Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

BBK67.99(5U)94ya73 
 
 
 
© 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013 



 
 
 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik 
palatasining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Islom Karimov mamlakatimizning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini 
belgilab berdi
: «
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi 
bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu 
— 
qonun ustuvorligi va 
qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli 
himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish 
va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda 
huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy 
ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib 
qolmoqda»
1

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish 
yo‘nalishida, hayotdan jinoyatchilikni umuman siqib chiqarishning 
prinsipial shartlaridan biri har qanday jinoyatni tez va to‘liq ochish 
hamda sodir etilgan jinoiy qilmish uchun aybdorga nisbatan qonunda 
belgilangan jazo choralarining muqarrarligini ta’minlashdir. Ma’lumki, 
jamiyat hayotidagi ayrim jinoyatlar turli xil o‘qotar qurollar va qurolga 
o‘xshash buyumlar ishlatib sodir etiladi. Qurol ishlatish esa odamning 
hayoti va sog‘ligi uchun g‘oyat katta xavf-xatarni vujudga keltiradi. Shu 
bois o‘qotar qurol va shunga o‘xshash buyumlar ishlatib sodir etilgan 
jinoyatlarda jinoyatchi shaxsning qilmishi jinoyatni og‘irlashtiruvchi 
holat deb tushuniladi. 
Aynan ana shu sabalarga ko‘ra o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-
dorilarni o‘g‘irlash, qonunga xilof ravishda saqlash, olib yurish
tayyorlash, sotish yoki sotib olish, o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar 
ham tez va to‘liq ochilishi zarur. Chunki, ertami-kechmi ushbu qurollar 
odamning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qaratilishi mumkin. 
Tekshirilayotgan hodisaning mazmun-mohiyati va shart-sharoitlari 
hamda sabablarini aniqlash jarayonida, ushbu hodisaga aloqador bo‘lgan 
moddiy obyektlar va ularning izlari, jumladan: o‘qotar qurollar va 
1
Каримов
 
И
.
А
.
Мамлакатимизда
демократик
ислоҳотларни
янада
чуқурлаштириш
ва
фуқаролик
жамиятини
ривожлантириш
концепцияси
. – 
Т
., 
2010. – 
Б
. 11. 



qurolga o‘xshash narsalar, jangovar o‘q-dorilar, ularning alohida 
qismlari, o‘qotar qurol va o‘q-dorilar tayyorlashda ishlatilgan materiallar 
va asbob-uskunalar, qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish, 
tayyorlash, o‘zgartirish va saqlash izlarini tadqiq etish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Turli jinoyatlarni ochish va tergov qilishda o‘qotar qurollar va 
jangovar o‘q-dorilarning ko‘pincha jinoyat sodir etish vosita va qurollari 
sifatida namoyon bo‘lishini esda tutish lozim. Odamni hayotidan 
mahrum qilish yoki badanga shikast yetkazish, mulkka zarar yetkazish 
yoki uni buzish maqsadida shikast yetkazish yoki yondirib yuborish 
vositasi sifatida jinoyatchilar turli o‘qotar qurollar, ognemyotlar, 
qurilish-montaj to‘pponchalari va raketnitsalardan ham foydalanadilar. 
Shuningdek, jinoyatchilar tomonidan o‘qotar qurollar va ularga o‘xshash 
narsalar qo‘rqitish yoki tahdid qilish vositasi sifatida ham ishlatiladi.
Bundan tashqari, o‘qotar qurol unga vakolatli mansabdor shaxs
hukumat vakili va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoki 
jabrlanuvchi tomonidan qonuniy tarzda qo‘llanilgan taqdirda jinoyatlarni 
to‘xtatish va ularning oldini olish yoki o‘zini o‘zi himoya qilish vositasi 
bo‘lishi mumkin. Qurollar va o‘q-dorilarni o‘g‘irlash, buzish, agar ular 
noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan yoki topilgan bo‘lsa, jinoyat 
predmeti, agar ular qonunga xilof ravishda saqlangan, olib sotilgan va 
tayyorlangan bo‘lsa, muomala qilish taqiqlangan buyumlar bo‘lishi 
mumkin
1

Qonunga xilof ravishda tayyorlangan, yasalgan qo‘lbola o‘qotar 
qurollar va jangovar o‘q-dorilar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor 
bo‘lmagan mahsulotlar va ularni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan 
materiallar jinoiy qilmishning mahsulotlari hisoblanishi mumkin. Agar 
qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarni 
jinoiy maqsadda ishlatilgan yoki ishlatishga harakat qilingan bo‘lsa, u 
holda ushbu qurollar yoki o‘q-dorilarga jinoyat sodir etish yoki jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish vositasi sifatida qaraladi. 
O‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni tayyorlashda ishlatilgan 
turli asbob-uskunalar, moslama va qurilmalar bir jinoyatni sodir etish 
hamda ikkinchi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish vositasi deb topiladi. 
O‘qotar qurol yoki jangovar o‘q-dorilar jinoiy maqsadda ishlatib 
bo‘linganidan keyin, ularni o‘zgartirish (masalan, o‘g‘irlangan qurolning 
1
Qarang: 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin