Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

2. Ilmiy etika tamoyillari 
a) ishga vijdonan va sadoqat yondashish, mualliflar mehnatiga hurmat bilan 
qarash, tanqidga mantiqiy yondashish, ko`chirmachilikka yo`l qo`ymaslik;
b) ilmiy ishda sitatalar (matn parchasi) bo`lsa albatta ilmiy manbaga 
murojaat qilinishi shart (asar muallifi, nomi, nashri, yili, beti); 
d) matn parchasiga muallif tomonidan qayta ishlov berilgan bo`lsa, lekin 
asosiy g’oya o`zgarmay qolsa ham ilmiy manbaga murojaat qilinishi zarur (asar 
muallifi, nomi, nashri, yili); 
e) agar sitata yoki stilistik qayta ishlov berish bilan cheklangan matn 
parchasiga (asosiy g’oya o`zgarmagan holda) birlamchi manbalardan dalil 
keltirilmasa bu muallif – 
plagiator – adabiiy o`g’ri yoki ko`chirmachi
deyiladi.
 
 


133 
 
“Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risidagi nizom” da ilmiy etika to’g’risida 
quyidalar keltirilgan:
 
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr 
qilinganligiga oid ma`lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to’liq 
yozilishi va maqolalar e`lon qilingan jurnal yoki to’plamlarning saifalari aniq 
ko’rsatilishi lozim. 
Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo’lsa, u har bir 
hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o’z 
dissertatsiyasida qisman yoki to’la foydalanish uchun hammualliflarning yozma 
ravishda bildirgan roziligini olishi zarur. 
Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va 
nomi to’liq ko’rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g’oya yoki ishlanmalaridan 
foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya vа dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd 
etilishi shart. 
Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o’zining 
hissasini dissertatsiyasigа kiritishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin