12-MAVZU: sudralib yuruvchilar sinfi ( gekoning )Ildam kaltakesak tashqi va ichki tuzulishi Darsning maqsadi: Tez kaltakesakning morfo-anatomik tuzilishi va ko’payishini
o’rganish bilan sudralib yuruvchilar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqalilardir. Ayrim
vaqillari ikqilamchi suvda yashashga o’tgan. Sudralib yuruvchilarning gavdasi boshdan
oxirigacha muguz (shox) tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan (epidermisning hosilasi).
Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Teri bezlari deyarli yo’q. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat
ko’pchiligida yaxshi rivojlangan 5 barmoqli oyoqlari bo’ladi. Bundan tashqari suvda ham
quruqlikda yashovchilardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
Bosh miyasi ancha yaxshi taraqqiy etgan. Arterial qon bilan venoz qon yurakda ancha
ajralgan holda bo’ladi. Ko’krak qafasining kengayishi munosabati bilan nafas olish qovurg’alar
harakati yordamida yuzaga chiqadi. Maxsus siydik yo’llari bo’lgan va ancha mukamallashgan
chanoq (metanefretik) buyrak yuzaga keladi. Yirik tuxum qo’yishi va tuxumini ichkarida
urug’lantirish yo’li bilan quruqlikda ko’payadi. Skeleti to’la ravishda suyakga aylangan.
Hozirgi zamondagi sudralib yuruvchilar mezazoy erasida faqat quruqlikda emas balki yer
yuzidagi barcha dengizlarda ham tarqalgan juda ko’p va xilma xil sudralib yuruvchilarning
yakkam-dukkam qoldiqlaridir.
Mezazoy erasining oxirida ular ancha progressivroq bo’lmish qushlar va sut emizuvchilar
tomonidan siqib chiqarilgan va shu kunlargacha yashab qolgan to’rtta guruhini hisobga
olinmaganda barchasi qirilib ketgan.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak –
Lacerta agilis misolida ko’riladi.