37
Xromatografik metod
aralashmalarning sorbsion ajralishining
fizikaviy-kimyoviy metodidir. Bu metod uch turga: absorbsion, ion
almashuvchi va qoldiqli xromatografiyalarga bo‘linadi. Aniqlik darajasi
10
–5
— 10
–12
gr
, xromatografik metod sud ballistikasida quroldan o‘q
otilish faktlari,
poroxlarning markasi, ularning identifikatsiya qilish va
boshqa vazifalarni hal etishda ishlatiladi.
Spektral tahlil
uning spektrlarini o‘rganishga asoslanib, moddaning
tarkibini aniqlaydi. Bu tahlilning quyidagi turlari mavjud:
a) emission-spektral tahlil — elementlar tarkibini yoysimon elektr
zaradi ta’siri ostida, spektr chiqarishning fizikaviy metodi yordamida
aniqlaydi. Sud ballistikasida o‘qlarning tarkibini kirish va chiqish
jarohatlarini aniqlashda va hokazolarda ishlatiladi. Elementlarni aniqlash
chegarasi 0,05 — 100
mkg/ml
;
b) absorbsion tahlil — bu metodda moddaning tarkibi muayyan
sohada yorug‘likning yutilish spektrlari bo‘yicha aniqlanadi. Bu
tahlilning o‘zi ham ikkiga: atomli va molekular tahlillarga
ajraladi;
— to‘lqin uzunligi o‘zgaruvchan monoxramatik nurlanish hosil
qiluvchi modda molekulalarini tekshiruvchi kombinatsion sochilgan
spektrlar bo‘yicha tahlil;
— lyuminessent tahlil — moddaning kimyoviy tarkibi
lyuminessensiyaning spektral tarkibini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadi;
— rentgen tahlili — moddaning tarkibi rentgen nurlari spektrlari
bo‘yicha aniqlanadi;
Rentgen tuzilishli tahlil kristall tuzilishga ega bo‘lgan moddalarning
rentgen nurlarini sochishiga asoslangan.
Bu metod, masalan, bir
kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan, lekin turli ta’sirlarga duch kelgan
(termik, mexanik va hokazo) ikki metall zarrachalarining farqini
aniqlashda ishlatilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, ekspertiza vazifalarini hal etish uchun
qo‘llaniladigan har qanday metodlar butun ekspertiza jarayonini
ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, ekspertiza tadqiqotlarini, bu
tadqiqotlar jarayonida qo‘llaniladigan metodlarning turlariga ko‘ra
bosqichlarga ajratib bo‘lmaydi. Chunki sud-ballistik ekspertizasi ketma-
ketlik tartibi o‘zgarib turadigan
quyidagi bir necha tadqiqot
bosqichlaridan iborat:
— dastlabki tadqiqotlar;
— alohida tadqiqotlar;
— taqqoslash tadqiqotlari va eksperiment;
38
— o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini kriminalistik baholash va
yakuniy xulosalarni shakllantirish;
— yakuniy xulosalar chiqarish va ekspertiza materiallarini
rasmiylashtirish.
Tadqiqotlarni bu kabi bosqichlarga ajratish ekspertning ekspertiza
o‘tkazish jarayonida bajaradigan ishlarining mohiyatidan kelib chiqadi.
Dastlabki ikki bosqich tadqiqot bo‘yicha ishlarga tegishli. Ekspertiza
tadqiqotlari jarayonida ushbu besh bosqichning barchasi bosib o‘tilishi
shart emas, ba’zida dastlabki tadqiqotlarning o‘zi yakuniy bosqich o‘lib
qolishi mumkin. Masalan, ekspertizaga quyilgan savolga birinchi
tadqiqot bosqichining o‘zidayoq salbiy javob berilishi yoki bu savolga
javob berishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risida yakuniy xulosa chiqarilishi
mumkin.
Alohida tadqiqotlar bosqichi ham tadqiqot obyektlari va qo‘yilgan
savollarga beriladigan javoblarning aniqlanishiga
qarab ikki yoki uch
qismlarga ajralishi mumkin: alohida tadqiqotlar va eksperiment; alohida
va taqqoslash tadqiqotlari; alohida tadqiqotlar, eksperiment va taqqoslash
tadqiqotlari. Yagona asosga ega bo‘lmagan bu kabi ajralish ekspertizaga
taqdim etilgan obyektlarning miqdori, ekspertizaga quyilgan savollarning
miqdori va mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, ekspertizaga taqdim
etilgan bir dona obyekt — to‘pponchani tadqiq qilish hamda birgina
vazifa — ushbu to‘p–ponchani o‘qotar qurollar turkumiga tegishli
ekanligini aniqlash jarayonida, ekspertiza yuqorida ta’kidlangan
bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar bir vaqtda bir shaxsdan olingan
ikki to‘pponchani tadqiq etish va yuqoridagi kabi savolga javob berish
jarayonida esa ikki emas, balki bir ekspertiza o‘tkaziladi. Ammo, bu
holda endi ikki alohida tadqiqot bosqichi bosib o‘tiladi. Mazkur holatda
dastlabki tadqiqotlar bosqichini va asosan, ekspertizaning keyingi ikki
bosqichi — alohida tadqiqotlar hamda
tadqiqotlar natijalarini
kriminalistik baholash bosqichlarining har birini ikkiga bo‘lib alohida
o‘tkaziladi.
Ekspertizaga taqdim etilgan bir necha obyektlarni, masalan,
gilzalarni bir guruhga tegishli ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda yoki
bu gilzalarga ko‘ra qidirilayotgan o‘qotar qurolni identifikatsiya qilish
talab qilinganida, ushbu gilzalarni alohida tadqiq etilganidan keyin yana
taqqoslash tadqiqotlari o‘tkaziladi. Agar, ekspertizaga taqdim etilgan
o‘qotar qurolning otish uchun yaroqliligi aniqlanishi yoki ushbu
quroldan eksperimental o‘q otish jarayonida taqqoslash tadqiqotlari
39
uchun eksperimental namunalar olish zarur bo‘lsa, u holda, alohida
tadqiqotlar bosqichi jarayonida eksperiment ham o‘tkaziladi.
Ekspertiza vazifalarining va ushbu vazifalarni hal etishda q
o‘llaniladigan metodlarning mazmun-mohiyatini bilish, muayyan alohida
tadqiqotlarni o‘tkazish metodikalari hamda bir ekspertiza doirasida bir
necha savollarga javob berish ketma-ketligi
ifodalangani uchun ham
zarur. Jumladan, ekspertiza oldiga quyilgan savollarga javob berish
maqsadida, o‘qotar qurol, patronlarni ishlatish imkoniyatlarini aniqlash
hamda taqqoslash tadqiqotlariga namunalar olish uchun eksperiment
o‘tkazish talab etilsa, u holda ekspertiza vazifalari va bu vazifalarni hal
etish uchun o‘tkaziladigan tadqiqot bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi,
ushbu tadqiqotlar jarayonida qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha barcha
bilimlar, ekspertga o‘z vaqti hamda vositalarini tejab, tadqiqotlar
jarayonida bir nechta emas, balki birgina eksperiment o‘tkazish imkonini
beradi. Va nihoyat, ekspertiza oldiga qo‘yilgan bir necha savollarga
javob berish tartibini bilish, o‘z navbatida, ekspertiza xulosasining
tuzilishiga ijobiy ta’sir k o‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: