231
Shtatli patronlar ham, noshtat patronlar ham ishlatilgan
hollarda
otuvchining joylashgan yerini aniqlash, hodisa joyining aniq sharoitlari
va mavjud izlarga bog‘liq turli usullarda aniqlanadi. Masalan, ikki yoki
undan ko‘proq o‘q tegishidan hosil bo‘lgan teshiklar aniqlanganda,
quvur
(trubka), fotoapparat va boshqa moslamalar yordamida bajariladigan
vizirlash usulidan foydalanish mumkin. Ammo, quroldan, uning
kalibriga teng yoki katta kalibrdagi noshtat patronlar otilganda vizirlash
usuli natijalarini xuddi shtatli patron bilan otishdagi kabi baholash
mumkin bo‘lsa, qurol kalibridan kichik kalibrdagi noshtat
patronlar bilan
otishda, otilgan o‘qlarning sochilishi ortgani sababli, otuvchining
joylashgan yerini, vizirlash usulida aniqlangan nuqtadan muayyan bir
masofada (ayrim hollarda bir necha metrgacha) boshqa joydan izlash
kerak.
Otuvchining joylashgan o‘rnini taxminan aniqlagandan keyin,
otilgan gilzalarni izlash kerak. Shtatli patronlarning otilgan gilzalari, turli
namunadagi yoki o‘zlari mo‘ljallangan o‘qotar quroldan ma’lum
yo‘nalishda, burchak ostida va masofaga chiqarib tashlanishi aniqlangan
va tajriba yordamida ko‘p marta tekshirilgan. Shu bois, hodisa joyini
ko‘zdan kechirish jarayonida otilgan gilzalarni topib va ular bo‘yicha
ekspertiza jarayonida ishlatilgan qurolning turi va namunasi, rusumini
aniqlab gilzalarning topilgan joyi bilan o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
shikastlanishlarning joylashishini o‘zaro solishtirgan holda o‘q
otish
joyini aniqlash mumkindek tuyuladi. Ammo, avtomatik quroldan otish
natijasida quroldan chiqarib tashlangan gilzalarning quroldan
uloqtirilishi masofasi va burchagiga juda ko‘plab qo‘shimcha omillar
ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillarga B.M.
Komarinetsning fikricha, bir
turdagi quroldan gilzani uloqtirilishining har doim bir xil bo‘lmaslgi,
otish vaqtida quroldan uloqtirilgan gilza kelib tushadigan sirtga nisbatan
qurol holatini gilzaning chiqarib tashlanishiga ta’siri, uloqtirilgan
gilzaning kelib tushgan joyining inersiya ta’sirida o‘zgarishi
kabilar
kiradi. Yuqorida ta’kidlangan va yana boshqa shu kabi omillar noshtat
patronlar qo‘llanilgan holatlarda yuzaga keladi.
Ular ushbu patronlar
gilzalarning ishlatilgan qurol stvoli patrondoniga mos kelish-
kelmasligiga bog‘liq ravishda u yoki bu davriylik bilan yuz beradi.
Masalan, 7,62
mm
kalibrli TT to‘pponcha uchun mo‘ljallangan 7,62
mm
kalibrli patron gilzasining uzunligi 9
mm
kalibrli P 08 ««Parabellum»»
rusumdagi to‘pponchasi patrondonidan uzunroq bo‘lgani uchun, o‘q
otilishida gilzaning og‘zi shishib qoladi, natijada uning quroldan
232
uloqtirilishi qiyinlashadi va otilgan gilza quroldan o‘ng tomonga tushadi.
Agar gilzaning og‘zi yorilib ketsa, u holda gilza mexanik ravishda
quroldan uloqtirilmaydi, bunday gilza ishlatilgan
zatvor yoki shompol
yoki zatvor yoxud shompol yordamida qo‘l bilan chiqariladi. Binobarin,
agar otuvchi qurolni keyingi qayta o‘qlash jarayonida yoki boshqa joyda
gilzani chiqarib tashlagan bo‘lsa,
hodisa joyida gilza umuman
bo‘lmasligi mumkin.
9
mm
kalibrli PM to‘pponchasidan otilganda, yuqoridagi hodisa yuz
beradi, chunki, to‘pponchaning kojux–zatvorining orqaga qaytishida
gilza chiqish tuynugida siqilib qoladi. 1930/33-yil namunali TT
to‘pponcha uchun shtatli patron bo‘lgan 7,62
Dostları ilə paylaş: