9
obyekti hisoblanadi. Bu kabi shaxsiy qurollarning evolutsiyasi tosh
asridan boshlanadi. Qurollar evolutsiyasi muammosi nihoyatda keng va
uning barcha omillarini ko‘rib chiqish bizning maqsadimiz emas.
Ma’lumki, qurollarning
eng dastlabki namunalari tosh, suyak va
yog‘och kabi materiallardan tayyorlangan. Qurollarning takomillashgan
turlarini ixtiro etgunga qadar odamlar yog‘och va toshdan
juda uzoq vaqt
foydalanganlar. Qurol evolutsiyasining ana shu bosqichlarida insoniyat
toshdan tan jarohati yetkazish mumkinligi va buning uchun tosh yoki
yog‘ochga qandaydir ishlov berish lozimligini bilar edi. Odamlarning
dastlabki hunarlaridan biri bu toshni turli usullar bilan yo‘nish bo‘lgan.
Bu davrda kremniy toshidan turli kerakli ish qurollari tayyorlanar va
ayrim ana shunday ish qurollari tan jarohati yetkazish
uchun ham
qo‘llanilar edi. «O‘sha davrda toshdan boltalar,
kurakchalar, garpun va
pichoqlar yasalgan. Arxeologik qazilmalarni o‘rganish natijasida qadim
zamonlarda ma’lum bo‘lgan qurollarning bir-biridan farq qiluvchi bir
necha turlari ajratiladi: ashel, mustyer, solyustrey va madelen
madaniyati
qurollari»
1
. Bunday qurollarning dastlabki ikki tipik o‘tish davriga,
qadimiy odamlar turli g‘orlarda yashay boshlagan vaqtlarga to‘g‘ri
keladi. Bu davrlarda ish quroli bilan qurolning unchalik farqi bo‘lmagan.
Madelen tipdagi qurollar vujudga kelishi davrlarida (tosh asrining oxirlarida)
ish qurollarini quroldan farqlash imkoniyati vujudga kela boshlagan. Ana
shu davrlarda odamlar fil suyagidan turli qurollar tayyorlay boshlagan va
shu qurollarning «mustaqil hayoti» boshlangan. Ko‘pgina olimlarning
fikricha, jangovar qurollarning
ajdodi ovchilar qurollari, ov qurollarining
ajdodi esa qadimiy odamlarning ish qurollaridir.
Jangovar qurollarning rivojlanib ketishiga turli omillar katta ta’sir
ko‘rsatgan. Bu omillar sirasiga odam ongining rivojlanishi, tabiiy
sharoitlar, iqlim, hayvonot va o‘simliklar
dunyosining turli-tumanligi
hamda ularning rivojlanishi, odamlarning qanday geografik hududlarda
istiqomat qilishi va shu kabilarni kiritish mumkin. Qurollarning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omilarning asosiylaridan biri —
odamlarning o‘zaro urushlari. Aynan ana
shu urushlar natijasida ham
qurollar takomillashib borgan. Urushlarda qurollarning maxsus
maqsadlar uchun mo‘ljallangan turlari yaratilgan. Tarixiy jihatdan
dastlabki yaratilgan qurollar sovuq qurollar hisoblanadi va ular hozirgi
kungacha saqlanib qolgan hamda ishlatiladi.
1
Qarang:
Dostları ilə paylaş: