206
stvoli uning stvol qutisiga kerakgidan ortiqcha yaqin yoki uzoqlashtirib
maxkamlangan (bo‘ylama siljish), gaz kamerasida egilishlar mavjud;
— qurolning qismlarida markirovka belgilarining o‘zaro mos
kelmasligi.
Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar
qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar:
— gaz qurolining tuzilishida belgilanmagan qismlarning mavjud
bo‘lishi — qo‘shimcha stvollar va hokazolar;
— qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatilgan stvolning (stvol
almashtirilgan bo‘lsa) qurol tuzilishidagi boshqa qismlar bilan rangi,
materialining ko‘rinishi, ishlov berilganlik darajasiga ko‘ra farq qilishi;
— stvol kanalining, gaz qurollarining tuzilishida ma’lum bir maqsad
uchun mo‘ljallangan qurilmalarni buzish natijasi sifatidagi nuqsonlari,
masalan, gaz quroli stvolidagi separatorlarning olib tashlanishi;
— qurolning ayrim qismlarini o‘zgartirish yoki yig‘ish natijasida
vujudga keladigan qo‘lda yoki maxsus qurilma yordamida qo‘pol ishlov
berilganlik darajasi. Masalan, gaz quroli zavtor chuqurchasini jangovar
patronga moslashtirish maqsadida yo‘nish izlari; baraban kamorasi va
stvol patrondonini yo‘nish izlari; stvol orqa kesimini tashqi chetini
qo‘lbola usulda payvandlash izlari va hokazolar;
— tekshirilayotgan qurolning qismlarida, muayyan rusumdagi gaz
qurollariga tegishi markirovka belgilarining mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: