49
Tadqiqotchi uchun bunda asosiy yo`l - axborotni o`qish orqali o`zlashtirishdir,
bu jarayon juda chuqur individuallashgan bo`lib,
psixologik jihatdan keng
o`rganilmagan.
Tajribali tadqiqotchilar bunda quyidagilarni tavsiya etadilar:
1. Materialni o`rganishdan oldin, uning darajasini tushunib olish va shunga mos
ravishda ko`proq yoki ozroq vaqt ajratish kerak.
2. Birinchi o`qishdagi tushunarsiz joylarga katta e`tibor bermaslik, ya`ni
ularning ilmiy mazmunini tezda fikrlashga harakat qilmaslik lozim. Tushuntirishlar
keyingi qatorlarda bo`lishi mumkin. Shuning uchun materialni o`zlashtirishdan
oldin, butun tekst bilan umumiy holda tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo`lib,
tushunilmagan joylarga maxsus belgilar qo`yib boriladi.
3. Materialni haqiqiy o`zlashtirish, o`rganilayotgan tekstni qayta, ba`zida esa
bir necha marta qaytalab o`qish bilan boshlanadi.
Materialni tushunishning
formallashgan ko`rsatkichlari yo`q. Tushinish - oldin olingan bilimlar, solishtirishni
bilish, gipoteza va taxminlarni ilgari surish,
umuman mantiqiy fikrlashga
asoslangan.
4. Yangi, qiyin ifodalangan natijalarni o`rganishda rahbarga yoki tajribali
tadqiqotchiga murojat qilishi mumkin. Ammo bu holatdan me`yorida
foydalanish
zarurdir, chunki bunda ishning ushbu bosqichda vaqt tejalsa ham, mustaqil fikrlashni
rivojlanishiga yo`l qo`yilmaydi.
5. Materialni o`rganishni faqat qo`lda qalam va toza varaq bilan amalga
oshirish kerak. Qog’ozda yozib
qoldirish nafaqat tushunishga, balki esda saqlab
qolishga ham foydali bo`ladi.
6. Ko`p o`zgaruvchilarga ega murakkab tenglamalarni va ularning xossalarini
tushunish va esda saqlab qolish, odatda 1-2 o`zgaruvchilar orqali amalga oshirilib,
qolganlarini vaqtincha o`zgarmas deb qabul qilinadi.
7. Yangi olingan axborotni oldin ma`lum bo`lganiga keltirishga intilish kerak.
Chunki yangi axborot oldin ma`lum bo`lganining umumlashtirilgan
yoki xususiy
holdagisi bo`lishi mumkin.
8. O`zlashtirishda nafaqat mantiqiy ketma-ketlikga va isbotlarga ahamiyat
beribgina qolmasdan, balki axborotni oddiy misollar orqali ham ko`rib chiqish kerak
bo`ladi.
9. Yangi material o`rganilayotganda, quyidagi shior ostida ishlash zarur:
«G’oyalar (ideyalar) har qachon oddiydir, faqat ularning ifodalanishi murakkab
bo`lishi mumkin»
.
Dostları ilə paylaş: