Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Umumiy jarrohlik asboblari, tasnifi, sifatini tekshirish usullari



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Umumiy jarrohlik asboblari, tasnifi, sifatini tekshirish usullari 
Jarrohlik asboblari 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi: umumiy jarrohlik va maxsus 
jarrohlik asboblari. Umumiy jarrohlik asboblari guruhiga jarrohlar tomonidan( ular 
tor ixtisosli bo‘lishlaridan qatiy nazar,) ko‘proq ishlatiladigan asboblar, shuningdek 
ko‘pincha umumiy jarrohlik operatsiyalarida foydalaniladigan asboblar kiradi.
Kataloglarda tibbiyot asbob-uskunalari ixtisoslarga qarab joylashtirilgan: umumiy 
jarrohlik, neyrojarrohlik, oftalmologiya, otolaringologiya va h. k. Bu esa 
iste’molchiga qulay bo‘lib, asboblarning funksional sifatlarini hamda ularga 
qo‘yiladigan talablarni o‘rganish uchun unchalik qulay emas. SHu munosabat bilan 
asboblar ularning asosiy vazifasi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi.
Jarrohlik asboblari o‘z vazifasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi (GOST 
19126-79) : 

kesuvchi – yumshoq to‘qimani kesish, abssesslarni yorish, turli a’zolarni 
rezeksiya qilish, o‘simtalarni, poliplarni kesib tashlashga mo‘ljallangan; 

qisuvchi – kesilgan tomirdan qon oqishini to‘xtatish, rezeksiya paytida 
naychasimon va g‘ovak a’zolarni qisish, a’zolarning joyidan qo‘zg‘alib 
ketishini bartaraf etish maqsadida ularni ushlab turish (fiksatsiya) da 
foydalaniladi; 

kengaytiruvchi va suruvchi – tasodifiy jarohatlar etkazishdan himoyalash va 
a’zolarni surib turish uchun ishlatiladi; 

zondlar (naysimon yo‘llar va a’zolarni tekshiruvchi) – tor naychalarni va 
a’zolarni tekshirishda, orasini kengaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Funksional vazifasi asosida bunday taqsimlash har bir guruxga mansub 
asboblarga nisbatan talablarni aniq belgilash va ularning funksional xususiyatlarini 
nazorat qilishning usullarini aniqlash imkonini beradi. Asboblarning har bir guruhi 
uchun bajariladigan vazifalarni tekshirish usullari alohidadir, shuning uchun ular 
umumiy jarrohlik asboblari bo‘yicha har bir guruhni ko‘rib chiqishda bayon etilgan.
Asboblarning u yoki bu guruhiga mansubligidan qatiy nazar, ular ayrim 
umumiy talablarga javob berishi lozim: Operatsiyaga tayyorgarlik (dezinfeksiya, 
yuvish, tozalash, sterillash) paytida ular buzilmasligi va zanglamasligi, asboblar 
doim operatsiya xonasining aseptik sharoitida saqlanishi kerak.
Operativ aralashuv paytida JA ni ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan: asosiy va 
yordamchi asboblar.
Asosiy asboblar qo‘llangan paytda yara sathidagi to‘qimalarga yoki ichki 
a’zolarning shilliq pardalariga bevosita tegadi, shu bois ular albatta sterillanishi zarur.
Sterillashdan avval esa albatta tozalanadi, dezinfeksiya qilinadi va keyin sterillanadi.
Yordamchi asboblar bemorlarga bevosita tegmaydi, shu munosabat bilan faqat 
dezinfeksiya qilinadi (pinsetlar, zondlar, yordamchi qaychilar va boshk. ) .
Tibbiyot asbob-uskunalar qabul qilinayotganda, GOST 19126-79 ga asosan, 
etalon bilan solishtirib,sathida nuqsonlari yo‘qligi yoki borligi hamda ishlov sifati 
ko‘zdan kechiriladi. Tashqi nuqsonlar – o‘yiqlar, tirnalgan joylar, yoriqlar, emirilgan 
joylar, g‘adir-budirlar yo‘qligi oddiy ko‘z bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi, mayda 
(kichik) asboblarni tekshirishda esa lupadan foydalaniladi.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

Asboblar dezinfeksiya, sterillashdan oldingi tozalash va sterillashdan iborat 
ishlov berishlarga barqaror bo‘lishi kerak.
Asboblarning davriy sinovlari standartning barcha talablariga muvofiqligini 
aniqlash vaqti-vaqti bilan amalga oshirib turiladi. Ishonchlilik bo‘yicha sinovlar har 
3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Tibbiyot asboblari zaruratga binoan aniq rusumga ega bo‘lishi lozim: asbob 
raqami yoki belgisi, uni ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi, ishlab 
chiqarilgan yili (so‘nggi 2 raqam) , rusum asbobning ishchi bo‘lmagan qismiga 
qo‘yiladi.
Asboblarni konservatsiya qilish GOST 9014-78 talablariga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Asboblar yog‘och qutilarga, o‘ramlarga, probirkalarga va qadoqlarning boshqa 
turlariga joylashtiriladi.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin