Soyasevar (stsiofitlar) o‘simliklar.
Ular kuchsiz yorug‘lik tushayotgan
joylarda o‘suvchi o‘simliklardir. Bularga o‘simliklar qoplamining pastki
qatlamlarida o‘suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong‘oqzorlar ostida
o‘suvchi yovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilarni ko‘rsatish mumkin. Yorug‘sevar va
soyasevar o‘simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-
birlaridan farqlanadi.
3.
Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o‘simliklar. Ularning ko‘pchiligi
yorug‘sevar hisoblansada, yorug‘lik uncha yetarli bo‘lmaganda ham, ortiqcha
yorug‘likda ham normal o‘sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo‘ng‘irbosh,
qulupnay, arg‘uvon va boshqalarni kiritish mumkin.
O‘simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi Barcha o‘simliklarni haroratga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikkita ekologik
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o‘sib rivojlanadigan
termofil o‘simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi
psixrofil o‘simliklar. Har ikki
guruhga mansub o‘simlik turlari o‘ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil
o‘simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi,
tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo‘lishi, o‘zidan ortiqcha
tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o‘tkazishi va boshqa
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o‘simliklar sovuq sharoitni har xil
holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish
orqali o‘tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining yer bag‘irlab o‘sishi, novdaning
yotiq yo‘nalishi, to‘planish bo‘g‘ini va ildiz bo‘ynining yer ostida joylanishi,
hazonrezgilik, po‘kak qavatining yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo‘lish kabilarni
ko‘rsatish mumkin.