Jarrohlik qaychilari: 1) tumtoq uchli to‘g‘ri va qayrilgan Kuper turidagi qaychilar. Yoniga qayrilgan
qaychilar yumshoq to‘qimalarni qesish uchun ishlatiladi, uzunligi 170 va 140 mm
bo‘ladi;
2) o‘tkir uchli va bir o‘tkir uchi to‘g‘ri va ikkinchisi qayrilgan (uzunligi 170 va 140
mm) qaychilar; o‘tkir uchli yoniga qayrilgan (4-rasm,a) avvalo to‘qimani teshish
zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi;
3) gipsli bog‘lamlarni kesishga mo‘ljallangan – 415 mm (4-rasm, b) ;
4) anatomik ichak qaychisi (5-rasm) patalogo-anatomik amaliyotda (uzunligi 205
mm) ichakni uzunasiga yorishga xizmat qiladi, shoxlaridan birining ishchi qismida
qirqilayotgan ichakning sirg‘alib ketishiga to‘sqinlik qiladigan ilgakning borligi bilan
farqlanadi;
5) qovurg‘aga mo‘ljallangan qaychilar ko‘krak qafasidagi a’zolarni operatsiya
qilishda qovurg‘alarni kesishda ishlatiladi (6-rasm, a) ;
6) tugmachali (Lister) qaychi bog‘lamlarni kesish uchun ishlatiladi (6-rasm, b) .
Tig‘i yoniga 30* da qayrilganligi va uzun tig‘ining bir uchida bemorga zarar
etkazmay, bog‘lam tagiga kiritish uchun silliq tugmacha mavjudligi bilan farqlanadi;
7) chuqur bo‘shiqlardagi yumshoq to‘qimalarni qesishga mo‘ljallangan, uzunligi
(250 mm) , o‘tkir uchli, tor va qisqa ishchi qirrali, to‘g‘ri va qayrilgan qaychi, yaralar
ichidagi yoki etish qiyin bo‘lgan to‘qimalarni qirqishga mo‘ljallangan;
8) bog‘lash ashyo uchun uzunligi 240 mm, katta, salmoqli (7-rasm, a) ;
4-rasm. Qaychilar: a – o‘tkir uchli yoniga qayrilgan; b – gipsli bog‘lamlarni qesuvchi
qaychi.
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
7
5-rasm. Anatomik ichak qaychisi.
6-rasm. Qaychilar: a –qovurg‘a uchun, b – Lister-bog‘lamlarini qesish uchun.
7-rasm. YOrdamchi qaychilar: a – bog‘lash ashyolari uchun. b – soch olish uchun.
9) sochlarni olish uchun – bemorlarni sochini olish va operatsiya maydonini
tayyorlash uchun, uzunligi 175 mm, engilligi bilan ajralib turadi (7-rasm, b) ;
10) tirnoqlar uchun – unchalik katta uzunlikda bo‘lmagan (100 mm) to‘g‘ri va
qayrilgan, ishchi qirrasida qiya kertiklar mavjud.