Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Bir stvolli qurollar 
— stvolining 
miqdori bitta bo‘ lgan qurollar, 
ikki stvolli qurollar 
— stvolining miqdori 
ikkita bo‘ lgan qurollar va 
ko‘p stvolli qurollar 
— stvolining miqdori uch 
va undan ortiq bo‘ lgan qurollar. 
Kalibriga ko‘ra o‘qotar qurollar 
kichik kalibrli qurollar 
— kalibri 
6,35 
mm 
gacha bo‘ lgan, o
‘rta kalibrli qurollar 
— kalibri 6,36 
mm 
dan 
— 9 
mm 
gacha bo‘ lgan qurollar hamda 
yirik kalibrli 
— kalibri 9 
mm 
dan 
yuqori bo‘ lgan qurollarga b
о
‘linadi. 
O‘qotar qurollar qurolda joylashadigan va otishda ishlatiladigan 
jangovar o‘q-dorilar zaxirasi — zaradining miqdoriga ko‘ra bir zaradli va 
ko‘p zaradli qurollarga ajratiladi. 
Bir zaradli qurollar 
— bir dona o‘q 
(snaryad) bilan ta’minlanadigan qurollar, ikkinchi o‘qni otish uchun 
qayta o‘qlash zarur bo‘ladi. Bu kabi o‘qotar qurollarga bir stvolli ov va 
sport qurollari kiradi. 
Ko‘p zaradli qurollar 
— ikki yoki undan ko‘p o‘q 
(snaryad) bilan ta’minlanadigan qurollar. o‘qotar qurolning ko‘p zaradli 
bo‘lishi uchun, uning patronlar zaxirasi joylashadigan qismida (masalan, 
magazinda yoki barabanda) ikkitadan ortiq patron joylashishi yoki ikki 
va undan ortiq stvollarning mavjudligi kifoya qiladi. Bu kabi qurollarga 


 47 
magazinli qurollar, revolverlar va ikki, uch, to‘rt va hokazo stvolli 
miltiqlar kiradi.
O‘qlanish usuliga ko‘ra qurollar ikki turga — og‘zidan o‘qlanuvchi 
(shompolli) va orqasidan o‘qlanuvchi qurollarga bo‘linadi. o
g‘zidan 
o‘qlanuvchi (shompolli) qurollar 
— qurol stvolning oldi tomonidan 
o‘qlanuvchi qurollar, bunday qurollar hozir juda kam ishlatiladi. 
Orqasidan o‘qlanuvchi qurollar 
— qurol stvolning orqa qismidan o‘q-
lanuvchi qurollar, zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bu turdagi 
qurol turkumiga kiradi. 
O‘qotar qurollar otish uchun ishlatiladigan patronlarga ko‘ra 
yonbosh jang kapsyulli, markaziy jang kapsyulli va halqasimon jang 
kapsyulli turlarga bo‘linadi. 
Yonbosh jang kapsyulli qurollar 
— kapsyuli 
gilza tubining yonbosh qismida joylashgan patronlar bilan otadigan 
qurollar, 
markaziy jang kapsyulli qurollar 
— kapsyuli gilza tubining 
markazida joylashgan patronlar bilan otadigan qurollar va 
halqasimon 
jang kapsyulli qurollar 
— kapsyuli gilza tubida aylanma halqa shaklida 
joylashgan patronlar bilan otadigan qurollar hisoblanadi. 
O‘qotar qurollar o‘qlanish usuliga ko‘ra noavtomatik, yarim 
avtomatik va avtomatik qurollarga bo‘linadi. 
Noavtomatik qurollar 
— 
dastlabki o‘qlash, otish va qayta o‘qlash otuvchi tomonidan qo‘lda 
bajariladigan qurollar, masalan, ov miltiqlari yoki Nagan (Nagant) 
revolveri. 
Yarim avtomatik qurollar 
— dastlabki o‘qlash va otishni 
otuvchi tomonidan va qayta o‘qlash mexanik tarzda bajariladigan 
qurollar, masalan «Makarov» konstruksiyali (PM) to‘pponcha. 
Avtomatik 
qurollar 
— dastlabki 
о
‘qlash va otish birinchi marta otuvchi tomonidan 
bajariladigan, keyingi o‘qlash, otish va qayta 
о
‘qlash jarayonlari 
mexanik tarzda o‘zi bajariladigan qurollar. Avtomatik qurollar o‘z 
navbatida, quyib yuboruvchi ilmoqni bir marta bosishda bir necha marta 
otilishni ta’minlovchi xususiy avtomatik (o‘zi otuvchi) va ham donalab, 
ham uzluksiz otishni ta’minlovchi murakkablashtirilgan avtomatik 
qurollarga bo‘linadi. 
O‘qotar qurollar 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin