11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ
rejalashtirish
11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari
Ijtimoiy siyosatning samaradorligini aholining turmush darajasi
ko’rsatkichi bilan baholash mumkin. Turmushning barcha tomonlari
154
dinamikasini nazorat qilish, uni o’tgan davrlar va boshqa mamlakatlar
bilan, shuningdek, yuzaga kelgan oqilona ilmiy normalar bilan solishtirish
imkonini beruvchi turmush darajasi indikatorlarining tizimi salomatlik
ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash, bandlik, ovqatlanish, uy-joy
sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or buyumlarining mavjudligini,
madaniyat darajasi, pullik xizmatlar ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
“BMTni rivojlantirish dasturi” mutaxassislari uchta kattalikdan o’rtacha
ko’rsatkich sifatida hisoblab chiqiladigan turmush darajasining
umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdi: aholi jon boshiga
hisoblanganda YaIM, hayot kechirish davomiyligi va aholining ma’lumot
darajasi (25 yosh va undan kattalar). Bu indikator “Inson rivoji
indikatori” deb nomlangan.
Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy
hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. G’arbiy Evropa
mamlakatlarida tadbirkorlar, kasaba uyushmalari va davlat vakillaridan
iborat uch tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy kengashlarning shakllanishi
ijtimoiy hamkorlikning rasmiy siyosatga aylanishi ko’rsatkichi bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Turli mamlakatlarda ular turlicha nomlanadi.
Italiyada 1947 yilda Iqtisodiyot va mehnat milliy kengashi, Belgiyada
1948 yilda shunga o’xshash organ tashkil etildi, Franstiyada iqtisodiy va
ijtimoiy qo’mita 1958 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bunday
kengashlar Gollandiya (1950 y.), Angliya (1962 y.), Irlandiya (1973 y.)
va Lyuksemburgda (1966 y.) ham tashkil etilgan.
Evropa Ittifoqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita faoliyat
ko’rsatib, u boshqa Funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda milliy
kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ham ko’maklashadi. Ijtimoiy
hamkorlik siyosati milliy doiralardan chetga chiqib, muvofiqlashtirilgan
xalqaro (mintaqaviy) siyosatga aylanib bormoqda.
Mamlakat ko’lamlarida konsensusni ta’minlash ijtimoiy hamkorlik
mexanizmining Funksiyalaridan biri hisoblanadi. Mazkur Funksiyani
bajarish uchun iqtisodiy va ijtimoiy kengashlar hukumat va parlamentga
ijtimoiy muammolarga taalluqli qonun hamda qarorlar loyihalari bo’yicha
muntazam maslahat berib turish barobarida, mehnat munosabatlari
subyektlarining manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy adolat o’rnatish
yuzasidan uyg’unlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi.
Davlat darajasida ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish milliy
daromadni qayta taqsimlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Yan Tinbergen
qator mamlakatlar uchun milliy daromadni aholining ijtimoiy ehtiyojlari
uchun qayta taqsimlash ulushiga baho berdi va uni shartli ravishda
155
ijtimoiylashtirish ko’rsatkichi deb atash mumkin. To’rtta mamlakat uchun
ushbu ko’rsatkich quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: Shvestiya - 0,299,
Niderlandiya - 0,28, AQSh - 0,125, Yaponiya - 0,1. G’arbiy Evropaning
boshqa mamlakatlar ko’rsatkichlari Shvestiya va Yaponiyaning ekstremal
ko’rsatkichlari orasida turadi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi bir necha
yo’nalishlarni ko’zda tutadi. Bunga quyidagilar kiradi: ijtimoiy sug’urta;
ish haqi sohasidagi siyosat; mehnat bozoridagi ijtimoiy chora-tadbirlar;
uy-joy siyosati.
Ijtimoiy sug’urta – aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy unsuri
hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta tizimining maqsadi kasal bo’lish holatida
va qariyalik davrida, baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish bo’yicha
kasallanishlar,
ishsizlik
munosabati
bilan
insonning
iqtisodiy
himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Davlat ijtimoiy sug’urta tizimi
birinchi bo’lib Germaniyada XIX asr oxirida baxtsiz hodisalar va kasallik
bo’yicha sug’urtalash to’g’risidagi (1883 - 1884 yy.), qariyalik va
nogironlik bo’yicha pensiyalarning joriy etilishi to’g’risidagi (1889 y.),
qonunlarning qabul qilinishi bilan tashkil etildi, so’ngra Avstriya, Daniya,
Franstiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ham ana shunday
tizim yo’lga qo’yildi.
Sug’urtalashning ikkita xili mavjud – majburiy va ixtiyoriy.
Ixtiyoriy sug’urta ham huddi majburiy sug’urta singari sug’urta
to’g’risidagi qonun hujjatlari asosida amal qiladi, lekin ixtiyoriy
xususiyatga ega va sug’urta shartnomasi bilan tartibga solinadi (sug’urta
ta’minoti) va boshqa shartlar tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi.
Daniyadan tashqari, Evropaning qolgan mamlakatlarida ishsizlik bo’yicha
sug’urtalash majburiy xususiyatiga ega.
Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda o’z ko’lamlari va
rivojlanish darajasiga ko’ra pensiya ta’minoti ijtimoiy sug’urtaning asosiy
turi hisoblanadi. Davlat ijtimoiy fondlarni tashkil etish tartibini,
pensiyalar belgilash shartlarini (yosh, sug’urta yoki mehnat staji,
fuqarolikning davomiyligi), pensiyalar miqdorini aniqlash tamoyilini
(qat’iy belgilangan, eng kam ish haqiga bog’liq) tartibga soladi. Ijtimoiy
fondlar davlat dotastiyalari, ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqlar va
sug’urtalanuvchilarning badallari hisobidan shakllanadi.
Ishsizlik bo’yicha davlat ijtimoiy sug’urtasi ijtimoiy himoyalashni
ta’minlovchi ijtimoiy sug’urtaning yana bir turi hisoblanib, u bozor
iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda XX asrning 20-30-yillarida joriy
etilgan. Ishsizlik bo’yicha nafaqaning tayinlanishi u to’lanadigan shaxslar
156
doirasini cheklovchi qator talablarning bajarilishi bilan bog’liq. Nafaqa
so’rab murojaat etgan xodim muayyan stajga ega bo’lishi, muayyan
muddat (yilning choragi, bir yil) mobaynida zarur eng kam ish haqini
olishi kerak. Malaka stajining davomiyligi, shuningdek nafaqa to’lash
muddati ham turli mamlakatlarda turlicha (Germaniyada 13 haftadan 52
haftagacha, AQShning aksariyat shtatlarida, Italiya va Yaponiyada
o’rtacha 26 haftagacha). Ishsizlik bo’yicha nafaqalar to’lashning katta
ulushi davlatning chekiga tushadi. Xususan, Shvestiyada ishsizlik
bo’yicha nafaqaning faqat 15 foizi sug’urta badallari hisobidan, 85 foizi
esa tadbirkorlarning majburiy badallari va soliqlardan yuzaga keladigan
davlat mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Davlatning ish haqi sohasidagi tartibga soluvchi aralashuvi eng kam
ish haqining qonun bilan belgilanishini nazarda tutadi. Bu asosan mehnat
jarayonlarining malakasiz mehnatni talab qiladigan turlariga taalluqli.
Qonunlar yordamida davlat ish haqini to’lash rejimini belgilaydi
(masalan, ikki haftada yoki har oyda).
Ayrim holatlarda ish haqi siyosati uning eng yuqori darajasi joriy
etilishini va muayyan muddat mobaynida ushbu darajaning saqlanib
turilishini nazarda tutadi. Shuningdek, mehnatga haq tulashning o’sish
sur’atlariga nisbatan ham cheklovlardan foydalaniladi. Ushbu tadbirlar
inflyastiyaning oldini olish maqsadida qo’llaniladi. Ikkinchi tomondan,
rivojlangan mamlakatlarda inflyastiyaning, birinchi galda narxlar
o’sishining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun ish haqini
indeksastiyalash mexanizmi qo’llaniladi. Indeksastiyalash tartibi turlicha.
U umummilliy xususiyatlarga ega bo’lishi, shuningdek tadbirkorlar,
kasaba uyushmalari va davlat o’rtasida ijtimoiy hamkorlik doirasida
tuziladigan kelishuvlarda qayd etilishi mumkin. Indeksastiya firmalar
yoki alohida tarmoqlar darajasida amalga oshirilishi va tadbirkorlar bilan
kasaba uyushmalarining jamoaviy shartnomalarida qayd etilishi mumkin.
Indeksastiya qilinadigan ish haqining miqdori turlicha. To’liq
indeksastiya eng kam ish haqiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin,
so’ngra indeksastiya qisman xususiyatga ega bo’la boshlaydi, bu hol
inflyastiyaga to’sqinlik qilishga yordam beradi.
Bandlik muammosi eng keskin ijtimoiy muammolardan biri
hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozoriga nisbatan ijtimoiy siyosat
davlat yo’li bilan tartibga solishda alohida o’rin tutadi. Davlat yollash
shartlarini va mehnat shartnomalarini tuzishning umumiy shartlarini
qonun bilan belgilaydi. Davlat ta’lim, xodimlarni kasb-hunar va texnik
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishni o’z zimmasiga
157
oladi. Davlat subsidiyalari hisobidan xodimlarning omilkorligi, kichik
biznesning rivojlanishi rag’batlantiriladi, yangi ish o’rinlari tashkil
etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar ko’rsatiladi.
Tanglik davrlarida davlat jamoat ishlaridan foydalanadi. Ishsizlar
uchun jamoat ishlari – 1929-1933 yillardagi Buyuk qatag’on yillarida
yuzaga kelgan davlat bandlik siyosatining birinchi yo’nalishi. Mehnat
bozorlarida davlatning ta’siri xorijiy ishchi kuchi oqimini tartibga
soluvchi migrastiya siyosati bilan ham amalga oshiriladi.
Zarur uy-joy sharoitlarini ta’minlash siyosati G’arb mamlakatlarida
tarkibiy siljishlarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi
ijtimoiy siyosat vositasi sifatida ko’rib chiqiladi, chunki oson va tez hal
etiladigan uy-joy muammolari ishchi kuchining harakatchanligini
ta’minlashga ko’maklashadi.
Ijtimoiy siyosatning ushbu yo’nalishi uy-joyni ijaraga oluvchi
xodimlarga yordam ko’rsatish maqsadida byudjetdan mablag’lar ajratish
yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat ko’pincha mustaqil uy-joy qurilishini
rag’batlantiradi. Bunda turli imkoniyatlardan foydalaniladi. Masalan,
hududiy hokimiyat organlari nisbatan arzon uy-joy majmualarini barpo
etib, ularni past daromadli oilalarga ijaraga beradi. Ushbu sohadagi
ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning yana bir yo’li xususiy qurilish
kooperativlari tomonidan qurilgan uy-joydan foydalanishni nazarda
tutadi. Bu erda davlatning roli qurilish tashkilotlariga erning bepul
berilishi, ularni imtiyozli kreditlashning amalga oshirilishi yoki yumshoq
soliq solinishida namoyon bo’ladi. Mazkur variant doirasida davlat
odatda uy egalarining ijaraga beriladigan
uy-joydan oladigan
daromadining eng yuqori chegarasini belgilagan holda uy-joy uchun
to’lovlar miqdorini nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |