Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


  3-§. Qurollarni tayyorlash haqida ayrim ma’lumotlar



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 


 19 
3-§. Qurollarni tayyorlash haqida ayrim ma’lumotlar 
Standart o‘qotar qurollar seriyalab ishlab chiqariladi. O‘qotar 
qurollarni bu tariqa seriyalab ishlab chiqarish bir rusumdagi turli 
nusxadagi qurollarning shakli va o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi, ulardagi 
tarkibiy qismlarning bir xilda joylashishi ta’minlaydi. Tarkibiy qismlari 
o‘z joyiga aniq tushadigan, juda yaxshi ishlov berilgan ov qurollarining 
qimmatbaho nusxalari hamda nishonga otish uchun mo‘ljallangan sport 
qurollari donalab tayyorlanadi. 
Qurollar asosan po‘latdan ishlanadi. Yuqori sifatli po‘latdan 
qurollarning stvoli, zatvori, urib-quyib yuboruvchi mexanizmlarning 
alohida qismlarini tayyorlashda foydalaniladi. Qurollarning boshqa 
qismlari uchun kam uglerodli, ushbu detallarni toblash usuli bilan 
chidamliligini oshiriladigan metallar ishlatiladi. Chunki, qurolni 
ishlatish, asosan undan o‘q otilishi qurolning metall qismlariga mexanik 
va issiqlik (termik) ta’siri orqali yuz beradi. Shuning uchun qurol 
tayyorlashda ishlatiladigan metallarning sifati ko‘p vaqt davomida 
xavfsizlik qoidalariga hamda qurol mexanizmlarining ishonchli ishlashi 
talablariga javob berishi lozim. 
Qurol qismlarining ishonchliligi uning materiallaridagina emas, 
balki ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishlov darajasiga ham 
bog‘liq. O‘qotar qurollarni tayyorlash jarayoni bir necha yuz 
operatsiyalardan iborat bo‘ladi. Qurolning har bir tarkibiy qismi tokarlik, 
frezer, parmalash va sayqallovchi stanoklarda ishlanadi. Bu jarayonlarda 
esa turli asbob-uskunalardan qurolning turli tarkibiy qismlarida xar xil 
notekisliklar vujudga keladi. Ushbu qismlarning sirtlarining relyefi, hatto 
ular bir stanokda ishlanganda ham turlicha bo‘ladi, chunki ishlov berish 
jarayoni asboblarning o‘tkirlik darajasi, ishlov berilayotgan tarkibiy 
qismga ta’sir ko‘rsatayotgan stanok keskichining ta’sir qilish burchagi, 
stanokning titrashi va hokazolarga bog‘liq. 
Ishlov berilgan tarkibiy qismlar sayqallanadi. Sayqallash metodi 
tarkibiy qismlarning tuzilishiga bog‘liq. 
O‘qotar qurollarning stvollarini tayyorlashda maxsus texnologiyalar 
qo‘llaniladi. Qurol stvolini tayyorlash jarayoni bir qator ketma-ket 
takrorlanuvchi mexanik, termik va boshqa operatsiyalardan iborat. Bu 
jarayonda asosiy operatsiyalardan bo‘lib tayyor bo‘lmagan mahsulotlarni 
quyish, stvol kanalini parmalash, stvol kanali devorlarini narezlar hosil 
qilib kesish, patrondon tayyorlash, stvol kanalini sayqallash, stvolga 


 20 
tashqi ishlov berish, stvolni toblash (chiniqtirish) va uni xromlash 
hisoblanadi. 
Qurol stvoli kanalida narezlar hosil qilish, stvol kanalining 
diametrini uning bo‘lajak kalibriga yaqinlashtirib parmalagandan keyin 
amalga oshiriladi. Stvol kanali narezlarini ikki usul — «yo‘nish» va 
«dornlash» (bosish) usullarida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda faqat 
dornlash (bosish) usulidan foydalaniladi. Buning uchun o‘ta mustahkam 
va zichligi juda katta bo‘lgan po‘latdan maxsus asbob — dorn 
tayyorlanadi va u narezlar shaklidagi bo‘rtiqlarga ega silindrdan iborat 
bo‘ladi. Stvol kanalidan shu dornni tortib o‘tkazib narezlarni dornlash 
bajariladi. Dornning ko‘ndalang kesimi stvol kanali yonboshining 
shakliga mos keladi. Stvol kanali dornlanganidan keyin uning diametri 
silliq silindrsimon puanson bilan kerakli o‘lchamga keltiriladi. 
Dornlashdan keyin stvol kanalining ichki sirtida puansonning turli 
qismlaridan cho‘zilgan shakldagi turli chuqurchalar va bo‘rtiqchalar, 
bundan tashqari, puanson sirtidagi mayda metall zarralari ta’sirida 
shilinishlar vujudga keladi. Stvol kanaliga ishlov berishning ushbu 
bosqichida stvolning patrondoni va stvol og‘zi kesimi ham ishlanadi. 
Stvol kanali patrondonini hosil qilishda, stvol kanalining o‘q kirish 
tomonidagi narezlari shikastlanishi mumkin. Shuning uchun o‘qotar 
qurollarning stvollari juda yuqori aniqlik bilan tayyorlanadi. Qurol 
stvolini tayyorlash jarayonida stvol kanali sirtiga ishlov berish, ayniqsa, 
narezlar maydonlariga toza ishlov berish katta ahamiyatga ega bo‘ladi, 
chunki, aynan shu qismlar o‘qning stvol kanalidagi harakatiga va 
binobarin, qurolning ballistik xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois 
uchun stvollarni tayyorlashda ularning kanallariga juda katta hafsala 
bilan ishlov beriladi. 
O‘qotar qurollarning boshqa qismlari va hatto, otilgan o‘q va 
gilzalarda iz qoldiruvchi tarkibiy qismlari ham muayyan texnologiyalar 
asosida bajariladi. Tayyorlanayotgan tarkibiy qismlarga nisbatan 
zavodning «maxsus ruxsati» mavjud bo‘ladi. Bu «maxsus ruxsat» 
shunday belgilanadiki, unga ko‘ra qurolning bir nomdagi tarkibiy 
qismlarini hech qanday o‘zgarishlarsiz bir quroldan boshqasiga ishlatish 
mumkin bo‘ladi. Masalan, stvol kanallari va patrondonlar uchun 
«maxsus ruxsat» 0,05 
mm 
dan oshmasligi lozim. 
Hozirgi vaqtda o‘qotar qurollarning stvollarini, ularga oxirgi ishlov 
berishda xromlanadi. Chunki xromlash stvollarning zangga qarshi 
qobiliyatini va o‘q otilish jarayonida stvolning o‘qning ta’siriga bo‘lgan 


 21 
qarshiligini kuchaytiradi. Xromlashda galvanik metodlar yordamida stvol 
kanali sirtiga qalinligi 0,03 dan 0,3 
mm 
gacha bo‘lgan xrom qatlami 
yotqiziladi.
Shunday qilib, o‘qotar qurollar tayyorlashda, uning alohida tarkibiy 
qismlarida, shu quroldan otilgan o‘q va gilzalardagi izlarda, ushbu 
qurolning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi belgilar vujudga 
keladi. Bu alomatlarning nisbiy barqarorligi yoki turg‘unligi o‘qotar 
qurolning tarkibiy qismlari tayyorlanayotgan material hamda bu 
qismlarga ishlov berish texnologiyalariga bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin