Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
11
Iskanalar otolaringologik amaliyotda,
travmatologiya, neyrojarrohlikda turli
jarrohlik operatsiyalarida qo‘llaniladi.
Quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:
-yassi – olti qirrali dastali, bir tomonlama va 2 tomonlama o‘tkirlangan; tig‘ining eni
– 10. 15, 20, 25, 30, 40 mm, uzunligi – 230 mm;
-keng (tig‘ining eni – 20, 25 mm) – tig‘i trapetsiya shaklida (ikki
tomonlama
o‘tkirlangan) yoki bir tomonlama charxlangan kurakcha ko‘rinishida (10- rasm, 1) ;
-neyrojarroxlik iskanalar – ishchi qismi yumaloq shaklli, kengligi – 40 mm;
-novsimon – nov ko‘rinishida bo‘lib, tig‘ining uchi to‘mtoqlashgan; (10-rasm,2)
-eni tor va yupqa bolalar iskanasi- kichik uzunlikda(175 mm) .
Jarrohlik bolg‘achasi iskanalar bilan qo‘llanishga mo‘ljallangan.
Zanglamas
po‘latdan yasalgan ishchi qismi va dastadan iborat. Ikki tomonli bolg‘acha bilan
ishlash qulay: bitta zarb maydonchasi – metalli, ikkichisi – rezinadan ishlangan.
Raspatorlar
suyak ustidagi
pardani ajratib olishga, shuningdek mustahkam
tog‘ay to‘qimalar qatlamlarini ko‘chirishga mo‘ljallangan.
Xrom bilan qoplangan
U10A rusumli yoki NS 40x13 po‘latdan tayyorlanadi. Raspatorlar nomenklaturasi
ko‘p sonli va salkam 50 ta nomga egadir.
Umumiy jarrohlikda, otolaringologiya,
travmatologiya, oftalmologiya, stomatologiya sohalarida ishlatiladi.
Ko‘proq qo‘llaniladigan raspatorlar:
- to‘g‘ri;
- qayrilgan – eni 12 mm;
- qavariq – eni 17 mm;
- qovurg‘a uchun – o‘ng va chap tomonlama, kattalar va bolalarga mo‘ljallangan.
Raspatorlarning kesish xususiyatlarini tekshirish qattiq
navli daraxtni qirqish
yo‘li bilan amalga oshiriladi; ular sinmasdan va qirqish qirrasining o‘tkirligi
pasaymasdan payraxani chiqarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: