Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Qo‘l o‘qotar qurollarining tasniflanishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

2-§. Qo‘l o‘qotar qurollarining tasniflanishi 
O‘qotar qurollarning juda ko‘p va xilma–xilligi hisobiga, ular turli 
asoslarga — mo‘ljallangan maqsadi, tuzilish xususiyatlari, yasalish 
usullari, stvol kanalining tuzilishi, uzunligi, stvollarining miqdori, 
kalibri, o‘qlarning miqdori, o‘qlanish usuli, ishlatiladigan patronlardagi 
kapsyullarning joylashishi, qayta o‘qlash usuli va avtomatikasining 
darajasi, turlari, konstruksiyasi, rusumi va namunalariga ko‘ra 
tasniflanadi. Ushbu tasniflash asoslarining barchasi o‘qotar qurollarning 
konstruktiv belgilariga bog‘liqdir. O‘qotar qurolni tasniflashda ayrim 
asoslar muayyan qurolni ifodalovchi konstruktiv belgilarga tayansa, 
ayrimlari esa o‘qotar qurolning alohida tugunlari, ko‘pincha qurol stvoli 
va yopish mexanizmini ifodalovchi konstruktiv belgilarga tayanadi. 
O‘qotar qurollar mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra jangovar, ov, sport 
va kriminal qurollarga bo‘linadi. 
Jangovar o‘qotar qurollar 
asosan 
odamni jarohatlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z navbatida, harbiy, 
xizmat va fuqarolar qurollariga bo‘linadi. Harbiy qurollar — harbiy 
qo‘shinlar va harbiylashgan bo‘linmalarda qo‘llash uchun qabul qilingan, 
harbiy harakatlar va maqsadlar uchun mo‘ljallangan qurollar. Xizmat 
qurollari — xodimlarga qonuniy ravishda jamiyat, tabiat va turli 
shakldagi mulklarni jinoiy hamda boshqa tajovuzlardan himoya qilish va 
asrash kabi o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida qurol olib yurish va 
saqlash vakolati berilgan tashkilotlar, korxonalar va muassasalarga 
mo‘ljallangan qurollar. Fuqarolar qurollari — fuqarolarning o‘zini 
himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurollar. Bunday qurollar harbiy va 
xizmat qurollaridan hajmi, og‘irligi, kalibri va zarar yetkazuvchi kuchi 
yoki ta’sirining kamligi bilan farqlanadi. 
Ov qurollari 
— ovchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan 
qurollar bo‘lib, ularga ov miltiqlari va ov karabinlari kiradi. 
Sport 
qurollari — 
sport musobaqalari, mashq o‘tkazish va nishonga otish 
uchun, quroldan otishni o‘rgatish hamda signal berish uchun 
mo‘ljallangan qurollardir. Bu kabi qurollar nishonga otuvchi va mashq 
vintovkalari, to‘pponcha va revolverlarga ajratiladi. Nishonga otishga 
mo‘ljallangan sport qurollari mashq uchun mo‘ljallangan sport 
qurollaridan og‘irroq bo‘ladi. 
Kriminal qurollar 
esa — jinoyat sodir etish 
uchun g‘arazli maqsadlarda jinoyatchilar tomonidan tayyorlangan 
qurollar. 


 45 
 
5-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin