B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Demografik prognozlar tasnifi



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
indikativ rejalashtirish

 
11.2. Demografik prognozlar tasnifi 
 
Prognoz gorizontining uzunligi va prognoz davrining uzoqligi 
demografik prognozlarni tasniflashning birinchi mezoni hisoblanadi. 


147 
Odatda qisqa muddatli (1-5 yil), o’rta muddatli (5-10 yil) va uzoq 
muddatli (25-30 yil) demografik prognozlar mavjud. Prognoz gorizonti 
qanchalik keng bo’lsa, prognozlar shunchalik aniq va ishonchli bo’ladi. 
Mamlakatimizda qisqa va o’rta muddatli demografik prognozlar 
muntazam ravishda ishlab chiqilib, sho’rolar davrida ular asosida besh 
yillik rejalar (qisqa muddatli prognozlar) va 15-20 yilga mo’ljallangan 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari belgilanardi. 
Ushbu prognozlar ko’p jihatdan kon’yunktura xususiyatiga ega edi 
va ko’pincha turli guruhlar manfaatlari o’rtasidagi o’ziga xos murosaning 
natijasi hisoblanardi. Masalan, sobiq Ittifoqning aksariyat respublikalari 
o’z aholisi prognoz sonining yuqori bo’lishidan manfaatdor edi, chunki 
ular markazdan oladigan ijtimoiy trnsfertlar hajmi ana shunga bog’liq edi. 
Bunda markaz demografik prognozlarni ishlab chiquvchi organ 
hisoblangan Davlat reja qo’mitasi timsolida ushbu sonni kamaytirishga 
intilardi, chunki aholining katta soni qator muhim makroiqtisodiy 
parametrlarning yomonlashuvini anglatardi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston 
Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar 
tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.
Demografik prognozlarning maqsadi ularni tasniflashning ikkinchi 
muhim mezoni hisoblanadi. Prognoz qilish maqsadlariga ko’ra barcha 
demografik prognozlar tahliliy prognozlar, ogohlantiruvchi prognozlar
normativ prognozlar va Funksional prognozlarga bo’linadi. 
Tahliliy prognozlarning maqsadi aholining kelgusi soni va tarkibiga, 
shuningdek umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ehtimoliy ta’sirini 
baholash yo’li bilan aholini ko’payishining zamonaviy tendenstiyalarini 
tadqiq etishdan iborat. Boshqacha aytganda, tahliliy prognoz shunchaki 
prognoz qilishni emas, balki saqlanib qolinishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
va boshqa jarayonlarning bo’lajak dinamikasiga ta’sir ko’rsatishi, mavjud 
muammolar va muammoli vaziyatlarni keskinlashtirish yoki yangilarining 
paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan real vaziyatdagi nuqtalar>, ni aniqlash uchun uni o’rganishni 
amalga oshiradi. 
Tahliliy prognoz odatda bo’lajak demografik vaziyat parametrlarini 
baholash ko’rinishida ifodalanadi, bu baholash aholi ko’payishi holatining 
o’zgarmasligi yoki uning qandaydir o’zgarishi haqidagi taxmin asosida 
amalga oshiriladi. Tahliliy prognoz, odatda, uzoq muddatli hisoblanadi. 
Bunda, uning o’zi haqiqatga kamroq yaqin va kam ehtimolli bo’lgani 
holda tahliliy prognoz aholi soni va tarkibidagi kelgusi o’zgarishlarni 


148 
go’yoki tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi 
ehtimolini aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan 
salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga 
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini 
belgilashga xizmat qiladi. 
Prognoz 
qilish-ogohlantirish 
tahliliy 
prognozning 
bir 
turi 
hisoblanadi. Prognoz qilish-ogohlantirishning maqsadi yuzaga kelgan 
demografik vaziyatning noqulay yoki xavfli oqibatlarini ko’rsatib 
berishdan iborat. T.R.Maltusning ayanchli nufus qonuni eng mashhur 
demografik prognoz qilish-ogohlantirishlardan biri hisoblanadi. O’zining 
aholi geometrik progressiyada (ya’ni, eksponenstial), hayot kechirish 
vositalari esa arifmetik progressiyada (ya’ni, chiziqli) o’sishi to’g’risidagi 
g’oyasini olg’a surgan holda, Maltus, uning fikriga ko’ra, aholining tez 
sur’atlar bilan o’sishi va shu sababli hosil bo’ladigan aholining ortiqcha 
ko’payib ketishi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ayanchli oqibatlar 
(qashshoqlik, epidemiya, tartibsizlik, urush va h.k.)ni tasvirladi. 
Maltusian an’analari ruhida ijro etilgan zamonaviy prognoz qilish-
ogohlantirishlardan Rim kulubining prognozlari mashhur bo’lib, ular o’z 
mualliflarining fikriga ko’ra, aholi sonining o’sishi, shuningdek mineral 
va energetika resurslarini iste’mol qilish hajmining o’sishi tufayli kelib 
chiqadigan har xil fojialarga boydir. 
Normativ prognozning asosiy maqsadi—demografik jarayonlarning 
ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan tavsiyalarni ishlab 
chiqishdan iborat. Normativ prognoz qilishda demografik vaziyat va 
demografik jarayonlarning ko’ngilli holatlari to’g’risida qator fiklar 
bildiriladi: aholining istalgan soni, tug’ilish, o’limning maqbul darajasi 
va h.k. Shundan keyin ushbu ko’ngilli yoki normativ, maqsadli 
parametrlarga erishish uchun ko’rilishi lozim bo’lgan choralar 
belgilanadi. 
Funksional prognoz qilish maqsadi aholi to’g’risida iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy va davlat hamda ijtimoiy boshqaruv faoliyatining boshqa 
sohalarida zarur bo’lgan prognoz axborotini olishdan iborat. Funksional 
prognoz qilish – bu u yoki bu tashkilotlar, firmalar, korporastiyalar, 
davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy maqsadlari va 
vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz. U, ijtimoiy tilda aytganda, ijtimoiy 
institutlar, tashkilotlar va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning faoliyat 
ko’rsatishini ta’minlovchi aholi guruhlari, oilalar va uy xo’jaliklarining 
bo’lajak soni va tarkibini o’zida namoyon etadi. 


149 
Funksional demografik prognoz qilish – bu ayrim o’ziga xos 
maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi 
teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish. 
Funksional nuqtai nazardan, yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy 
tuzilmalar faoliyati bilan qandaydir bog’liq bo’lgan insonlarni tovarlar, 
xizmatlar, boyliklar ishlab chiqaruvchi, ular uchun mazkur ijtimoiy 
tuzilma mavjud bo’lgan va ushbu tovarlar, xizmatlar, boyliklarni iste’mol 
qiluvchi guruhlarga bo’lish mumkin. O’z navbatida, Funksional 
prognozlarning ikkita toifasi ajratiladi:
yoki , va prognozlari>, 
Dastlabki holatda gap aholining soni va tarkibi hamda uning alohida 
yosh-jins guruhlarining prognozlari haqida borayapti va ular go’yoki 
demografik tizim faoliyat ko’rsatishining natijasi hisoblanadi: u chiqaradi> va o’z , shuningdek: bolalar, 
maktab yoshidagi bolalar, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar, keksalar 
va qariyalar, oilalar va uy xo’jaliklari va h.k.. 
Ikkinchi holatda, - gap u yoki bu ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, 
korporastiyalar faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan 
aholi, ijtimoiy faoliyat subyektlari, ijtimoiy rollar ijrochilarining soni va 
tarkibi haqida borayapti. Aynan aholi Funksional guruhlari soni va 
tarkibining bo’lajak, prognoz dinamikasi sanab o’tilgan ijtimoiy 
tuzilmalar faoliyatining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan
strategiyasi va taktikasi haqida qaror qabul qiluvchi shaxslar bevosita 
manfaatlarining predmeti hisoblanadi. 
Quyidagilar Funksional prognozlarga misollar bo’la oladi: 
- tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlariga bo’lgan talabni 
prognoz qilish. Masalan, tug’ilishning prognoz tendenstiyalarini hisobga 
oluvchi bolalar tovarlariga bo’lgan iste’mol talabining bo’lajak 
dinamikasini baholash. Yoki aholining keksayishini hisobga oluvchi 
keksalar va qariyalar uchun kundalik ishlatiladigan tovarlarni prognoz 
qilish; 
- elektoral prognoz. Kelajak uchun saylovchilar soni va tarkibini 
aniqlash, u yoki bu partiya saylovlarida g’olib chiqish istiqbollarini 
baholash va h.k.; 
- ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarning soni va 
tarkibini prognoz qilish. Shu asosda, o’qituvchilar talab etilayotgan soni 
va ta’lim jarayonining moddiy bazasi baholanadi. Aholining ta’lim 
darajasini prognoz qilish; 


150 
- bandlar sonini va tarkibini prognoz qilish. Ularning kasb-malaka 
va boshqa tarkibini baholash. Ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning 
ehtimoliy hajmini prognoz qilish; 
- aholining soni va jins-yosh tarkibi, kasallanish dinamikasi asosida 
sog’liqni saqlash ehtiyojlarini prognoz qilish. Tibbiyot xodimlarining 
(mutaxassisliklar va malaka darajasi bo’yicha) talab etiladigan sonini, 
shuningdek sog’liqni saqlashning zarur moddiy bazasini aniqlash; 
- pensionerlar va boshqa ijtimoiy xizmatlar mijozlari sonining 
dinamikasini prognoz qilish; 
- qurolli kuchlar safiga jalb etilishi mumkin bo’lgan shaxslarning 
soni va tarkibini aniqlash. 
 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin