Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
125
1.Loyihalashning boshlang’ich davri uchun nima deb atalgan?
2. Qo`lda namunaviy loyihalash nima?
3. Guruhli loyihalash, agregatlash va unifikatsiyalash usullarini tushuntiring.
4. ”Computer aided dezing-CAD”, “Computer aided manufacturing-CAM” va
“Computer aided engenering-CAE” texnologiyalarni tushuntiring.
5. Mahsulotning hayot sikli nima?
MA’RUZA 10.
ILMIY TADQIQOT ISHLARINI RASMIYLASHTIRISH
ILMIY ETIKA TAMOYILLARI
Reja
1.
Ilmiy ishlari natijalarini ilmiy hisobot, maqola, ma’ruza va boshqalar
tariqasida rasmiylashtirish.
2.
Ilmiy etika tamoyillari.
Asosiy tayanch so’z va iboralar:
Ilmiy maqola; monografiya; ilmiy ma`ruza; dissertatsiya ishi; ilmiy tadqiqot ishi
to`g’risidagi hisobot
;
ma’ruza tezisi
; ilmiy etika
Ma’ruzadan maqsad
: Ilmiy ishlari natijalarini ilmiy hisobot, maqola,
ilmiy ma’ruza va boshqalar tariqasida rasmiylashtirishni o’rganish va ilmiy til va
ilmiy etika tushunchasiga ega bo’lish.
1.
Ilmiy ishlari natijalarini ilmiy hisobot, maqola, referat, doklad va
boshqalar tariqasida rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
•
Ilmiy maqola tarzida;
•
Monografiya tarzida;
•
Ilmiy ma`ruza tarzida;
•
Dissertatsiya ishi tarzida;
•
Ilmiy tadqiqot ishi (ITI) to`g’risidagi hisobot tarzida va h.k.
Ilmiy maqola va uning tuzilmasi.
Ilmiy maqola – tanlab olingan ilmiy
masalani echishga bag’ishlangan ilmiy asar. U quyidagi qismlardan iborat:
a) ma`lum bir ilmiy yo`nalishdagi muammodan masala echimini maqsad
qilib olish;
b) masalani yechish uslubini tanlash;
v) olingan ob`ektiv natijalarni ilmiy asosda tahlil qilish;
g) xulosa.
|