133
Chiqish testlarini ishlang:
1. Qushlar skeletining o’ziga xos xususiyatlari keltirilgan javoblarni belgilang:
A-besh
panjali oyoq skeleti paydo bo’lgan, B-ko’krak qafasi paydo bo’lgan,
V-oldingi oyoq suyaklari
o’zgarib qanot skeletiga aylangan, G-ko’krak va bel umurtqalarida qovurg’alar mavjud, D-to’sh
suyagi o’zgarib ko’krak
tojga aylangan, Ye-bel, dumg’aza va dum umurtqalari qo’shilib
murakkab dumg’azani hosil qilgan, J-giomandibulyar suyagi o’rta quloq suyagiga aylangan, Z-
suyaklari
yupqa va pnevmatik, I-tovon va oyoq kaft suyaklar o’zgarib
tsevkaga aylangan, M-
qovurg’alarining orqa va qorin qismlari bo’lib
ilmoqchalarga ega, N-qov suyagi o’zaro
qo’shilmay
ochiq chanoqni hosil qilgan,
O-umurtqalari protsel tipda,
K-dum umurtqalari bir
necha o’nta, P-kichik boldir suyagi yaxshi rivojlangan.
2. Kaptar umurtqa qismlari va ular sonini juftlab yozing:
A-bo’yin, B-ko’krak, V-
murakkab dumg’aza, G-erkin dum umurtqalari; 1-1+6+2+5=14ta, 2-6ta, 3-14ta, 4-4ta.
3. Qaysi javoblarda qanot skeleti va yelka kamari suyaklari ko’rsatilgan?
A-kurak, B-
karakoid, V-tsevka, G-o’mrov, D-yonbosh, Ye-son, J-yelka, Z-kaft, I-qov, K-quymich, M-bilak,
N-katta boldir, O-kichik boldir, P-tirsak.
4. Qaysi javoblarda orqa oyoq skeleti va chanoq kamari suyaklarini ko’rsatilgan?
(2-
topshiriq).
5.
Qushlar muskullari va ularning funktsiyalarini juftlab yozing:
A-ko’krak, B-o’mrov
osti muskuli, V-teri osti, G-barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul, 1-pat va parlarni ko’taradi, 2-
qanotni ko’taradi, 3-barmoqlarni avtomatik bukadi, 4-qanotni tushiradi.
1
2 A- B- V- G-
3
4
5 A- B- V- G-
Uyga vazifa:
Qushlar sistematikasi
mavzusini o’qing.