130
- bajaruvchilar ro`yxati;
- referat;
- mundarija (sarlavha);
- qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro`yxati, zarur holda ularga
tushuntirish beriladi;
- asosiy qism;
- adabiyyotlar ro`yxati;
- ilova.
Referat o`tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak,
unda hisobotning
hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so`zlar
ro`xati va referat matni haqidagi ma`lumot bo`lishi lozim.
Referat matni quyidagilarni o`z ichiga oladi:
▪
bajarilgan ish mohiyatini va tadqiqot usulini ifodalovchi asosiy qism;
▪
referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma`lumotlar;
▪
olingan natijalarning o`ziga xosligi, samaradorligi, qo`llanilishi mumkin
bo`lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar.
Referatning eng maqbul hajmi
1100-1200
bosma belgi. Hisobotning asosiy
qismi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
▪
kirish;
▪
analitik sharx (masalaning qo`yilishi);
▪
ishning tanlangan yo`nalishini asoslash;
▪
bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot
bo`limlari;
▪
xulosa (xulosa va takliflar).
Kirish ish bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning
zamonaviy
ahvolini, shuningdek ishni maqsadini gsqacha tavsiflash kerak. Kirish
qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligani bayon
etish va uni o`tkazish zarurligini asoslash zarur.
Analitik sharxda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo`yicha
adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlar, ITIda ko’rilgan masalani yangicha hal
etish yo`llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo`lini asoslash, boshqa
mumkin bo`lgan yo`nalishlar bilan taqqoslash bo`yicha afzalliklari asoslanadi, ITI
tanlangan yo`nalishi va ishchi gipoteza ITI o`tkazish aniq shartlarini hisobga olgan
holda analitik sharxda mavjud bo`lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak.
ITI ning
tanlangan yo`lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni
asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo`nalishi tegishli topshiriqlar
bilan asoslanmasligi lozim.
Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni
ifodalovchi hisobotning
qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birgalnkda
to`la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak.
Tadqiqot metodikasi tadqiqot o`tkazish metodologiyasini tanlashni
asoslanishini, bunda foydalanilayotgan yohud ishlab chiqilayotgan texnik vositalar,
matematik yoki tadqiqot natijalarini ishlab chiqishning boshqa
metodini asoslangan
axborotning tegishli manbaiga havola qilingan holda o`z
ichiga olishi kerak.
131
Mazmun va bajarilgan ish natijalari qismida quyidagilar ko`rsatilishi lozim:
Dostları ilə paylaş: