet dastavval biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan xorda shaklida
bo’ladi. Biriktiruvchi to’qima faqat xordani emas, balki uning ustida joylashgan nerv nayini ham
o’rab turadi. Yuqorida aytilganidek, xorda birlamchi ichakning orqa qismi o’simtasidan hosil
bo’ladi, ya’ni u entodermadan kelib chiqqan. Xorda hech qachon segmentlashgan bo’lmaydi.
Tog’ay va suyak skelet (mezodermadan kelib chiqqan) biriktiruvchi to’qimali qobiq tufayli
rivojlanadi. Shunday qilib, bu qobiq skeletogen, ya’ni skelet hosil qiluvchi hisoblanadi. O’q
skeletda umurtqa pog’onasi va miya qutisini ko’rish mumkin. Umurtqalar rivojlanishida avval
xorda ustida metamer joylashgan bir juft tog’ay hosil bo’ladi. Bular umurtqaning bo’lajak ustki
va ostki yoylaridir. Ustki yoylarning o’sishi va uchlarining o’zaro tutashishi natijasida orqa miya
kanali hosil bo’ladi. Bu kanalda nerv nayi joylashgan. Ostki yoylarning uchlari faqat dum
qismida o’zaro tutashadi (baliqlarda). Gemal kanal ana shunday hosil bo’ladi. Bu kanal orqali
orqa aorta va dum venasi o’tadi. Ostki va ustki yoylarning ichki uchlari tutashishi natijasida
umurtqaning tanasi hosil bo’lib, uning ichida ma’lum darajada xorda saqlanishi mumkin. Miya
qutisi bosh miya boshlang’ichi ostida ikki juft tog’ay shaklida hosil bo’ladi. Ularning orqa jufti-
paraxordalilar xordaning oldingi qismi yon tomonida, oldingi jufti – trabekulalar ulardan oldinda
joylashgan. Paraxordalilar va trabekulalar o’sishi va o’zaro qo’shilishi natijasida bosh miyani
ostidan qoplovchi asosiy plastinka hosil bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda hosil bo’layotgan sezgi
(hidlash, eshitish) organlari atrofida tog’ay kapsula hosil bo’ladi. Ular miya qutisining asosiy
plastinkasidan balandroq joylashib, bosh miyani yon tomonidan berkitadi. Keyin sezish
kapsulalari rivojlanib o’zaro birlashadi (to’garak og’izlilarda) yoki miyaning asosiy plastinkasi
bilan qo’shilib o’sadi. Miya qutisining qopqog’i orasidagi teshiklar-fontanelalar biriktiruvchi
to’qimadan iborat parda bilan qoplanadi. Miya qutisining to’liq qopqog’i skeletning suyakka
140
aylanishi, qoplag’ich (teri), suyak (peshana, tepa) hosil bo’lishi hisobiga hosil bo’ladi. Visseral
skelet miya qutisiga bog’liq bo’lmagan holda filogenetik rivojlangan. Dastlab visseral skelet
nafas olish apparatini saqlab turish vazifasini bajaruvchi jabra yoriqlari orasida joylashgan bir xil
shakldagi juda ko’p yoylar sifatida paydo bo’lgan. Keyinchalik yoylarning soni kamayadi.
Tog’ayli baliqlarda oldingi bir juftining rudimenti lab tog’aylari sifatida saqlanib qolgan.
Uchinchi yoy jag’ apparatiga, to’rtinchi yoy til osti apparatiga aylangan. Baliqlarda keyingi (4-7)
yoylar jabra apparati skeletiga aylangan. Yerda yashovchi umurtqalilarda boshqacha o’zgargan.
Dostları ilə paylaş: |