Instituti


Asosiy tayanch so’z va iboralar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Asosiy tayanch so’z va iboralar: 
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari;ilmiy mahsulot;
joriy etish; yangilik 
mezoni; ilmiy xodimning ish samaradorligi; ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiy 
samaradorligi, texnopark, ilmiy til 
 
Ma’ruzadan maqsad
: Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga 
joriy etish va ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiy samaradorligini hisoblashni o’rganish 
1.
 
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish 
Joriy etish - texnik-iqtisodiy samarani bevosita yoki bilvosita ta`minlovchi 
ilmiy mahsulotni ishlab chiqarish yoki iste`mol sohasida qollash jarayonidir. 
Ilmiy mahsulot buyurtmachi yoki iste`molchiga hisobotlar, yo`riqnomalar, 
uslubiyot, muvaqqat ko`rsatmalar, texnikaviy shartlar, texnik loyiha, texnologik 
reglament va h.k.lar tarzida beriladi. Iqtisodiyotning ko`pgina sohalarida undan 
mavjud mahsulotni raqobatbardoshligini ta`minlash uchun takomillashtirish yoki 
yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda 
bajariladi: birinchi bosqich -tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi - 
seriyali. 
Birinchi bosqichda konstruktsiyalar, mashinalar, materiallar va h.k. larning 
tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish 
sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy tabiiy omillar ta`sirida qunt bilan o`rganiladi. 


135 
ekspluatatsiya ko`rsatkichlari va xarajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlilik, 
tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning texnologiyaviyligi, ekologik va 
antropotexnik ko`rsatkichlar va h.k. larga alohida e`tibor qaratiladi. 
Tajriba-ishlab chiqarish natijalari bo`yicha turli hujjatlar bilan tushuntirish 
xati tayyorlanadi, Bularda tajriba-namunalarga konstruktsiyaviy, texnologik, 
ekspluatatsiyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy-gigienik, yonishga qarshi 
va boshqa xususiyatlari bo`yicha baho beriladi. Hujjatlar buyurtmachining va ITIni 
bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi. 
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi. 
Chunki tajriba namunasini tayyorlash ko`p mehnat talab qiladi va ko`pincha 
to`g’rilash qayta o`zgartirishlar qilishga majbur bo`linadi. 
Yangi mahsulot namunasi tajriba-ishlab chiqarish sinovidan so`ng ikkinchi 
bosqichda seriyali ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish hajmi 
buyurtmachi tomonidan xaridor bozori talabidan kelib chiqilgan holda belgilanadi. 
Ilmiy mahsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkiloti 
loyihalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz 
rahbarltsk qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, mahsulot sifati va 
raqobatbardoshligi oshadi. Rivojlangan mamlakalarda mazkur muammo 
texnoparklar
yordamida hal etiladi.
Texnopark
55
bir yoki bir necha ITI, sanoat korxonalari, ko’rgazma 
tashkilotlari, biznes-markazlar, o’quv muassasalari bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy 
va axborot muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, yangi ilmiy mahsulotni 
texnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun baza yaratuvchi tashkilot (yuridik 
shaxs)dir.
Birinchi ilmiy park asoschisi deb Stenford Universitetini (AQSh) aytishadi. 
XX asrning 40-yillari oxiri -50-yillar boshida Stenford parki tijorat faoliyati 
yurgizish joyiga aylandi, bu faoliyatning asosini universitetning laboratoriyalardagi 
qobiliyatli olimlarning ilmiy faoliyat natijalari tashkil qildi. Bu parkda ko`plab 
tashkil qilingan firmalar kechroq katta xalqaro kompaniyalarga aylanishdi. Masalan, 
"Xyulett-Pakkard" firmasi. Bu firma misolida texnoparklar faoliyati natijasida 
qanaqa natijalarga erishish mumkinligini ko`rish mumkin. Shunga qaramay, 
Stenford parkini to`la qurib olish va infrastrukturani shakllantirish hamda bo`sh 
yerlarni arendaga berish uchun 30 yil kerak bo`ldi. Bu dalil texnopark loyihalarini 
fundamental xarakterini ko`rsatadi - bu loyihalar uzoq muddatli bo`ladi va bu sabr 
va matonat talab qiladi. 
Terman g’oyasi va uni Stenford universiteti hududida joriy qilish Kremniy 
(Silikon) vodiysi (Кремневая (Силиконовая) долина (англ. The Father of Silicon 
Valley) ning yaratilishiga asos bo’ldi. 
55
 
https://ru.wikipedia.org/wiki/Технопарк


136 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin