Xulosalar Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan bog’liq.
Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni va tarkibi, alohida
demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish faoliyati xalqaro,
davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy muassasalar
umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi.
Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari
o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar,
prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi
ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar
yordamida olish mumkin. Demografik prognozning ishonchliligi
boshlang’ich demografik axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan
farazlarning asosliligi va prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston
Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar
tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.
Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi ehtimolini
aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan salbiy oqibatlar
va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy
va
xususan,
demografik
siyosat
maqsadlarini
belgilashga xizmat qiladi.
Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy
hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. Turmush darajasi
indikatorlarining tizimi salomatlik ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash,
bandlik, ovqatlanish, uy-joy sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or
buyumlarining mavjudligini, madaniyat darajasi, puli xizmatlar
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasining bandlik to’g’risidagi qonun
hujjatlaria shu narsa nazarda tutilganki, mamlakatning har bir fuqarosi
ijtimoiy foydali faoliyatning qonun hujjatlariga zid bo’lmagan istalgan
turini ixtiyoriy ravishda tanlashga, ish o’rni va turini erkin tanlashga
haqli, ya’ni mehnat qilishning ixtiyoriyligi demokratik tamoyili amal
qilmoqda. Insonlarni mehnat qilishga ma’muriy majburlash taqiqlanadi.
Hozirgi vaqtda kasanachilik, uy xo’jaligi, bolalarni tarbiyalash, qariyalar
va nogironlarni parvarish qilish va hokazolar mehnat faoliyatining
qonunan ijtimoiy tan olingan shakllari sifatida namoyon etilgan.