132
raqami joylashtiriladi. Jadval tartib raqami xuddi rasmdagi kabi bo`ladi. Sarlavha
«jadval» so`zidan yuqorida joylashadi. «Jadval» so`zi va sarlavha yozma harflarda
yoziladi. Jadval grafalari sarlavhasi katta harflarda yoziladi,
sarlavhachalar esa
kichik harflarda.
Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiriladi. Formulalardan
so`ng simvollar (belgilar), koeffitsiyentlar va boshqa eksplikatsiyalarga
tushuntirish beriladi. Eksplikatsiyalarda simvollar va raqamli koeffitsiyentlar
qiymati formulalar tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo`lsa shunday
tartibda keltiriladi. Har bir simvol va koeffitsientni qiymati yangi qatordan
berilgani ma`qul. Eksplikatsiyaning birinchi satri «bu yerda» so`zi bilan boshlanadi.
Bu so`zdan keyin ikki nuqta qo`yilmaydi.
Formula
oxirida yoki nuqta, yoki vergul qo`yiladi. Eksplikatsiya
keltirilayotgan holdagina vergul qo`yiladi. Formulalar bob ichida arab raqamlari
bilan tartiblanadi. Formulaning tartib raqami bob tartib raqami va formula tartib
raqamidan iborat bo`lishi keraq. Har ikkala tartib raqami nuqta bilan ajratiladi va
qavs ichida beriladi. Masalan,
«(1.02)»
(birinchi bob ikkinchi formula).
Formula
targib raqami sahifaning o`ng tomonida formulaning quyidagi qatori bilan bir
xil satrda beriladi. Matnda formulaga havola qilinganda uning aniq tartib raqami
qavs ichida berilishi zarur, masalan:
«(1.02) formulada»
.
Hisobotga adabiyotlar ro`yxati ilova qilinadi. Ro`yxatga barcha
foydalaniladigan manbalar kiritiladi. Monografiyalar,
maqolalar, standartlar,
kashfiyotlar, ma`ruza tezislari, gazetadagi maqolalar, internet saytlari va h.k
ITI to`g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish qabul qilingan mezonlarga
muvofiq amalga oshiriladi. Hisobotlar o`z ichiga quyidagilarni olishi kerak: bosh
varaq, bajaruvchilarning ular bajargan ishlar qisqacha mazmuni berilgan ro`yxat,
referat, sarlavha, qisqartmalar ro`yxati, simvollar va maxsus terminlar, asosiy qism,
adabiyotlar ro`yxati va ilova. Metodikani ifodalovchi, bajarilgan ishning mazmuni
va natijalari haqidagi hisobotning qismlari to`liq va tadrijiy tarzda barcha oraliq
va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birga bayon etilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: