204
Qo‘lbola o‘qotar qurollarning boshqa
turlari quyidagi rasmlarda
keltirilgan.
42–rasm.
9 mm kalibrli patronlarga mo‘ljallangan qo‘lbola avtomatik
to‘pponcha.
43–rasm.
5,6 mm kalibrli xalqasimon kapsyulli patronlarga
mo‘ljallangan qo‘lbola revolver.
44–rasm.
5,6 mm kalibrli xalqasimon kapsyulli patronlarga
mo‘ljallangan «avtoruchka» tipidagi qo‘lbola otuvchi moslama.
45–rasm.
16 kalibrli ov miltig‘idan yasalgan
«qirqma miltiq»
205
46–rasm.
9 mm kalibrli patronlar uchun mo‘ljallab raketnitsadan
tayyorlangan bir zaradli qo‘lbola to‘pponcha.
— qurolning asosi
uning dastasi bilan birlashgan;
— burama jangovar prujina stvol ustida (atrofida) yoki
yo‘naltiruvchi sterjenda joylashgan.
Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola qurollar,
shuningdek yig‘ma qo‘lbola qurollar tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar
muayyan qiziqish uyg‘otadi. Chunki sud ballistikasiga oid maxsus
adabiyotlarda ushbu omillar to‘liq va yetarlicha tizimli yoritilmagan.
Yig‘ma qo‘lbola qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar:
— ushbu qo‘lbola qurollarda, standart o‘qotar qurollarning ishlab
chiqaruvchi tomonidan tayyorlanishi yakuniga yetmagan qism,
mexanizm va qurilmalarining mavjudligi (barcha qismlarni yig‘ish uchun
kerakli teshik va ariqchalar o‘yilmagan,
ayrim qismlar texnologik
toblashlarning oxirgi bosqichini o‘tamagan, himoya qoplamalari yo‘q va
hokazoar). Masalan, qo‘lbola usulda yig‘ilgan PM to‘pponchalari uchun,
uning stvolini asosga mahkamlovchi maxsus chig‘iri (shpilkasi) yo‘q,
stvol asosda mahkam kiritish usulining o‘zi bilan ushlanib turadi;
— noshtat qismlarning mavjudligi. Yig‘ma qo‘lbola o‘qotar
qurollarda qurol mexanizmidagi qismlarni o‘zaro biriktiruvchi
elementlari butunlay boshqalariga almashtirilgan bo‘ladi. Ayrim
hollarda, qurolning ba’zi qismlari qo‘lbola usulda tayyorlanadi (masalan,
qurolning dastasi);
— yaroqsiz (brak) qism va mexanizmlarning mavjudligi, masalan
«AKS–74U» rusumli avtomat stvolining patrondoni kaltalashtirilgan
bo‘lishi mumkin;
— qurol qism va mexanizmlaridagi qo‘pol ishlov berilganlik
darajasi;
— qurol qism va mexanizmlari hamda qurilmalarining
joylashishi
va o‘zaro joylashishidagi chetlanishlar. Masalan, «AK» avtomatining
206
stvoli uning stvol qutisiga kerakgidan ortiqcha yaqin yoki uzoqlashtirib
maxkamlangan (bo‘ylama siljish), gaz kamerasida egilishlar mavjud;
— qurolning qismlarida markirovka belgilarining o‘zaro mos
kelmasligi.
Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar
qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar:
— gaz qurolining tuzilishida belgilanmagan qismlarning
mavjud
bo‘lishi — qo‘shimcha stvollar va hokazolar;
— qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatilgan stvolning (stvol
almashtirilgan bo‘lsa) qurol tuzilishidagi boshqa qismlar bilan rangi,
materialining ko‘rinishi, ishlov berilganlik darajasiga ko‘ra farq qilishi;
— stvol kanalining, gaz qurollarining tuzilishida ma’lum bir
maqsad
uchun mo‘ljallangan qurilmalarni buzish natijasi sifatidagi nuqsonlari,
masalan, gaz quroli stvolidagi separatorlarning olib tashlanishi;
— qurolning ayrim qismlarini o‘zgartirish yoki yig‘ish natijasida
vujudga keladigan qo‘lda yoki maxsus qurilma yordamida qo‘pol ishlov
berilganlik darajasi. Masalan, gaz quroli zavtor chuqurchasini jangovar
patronga moslashtirish maqsadida yo‘nish izlari; baraban kamorasi va
stvol patrondonini yo‘nish izlari; stvol orqa
kesimini tashqi chetini
qo‘lbola usulda payvandlash izlari va hokazolar;
— tekshirilayotgan qurolning qismlarida, muayyan rusumdagi gaz
qurollariga tegishi markirovka belgilarining mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: