Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
Savol va topshiriqlar 
1. Sud-ballistik ekspertizasi tushunchasi va predmeti. 
2. Sud ballistikasining predmeti hisoblangan qonuniyatlarni sanab 
bering? 
3. Sud-ballistik ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida 
tushuntiring. 
4. Sud-ballistik ekspertizaning obyektlarini sanab bering. 
5. Sud-ballistik ekspertizasining ilmiy-nazariy turdagi vazifalari 
nimalardan iborat? 
6. Sud-ballistik ekspertizasining tasnifiy (yoki klassifikatsion) turdagi 
vazifalari qanday? 
7. Sud-ballistik ekspertizasining tashxisiy (yoki diagnostik) turdagi 
vazifalari haqida sG‘zlab bering? 
8. Sud-ballistik ekspertizasining aynanlikni aniqlovchi (yoki 
identifikatsion) turdagi vazifalarini ayting? 
9. Sud-ballistik ekspertizasining holatiy (yoki situatsion) turdagi 
vazifalari tG‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
10. Sud-ballistik ekspertizasining vazifalarini hal etishda tadqiqotning 
ilmiy metodlari deganda nimani tushunasiz? 
 


 40 
 
 
II BO‘LIM 
SUD-BALLISTIK EKSPERTIZASI 
 
3-BOB.
 QO‘L O‘QOTAR QUROLLARI
1-§. Qo‘l ‘ o‘qotar qurollari tushunchasi 
Qurol – bu fizikaviy, kimyoviy va biologik ta’sirni ta’minlovchi, 
hujum qilish va faol himoya qilish vositasi, ya’ni, dushmanning jonli 
kuchlari va jangovar texnikasini yo‘qotish yoki safdan chiqarish 
vositasidir. Standart o‘qotar qurollar bilan birgalikda, portlovchi 
qurilmalarga ham taalluqli bo‘ lgan qo‘lbola usulda tayyorlangan turli 
moslama va qurilmalar ham tadqiq qilinadi. Demak, ushbu turdagi 
ekspertizalarni o‘tkazuvchi ekspertlar o‘qotar qurollarning to‘liq tavsifini 
bilishlari va ularga doir yetarlicha to‘liq ta’riflarga ega bo‘lishlari lozim. 
Barcha qurollarning ta’sir qilish yoki energiya manbalariga ko‘ra 
quyidagi turlarga ajratish mumkin: yadroviy, kimyoviy, bakteriologik, 
minali portlovchi, sovuq, otuvchi. 
Bundan tashqari, qurollar artilleriya, otiluvchi moslamalar va o‘qotar 
qurollarga ajratiladi. Sud-ballistik ekspertizasi artilleriya qurollarini 
tadqiq etish bilan shug‘ullanmagani uchun (chunki, bunday qurollar 
jinoyat ishlarida umuman uchramaydi) otiluvchi moslamalar va o‘qotar 
qurollarni ko‘rib chiqamiz. 
Otiluvchi moslamalar 
— stvolidan snaryadning otilishi porox 
gazlarining kimyoviy parchalanishida hosil bo‘ladigan energiya, siqilgan 
havo, gaz ballon, mexanik, elektr energiyaci ta’sirida yuz beradigan 
hamda tarkibiga to‘pponchalar, vintovkalar, pulemyotlar va ularning 
ko‘plab turlarini oluvchi milli, otuvchi qurollar yig‘indisi. 
O‘qotar qurol 
— portlovchi moddalarning (masalan, poroxning) 
kimyoviy parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya yordamida 
otiladigan va belgilangan yo‘nalishdagi nishonni, yetarlicha zarar 
yetkazuvchi kuchga ega bo‘ lgan snaryad (o‘q, sochma o‘q, kartech) 
bilan shikastlashga mo‘ljallangan ko‘p marta ishlatiluvchi mexanik 
qurilma. U snaryadni otish uchun, otish vaqtida bir tomoni zich 
yopiladigan yoki yopiq bo‘ladigan hamda jangovar zaradni yondiruvchi 
qurilma (yondirgich-kapsyul) bilan mexanik bog‘liq mustahkam stvolga 


 41 
ega bo ‘lib, ana shu stvolni bir tomonini (odatda, orqa kesimini) zich 
yopuvchi moslama (yopish mexanizmi) va jangovar zaradni yondiruvchi 
moslamani ishlatish uchun mo‘ljallangan qurilma (otuvchi 
mexanizm)larining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
 
1-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin