Savol va topshiriqlar
1. Qo‘lbola o‘qotar qurollarga tushuncha bering.
2. Qo‘lbola o‘qotar qurollarni tavsiflang.
3. To‘liq qo‘lbola usulda tayyorlangan, o‘zgartirilgan va yig‘ma
qo‘lbola qurollar deganda nimani tushunasiz?
4. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi boshqa o‘qotar
qurollardan farqlovchi belgilar qanday?
5. Stvol orqasidan o‘qlanuvchi va to‘liq qo‘lbola usulda tayyorlangan
qurollarning tuzilishidagi xususiyatlar nimalardan iborat?
6. Yig‘ma qo‘lbola qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari
haqida so‘zlab bering.
7. Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar
qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar haqida tushuntiring.
8. Qo‘lbola o‘qotar qurollarni kriminalistik tadqiqotining vazifasi
nimalardan iborat?
9. Qo‘lbola quroldan otilgan snaryadning shikastlovchi qobiliyatini
aniqlash deganda nimani tushunasiz?
10. Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarni o‘qotar qurollar
turkumiga taalluqligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
11. O‘zgartirilgan standart qurilmalarni o‘qotar qurollar turkumiga
taalluqligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
225
10-BOB.
NOSHTAT PATRONLAR O‘Q VA GILZALARINING
KRIMINALISTIK TADQIQOTI
O‘qotar qurollar ishlatib sodir qilingan jinoyatlarni tergov qilish va
ochish amaliyotida, ishlatilgan ushbu o‘qotar quroldan otishga
mo‘ljallanmagan, ya’ni, noshtat patronlardan foydalanish holatlari
uchrab turadi. Odatda, bu kabi hodisalar jinoyatchilarda shtatli patronlar
bo‘lmaganda yuz beradi va ular bunday hollarda o‘zlarida bo‘lgan
noshtat patronlarni o‘qotar qurollarga turli usullarda moslashtiradilar.
XIX asrning oxirlaridayoq maxsus adabiyotlarda, bu turdagi
jinoyatlarni tergov qilish va ochish, ayniqsa, narezli quroldan sochma
o‘qlar otish yoki silliq stvolli qurollardan narezlarning izlari mavjud
bo‘lgan o‘qlar otish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga e’tibor berilgan.
Jinoyatchilar jinoyat sodir qilishda, ushbu qurollarning namunasi va
rusumiga mos kelmaydigan patronlardan foydalanish usullariga
kriminalistikaga doir dastlabki darsliklarda ta’kidlangan
1
. Sud ballistikasi
bo‘yicha ilk monografiyalardan birining muallifi V.F. Chervakov,
o‘qotar quroldan, ushbu qurolning kalibridan kichik kalibrli o‘qlar otish
imkoniyatlari haqida ta’kidlar ekan, ekspertlarga otilgan o‘qlardan
qurolning turi (namunasi, rusumi)ni aniqlash tadqiqotlari jarayonida
qat’iy shakldagi xulosalar berishga shoshilmaslikni tavsiya etgan edi
2
.
1944-yilda noshtat patronlardan foydalanib o‘qotar qurollardan otish
holatlari tadqiqotiga oid o‘zining boy tajriba va malakasiga asoslanib,
Rossiyalik ekspert L.N. Pavlov bunday patronlarni kriminalistik
tadqiqotning mustaqil obyekti sifatida ajratib ko‘rsatdi va ularni
o‘rinbosar patronlar deb atashni taklif qildi
3
. Ushbu atama shartli
ma’noga ega bo‘lsa ham, bu patronlarning ishlatilgan maqsadini u yoki
bu tur, namuna va rusumdan otish uchun maxsus mo‘ljallangan
patronlarni almashtirishni aniq ifodalar edi. keyinchalik «o‘rinbosar
patronlar» atamasi sud ballistikasiga maxsus adabiyotlarda
mustahkamlandi va kriminalistlar uchun qabul qilingan atama sifatida
qo‘llanila boshlandi.
1
Qarang:
Криминалистика
. –
М
., 2000.
2
Qarang:
Черваков
В
.
Ф
.
Судебная
баллистика
.–
М
., 2001.
3
Qarang:
Павлов
Л
.
Н
.
Использование
при
стрельбе
патронов
несоответствующих
калибров
/
Доклад
на
научной
конференции
по
вопросам
экспертизы
огнестрельного
оружия
.–
М
., 2004.
|