215
bo‘lgan silindrsimon kanal yoki bir dona quvursimon, to‘g‘ri yoxud G–
simon bir tomoni mustahkam berkitilgan stvoldan iborat bo‘ladi.
Stvolning yoki kanalning orqa tomonida, kanal devorida yondirish
tuynugi bo‘ladi.
Otuvchi qurilmaning stvoli po‘lat, temir, jez, bronza, mis yoki
aluminiy materialdan yaxlit yasalgan quvurdan iborat bo‘ladi. Rangli
metallar, jumladan, aluminiyning eritmalaridan nafaqat qo‘lbola usulda
yasalgan qurilmalar, balki standart ov
qurollarning ham stvollari
yasaladi. Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi qattiq qog‘oz qatlamlaridan
quvursimon shaklda o‘ralgan va ip yoki sim bilan o‘ralgan yoki
yog‘ochdan yasalib, metall halqalar bilan o‘ralgan stvollar ham uchraydi.
Taqdim etilgan otuvchi qurilmadagi o‘qotar qurolga mos bo‘lgan
stvol yoki kanalning mavjudligini aniqlab olgandan keyin, bu stvoldan
porox yonganida paydo bo‘ladigan hid kelayotganligi, keyin
quyidagilarning yo‘qligi aniqlanadi: og‘zidan o‘qlanuvchi stvolda —
jangovar zarad, orqasidan o‘qlanuvchi stvolda — patron yoki gilza.
Buning uchun
stvol ichiga oxirigacha, yog‘ochdan yasalgan uzun va
ingichka moslama — shup kirgiziladi. Shupning stvol ichiga kirib ketgan
qismining uzunligini, tekshirilayotgan stvolning orqa qismidan stvol
og‘zigacha bo‘lgan uzunligi bilan solishtiriladi. Ushbu ikki uzunliklar
o‘qlanmagan yoki stvolida jangovar zaradi yoxud patron (gilza)
bo‘lmagan stvollarda o‘zaro mos keladi, o‘qlangan
yoki stvolida
jangovar zaradi yoxud patron (gilza) bo‘lgan stvollarning ozod qismi
uzunligi shup uzunligidan kaltaroq bo‘ladi. Yoki rentgen qurilmalari
yordamida stvolning ichki tuzilishi va holatini tekshirish mumkin.
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan
otuvchi qurilmaning
stvolidagi mavjud snaryad, patron, pij, jangovar zarad va hokazolarni
albatta chiqarib olish zarur. Bu vazifani xavfsizlik qoidalariga qat’iy
rioya etgan holda bajarish lozim.
Og‘zidan o‘qlanuvchi stvolning ichida joylashgan snaryad yoki pijni
aniqlash uchun stvol ichiga yog‘och shup kirgiziladi va juda ohista urib,
bu snaryad yoki pijning shup bilan ta’sirlashganini eshitish orqali
aniqlanadi. Keyin ushbu stvolni rezina
yoki karton orasiga olib, qisqich
stanokda ohista siqiladi. So‘ng stvolning yonbosh tomonida turib, bir
tomoni yassi va ayrim shaklda bo‘lgan va dastasi shompolga ko‘ndalang
joylashgan yog‘och shompol yordamida snaryad yoki pijni joyidan
qo‘zg‘atishga harakat qilinadi. Undan so‘ng bu stvolning og‘zini pastga,
qum bilan to‘ldirilgan va ustiga qog‘oz yopilgan qutiga qaratib qisqichga
mahkamlanadi.