Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Infraqizil fotografiya 
— tekshirilayotgan obyektlarning 
yorug‘likning ko‘rinuvchi nurlarida ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan 
belgilarini aniqlash maqsadida, obyektlarni infraqizil nurlarda 
fotosuratga olish metodi. Ushbu metod infraqizil nurlarning spektrning 
ko‘rinuvchi qismida noshaffof obyektlardan o‘tish xususiyatiga egaligiga 
asoslangan. Bundan tashqari, infraqizil nurlar ko‘rinuvchi nurlarga 
qaraganda, turli materiallar sirtidan qaytish koeffitsiyentiga ega bo‘ladi. 
Ushbu metod yordamida o‘q tekkan obyektlardagi qurum izlari 
aniqlanadi, qurumning o‘lchamlari va joylashish sohalar qayd etiladi. 
Kompyuterli (raqamli) fotografiya 
— fotosuratga olishning yangi, 
kompyuter texnologiyalariga asoslangan bir turi. Raqamli fotosuratga 
olish jarayoni, an’anaviy fotosuratga olish jarayoni bilan deyarli 
o‘xshash bo‘lib, faqat yorug‘likni qabul qiluvchi moslama farq qiladi. 
Raqamli fotografiyada ishlatiladigan fizikaviy hodisa — ichki 
fotoelektrik effekt deb ataladi; ushbu effekt asosida zamonaviy 
videokameralarning barcha turdagi optik tasvirlarini elektr yoki raqamli 
signalga aylantirib berish qurilmasi yotadi. 
Sud-ballistik ekspertizasida kompyuterli (raqamli) fotografiyadan 
ushbu turdagi ekspertizalarning natijalarini qayd etish vositasi sifatida 
foydalaniladi. 
Sud-ballistik ekspertizasining ayrim vazifalari (porox gazlari 
oqimining muayyan xususiyatlarini tadqiq etish, otilgan o‘qning obyekt 
bilan ta’sirlashish hodisasini o‘rganish va shu kabilar)ni bajarishda 
yuqori tezlikka ega bo‘lgan foto–, kino– va videotasvirga olish 
metodlaridan ham foydalaniladi. 
Sud-ballistik ekspertizasida ba’zi texnik metodlar ham qo‘llaniladi, 
jumladan, taqqoslash mikroskopiyasi, rentgen, infraqizil va ultrabinafsha 
nurlardagi tadqiqotlar va boshqalar. 
Taqqoslash mikroskopiyasi 
qurollar, otilgan o‘q va gilzalar, turli 
asbob-uskunalar va hokazolarni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi. 
Turli nurlarda fotosuratga olish tekshirilayotgan obyektlarni, aniqlangan 
belgilar va izlarning suratini olish (spektrning ko‘rinmas nurlarida 
suratga olish, mikroskopiyada), shuningdek qurollar, otilgan o‘q va 
gilzalar, turli asbob-uskunalar va hokazolarni identifikatsiya qilish 
(masalan, applikatsiya metodi) uchun ishlatiladi. 
Rentgen nurlari bilan tekshirish 
baxtsiz tasodiflarning oldin olish 
uchun va kelib chiqishi noma’lum obyektlarning texnik tuzilmasini 
o‘zgartirmaslik maqsadida, obyektni o‘qotar qurollarga, patronlar yoki 
o‘qlar turiga taalluqliligini aniqlash uchun (ayniqsa, qo‘lbola usulda 


 36 
yasalgan yoki nuqsonli qurollarni tadqiq etishda), ichki tuzilishini 
o‘rganishda ishlatiladi. 
Profilografik metod 
turli izlar sirtidagi mikro notekisliklarning 
yonbosh suratini taqqoslash va profilli mikroskoplar, profilmetr–
profilograflar yordamida suratga olish. Bu usul mikro notekisliklarni 
sifat va miqdor jihatdan baholash uchun qulaydir. Bu usul o‘q va 
gilzalarning sirtidagi izlarni o‘rganish uchun ishlatiladi. Bir qator 
tadqiqotlarda fizikaviy va kimyoviy tadqiqot metodlar qo‘llaniladi, 
jumladan, qurolning stvol kanali oxirgi marta tozalanganidan keyin 
undan o‘q otilgan-otilmaganligini aniqlash, quroldan otilgan snaryad 
materiali zarralarining kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun modda 
tarkibini aniqlashning kimyoviy metodlari, stvol kanali tozalanmasdan 
turib otilgan o‘qlar miqdorini aniqlash, portlovchi moddalarni aniqlash 
(jumladan, poroxlar, kapsyullarni qo‘zg‘atuvchi moddalari), gumon 
qilinuvchini qo‘llaridan o‘q otilishi bilan bog‘liq mahsulotlarni topish 
uchun snaryad materialining kimyoviy tarkibini aniqlash va boshqalar.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin