Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
14
chuqur bo‘shliqlar uchun, soyli – tomirlarni qisish va chuqur jarohatga ligatura
qo‘yishga mo‘ljallangan, qisqa jag‘lari bilan farq qiladi, uzunligi 260 mm;
“Moskit” turidagi neyrojarrohlik qisqichi – unchalik katta bo‘lmagan tomirlarda
gemostaz va neyrojarrohlik operatsiyalarda ishlatiladi; jag‘larida ko‘ndalang kertik
mavjud, qisqich uzunligi 155 mm, to‘g‘ri, qayrilgan, bolalarga mo‘ljallab
chiqarilgan, boshqa qisqichlardan birmuncha yupqa branshalar va kichik
o‘lchamlari bilan farq qiladi.
Tomirlarni vaqtincha qisish uchun qisqichlar – tomirlar uchun mo‘ljallangan:
qisqichlarning eng ko‘p sonli turi hisoblanadi, o‘lchamlari turlicha( uzunligi 125-220
mm) :
Gepfnerning egiluvchan qisqichi-jag‘lari keng, egiluvchan, jag‘lari uzunasiga
kertiklar tushgan, tomirlarga chok qo‘yishda ishlatiladi;
Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi – oldingi qisqichdan kremaleraning
uchinchi tishiga yopilganda jag‘larining orasida 0,1 mm tirqish qolishi bilan
farqlanadi (14-rasm) ;
buyrak oyoqchasi uchun qisqich – urologiya sohasidagi operatsiyalarda ishlatiladi,
uzunasiga soycha ko‘rinishidagi atravmatik kertikka ega, ishchi qismi turlicha
qayrilgan uzunligi 205-208 mm qilib tayyorlanadi.
14-rasm. Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi.
Qon tomirlar uchun qisqichlar – prujinali asboblar bo‘lib, qon tomirlarni
ehtiyotkorona qisish uchun mo‘ljallangan, 30x13 po‘latdan tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: